854
qo‘yiladi. Faqat birgina javob mavjud bo‘lgan taqdirda
xilma-xil vosita va
jarayonlardan foydalanish joizki, uning yordamida o‘quvchi-yoshlarlar ana shu
javobni topa olsin.
Faollik.
Tanqidiy fikrlash o‘quvchi-yoshlarning
faolligi bilan bevosita
bog‘langan. Odatda, o‘quvchi-yoshlar sustkash tinglovchilar bo‘lishadi, chunki
ularda o‘qituvchi bilimli yoki matnda uning bu bilimlari aks etgan,
shu tufayli
ularning bilimlari o‘qituvchi mas'ul degan ishonch shakllanib qolgan. O‘quv
jarayonidagi o‘quvchi-yoshlarning faol ishtiroki va o‘qishlariga o‘zlarining mas'ul
ekanligiga tayyorligi tanqidiy fikrlashda kutilgan natijalarni beradi. O‘quvchi-
yoshlarlarni fikr yuritishga, o‘z g‘oyalari va fikrlari bilan o‘zaro o‘rtoqlashishga
da'vat etish kabi pedagogik yondashuv ularning faolligini o‘stiradi. Mixail
Chikjentmixaliy (1975) ta'kidlaydiki, o‘quvchilar o‘sha murakkab darajadagi o‘quv
jarayonida
faol ishtirok etishsa, bilish jarayonida qatnashganligidan katta bahra
oladilar va o‘zlarida chuqur qoniqish hissini sezadilar.
Tavakkalchilik.
Erkin fikrlilik tavakkalchilikka asoslanadi. Uning bilim
faoliyatida qo‘rqmay tavakkal qiluvchi insonlarni rag‘batlantirib turish joizdir.
Fikrlash jarayonida "ahmoqona g‘oyalar" aql
bilan tuzilmagan birikma va
tushunchalar ilgari surilgan holatlar ham bo‘lishi mumkin. O‘qituvchi buni o‘quv
jarayonining tabiiy holati sifatida o‘quvchi-yoshlarga tushuntirishi lozim.
O‘quvchi-yoshlarni tavakkaldan holi bo‘lgan, ya'ni g‘oyalar qadrlangan, o‘quvchi-
yoshlarning fikrlash faoliyatida faol ishtirokini yuqori motivatsiyalash imkoni
bo‘lgan muhitda o‘ylash lozimligiga ishonch hosil qilish zarur.
Qadrlash.
Tanqidiy fikrlashning omillaridan biri o‘quvchi-yoshlarning fikrlash
jarayonini qadrlashidir. Tashkil etilgan fikrlash jarayonida o‘quvchi-yoshlar o‘z
g‘oyalari, tasavvurlarining o‘qituvchi tomonidan qadrlanayotganini tushungan
holda chuqur mas'uliyat va e'tiborga yarasha javob qaytaradilar.
Oquvchi-yoshlar
o‘z fikrlash jarayonini qadrlashni namoyish qilishga harakat qiladilar, unga va
uning oqibatlariga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘la boshlaydilar.
855
Qimmatlilik.
Fikrlash jarayonini tashkil etish davomida o‘quvchi-yoshlar
ularning fikrlari, o‘z tanqidiy tahlili natijalari qimmatli ekanligini ularning ongiga
singdirish zarur. O‘qituvchi o‘quvchi-yoshlardan muayyan
materialni shunchaki
qayta ishlashni talab qilganda tayyor qoliplardan, andozalardan holi bo‘lishi lozim.
Bu esa o‘quvchi-yoshlarda o‘zgalar g‘oyalarini mexanik tarzda qayta ishlab
chiqish eng muhim va qimmatli ekanligiga ishonch hosil qilishga olib keladi.
Aslida o‘quvchi-yoshlarga o‘z fikri, o‘ziga taalluqli bo‘lgan g‘oya va tasavvurlar
qimmatli ekanligini ko‘rsata olish zarur. O‘quvchi-yoshlarning o‘zlari ham o‘z
fikrlarining qimmatbaho ekanligiga ishonch hosil qila olishlari zarur. Ular o‘z
fikrining tushuncha va masalani muhokama qilish jarayonida o‘ta muhim,
shuningdek, katta hissa bo‘lib hisoblanishini tan olishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: