849
tut, o‘rik yog‘ochlaridan yasaladi. Cholg‘uning kosaxonasi (rezonatori) 8—12 ta
yupqa, bir-biriga yonmayon yopishtirilgan taxtacha (qovurg‘a) dan ishlanadi.
Kosaxonaning ustki, ochiq qismiga yupqa qopqoq yopiladi va kosaxona bo‘g‘iz
orqali dastaga ulanadi. Dutorning uzun va ingichka dastasiga 13—17
ta parda
bog‘lanadi. Kosaxona va dastaga suyak va sadafdan ishlangan bezak naqshlar
o‘yib yopishtiriladi. Torlari ipak iplaridan eshiladi. Ular Tanavor sozi (kvarta),
Munojot sozi (kvinta), Qo‘shtor sozi (unison)ga sozlanadi. Uyg‘urlarda Dutor
kattaroq shaklda, Turkmanistonda fakat o‘yma (qazma) turi,
Xorazm va
Qoraqalpog‘istonda kosaxonasi qovurg‘alik Dutorlar bilan birga hajmi kichik,
o‘yma xillari ham uchraydi. Dutor yakkanavoz va jo‘rnavoz cholg‘u sozi bo‘lib,
sozandadan katta ijro mahoratini talab etadi. Dutorda yakka zarb, qo‘shzarb, bilak
zarb, bidratma, teskari zarb kabi ijro usullari mavjud.
Dutor haqidagi dastlabki
yozma ma’lumotlarni Navoiyning zamondoshi Zaynulobidin al-Husayniy
“Musiqaning ilmiy va amaliy qoidalari” nomli risolasi (16-bobi)da uchratamiz.
16—17-asrlarda “Dutoriy” taxallusi bilan ijod etgan (hirotlik Yusuf Mavdudiy
Dutoriy, mashhadlik Mirquliy Dutoriy kabi) sozandalarning
nomlari manbalarda
saqlangan. Hozirda milliy Dutor ijrochiligining o‘ziga xos uslublari 4 ta asosiy
(Andijon, Toshkent, Samarqand va Xorazm) maktablari orqali namoyon bo‘ladi.
20-asrda Andijon maktabi namoyandalaridan Dorip dutorchi, M. Najmiddinov, O.
Rustamov, K.Jabborov, Farg‘onada Qo‘zixon Madrahimov ijrosida “Nolish”,
“Cho‘pon”, “Andijon Kurdi”, “Andijon Sayqali”, “Tuya bo‘zloq”, “Qo‘shtor”;
Toshkent maktabi yirik
vakillaridan Solixon Hoji, A.Vahobov, F.Sodiqov,
M.Yunusov, T.Alimatov, Z.Obidov, S.Yo‘ldoshevlar talqinida “Sharob 1,2”,
“Shafoat 1,2,3”, “Toshkent Sayqali”, “Toshkent Kurdi”, “Rajabiy 1,2”, “Kurash”,
“Dutor Bayoti”, “Dutor Navosi”; Samarqand maktabi ustozlaridan Hoji Abdulaziz
Abdurasulov, Qori Siroj Yusupovlar ijrosida “Guluzorim”, “Bebokcha”,
“Bozurgoniy”, “Gullar vodiysi”; Xorazm maktabi vakillaridan N.Boltayev,
Y.Jabborovlar ijrosida “Qoradali”, “Aliqambar”, “Saqili Navo” singari mumtoz
850
kuylarda o‘z ifodasini topgan. 1970-yilardan yakka Dutorda Shashmaqom cholg‘u
va ashula yo‘llari ham ijro etila boshlandi. O‘zbek bastakorlaridan N.Hasanov
“Gilos”, F.Sodiqov “Dutorim”, S.Yo‘ldoshev, “Dil kuylasin”, Z. Obidov “Tog‘
go‘zali”, O. Qosimov “Yangra sozim” kabi asarlarni Dutor uchun yaratdilar.
Dostları ilə paylaş: