Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


Sezgilarning umumiy qonuniyatlari



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə30/169
tarix05.06.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#125324
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   169
2 5244698480563199183

Sezgilarning umumiy qonuniyatlari.
Turli sezgilarning ana shunday xususiyatlariga sifatlari jadalligi davomiyligi va fazoviy lokalizatsiyasi kiradi.
Sifat mazkur sezgining asosiy xususiyati bo‘lib uni boshqa sezgi turlaridan farqlaydi. Va ayni shu sezgi turi chegarasida uzgartiradi. Chunonchi eshitish sezgilari tovushning balandligi tembri kattaligi bilan farqlanadi. Ko‘rish sezgilari ranglarning kuyukligi toni va boshqa shuning kabilar bilan farqlanadi. Sezgilarning sifat jihatidan ko‘p turliligi materiya harakati formalarining ko‘p turligining aks ettirilishidir. Sezgilarning jadalligi ularning miqdoriy xarakteristikasidan iborat bo‘lib ta’sir qilayotgan qo‘zg‘atuvchining kuchi va retseptorning funksional holati bilan belgilanadi. Sezgilarning davomiyligi ularning vaqtinchalik xarakteristikalaridan iboratdir. Sezgilarning davomiyligi ham sezgi organlarining funksional holati bilan ammo asosan qo‘zg‘atuvchining ta’sir qilish vaqti hamda jadalligi darajasi bilan belgilanadi.
Sezgilar uchun qo‘zg‘atuvchining fazoviy lakolizatsiyasi ya’ni qo‘zg‘atuvchining fazoda o‘rin egallashi xarakterlidir. Distant ya’ni masofa retseptori tomonidan amalga oshiriladigan fazoviy analiz bizga qo‘zg‘atuvchining fazodagi urni xakida ma’lumot beradi. Kontakt sezgilar taktil og‘riq maza sezgilari badanning qo‘zg‘atuvchi ta’sir qilayotgan joyi bilan bog‘liqdir. Bunda ogrik sezgilarining lokalizatsiyasi ya’ni badanga joylashgan urni taktil sezgilariga qaraganda badanga nachagina tarkalgan va unchalik aniq bo‘lmaydi.
Qo‘zg‘ovchi ma’lum darajada kuchga ega bo‘lgandagina sezgi paydo bo‘ladi. Agar qo‘zg‘ovchi juda kuchsiz bo‘lsa u sezilmaydi. Masalan biz terimizga yopishgan ayrim chang mayda zarrachalarni sezmaymiz. Bilinar bilinmas sezgi hosil qiladigan qo‘zg‘ovchining minimal miqdori sezgining absolyut chegarasi deb ataladi. Insonning qo‘zg‘ovchilarning minimal darajadagi eng kuchsiz ta’sirini sezish kobiliyati absolyut sezgirlik deyiladi. Sezgining absolyut chegarasi bilan absolyut sezgirlik bir biriga teskari proporsional nisbatda bo‘ladi. Absolyut sezgirlikdan tashkari farq sezgirligi ya’ni qo‘zg‘ovchilar orasidagi bilinar bilinmas farqlarni sezish qobiliyati ham mavjud. Qo‘shimcha qo‘zg‘atgichning dastlabki qo‘zg‘atgichga munosabati farq chegarasi deb ataladi. Farq sezgirligi absolyut sezgirlik kabi farq chegarasiga nisbatan teskari prporsional miqdori bilan xarakterlanadi. Sezgi chegaralari va sezgirlik avvalo qo‘zg‘alish va tormozlanish fiziologik jarayonlari bilan belgilanadi. Absolyut sezgirlik inson nerv sistemasining qo‘zg‘oluvchanligiga bog‘liq. Nerv sistemasi qanchalik qo‘zg‘aluvchan bo‘lsa sezgirlik shunchalik yukori bo‘ladi. Va aksincha, farq sezgirligi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining munosabati kurinishlaridan biridir. Sezgirlikning o‘zgarishi ko‘p jihatdan inson faoliyatining xarakteriga hayot va faoliyat tegishli analizatorga nisbatan qanday talablar quyishiga ya’ni mashqlanishiga bog‘liq. Qo‘zg‘ovchining davomiy ta’siri bilan sezgirlikning o‘zgarganligini ko‘ramiz. Bu hodisa adaptatsiya ya’ni analizatorning ta’sir etib turuvchi qo‘zg‘ovchiga moslashishi deb ataladi. Adaptatsiya natijasida sezgirlik ortishi ham kamayishi ham mumkin. Adaptatsiya turli xil analizatorlar tufayli sodir bo‘ladi. Ko‘rish maza sezish va hid bilish adaptatsiyalari ayniksa kuchli hisoblanadi.
Adaptatsiya yoki moslashuv deganda qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida sezgi organlari sezgirligining o‘zgarishi tushuniladi. Uch turli adaptatsiya hodisasini bir biridan farq qilish mumkin.
1.Qo‘zg‘atuvchining davomli ta’sir jarayonida sezgilarning tula yuqolishi tarzidagi adaptatsiya.
2. Yuqorida ta’sirlangan hodisalarga yaqin bo‘lgan boshqa hodisalarni ham adaptatsiya deb yuritiladi. Bunda kuchli qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida sezgilar zaiflashadi. Masalan, kulni muzday suvga tutib to‘rgan paytda sovuq qo‘zg‘atuvchi ta’siri bilan yuzaga kelgan sezgining intensivligi pasayadi. Ko‘rish sezgilarining intensiv yoruglik qo‘zg‘atuvchisi bilan ta’sir qilganda pasayishidan iborat bo‘lgan bu hodisani yorug‘lik adaptatsiyasi deb yuritiladi.
3.Nihoyat sezgirlikning kuchsiz qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida sodir bo‘ladigan ortishini ham adaptatsiya deb yuritiladi. Ayrim sezgi turlariga xos bo‘lgan adaptatsiyaning bu xilini pozitiv adaptatsiya deb tariflash mumkin. Ko‘rish analizatorida pozitiv adaptatsiya korongulik adaptatsiyasi deb yuritiladi. U qorong‘u joyda bo‘lish ta’siri ostida ko‘rish sezgirligining ortishi bilan ifodalanadi.
Sezgi organlarining qo‘zg‘otilishi ta’siri ostida analizator sezgirligining o‘zgarishi sezgilarning o‘zaro munosabati deb ataladi. Sensibilizatsiya – analizatorning o‘zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezgirlikning kuchayishini sensibilizatsiya deb ataladi. Sezgilar o‘zaro munosabatining fiziologik mexanizmi analizatorlarning markaziy qismlari joylashgan bosh miya pustidagi qo‘zg‘alishning irradiatsiya hamda konsentratsiya jarayonlaridir. Sinesteziya – sezgilarning o‘zaro munosabati sinesteziya deb ataladigan yana bir turdagi hodisada namoyon bo‘ladi. Qo‘zg‘atuvchining biron analizatorga ta’siri bilan boshqa analizatorlarga xos sezgining paydo bo‘lishini sinesteziya deyiladi.
Sezgirlik va mashq. Sezgi organlarining sensibilizatsiyasi faqat yordamchi qo‘zg‘atuvchilarni kulanish bilangina sodir bo‘lib qolmay balki mashq qilish yuli bilan ham sodir bo‘ladi. Sezgi organlarining mashq kildirish va ularni takomillashtirish imkoniyati juda kattadir. Sezgi organlarining sezgirligini oshirishnini ikki sohaga bolish mumkin.
1.Sezgi a’zolarining nuqsonini qoplashga stixiyali tarzda olib keladigan sensibilizatsiya ko‘rlik, karlik va hokazo nuqsonlar
2.Faoliyat mazmuni hamda odam kasbining maxsus talablari bilan yuzaga keltirilgan sensibilizatsiya.
Sezgilarning turli ko‘rinishlari faqat o‘zlarining maxsusligi bilangina emas, balki ular uchun umumiy xususiyatlari bilan ham tavsiflanadilar. Sezgilarning ana shu xususiyatlariga sifatlari, jadalligi, davomiyligi va fazoviy lokalizatsiyasi kiradi.
Sifat mazkur sezgining asosiy xususiyati bo‘lib, uni boshqa sezgi turlaridan farqlaydi va ayni shu sezgi turi chegarasini o‘zgartiradi. Masalan, eshitish sezgilari tovushning balandligi, tembri, qattiqligi bilan tafovutlanadi, ko‘rish sezgilari esa ranglarning quyuqligi, jilosi, tovlanishi, toni va boshqa shu kabilar bilan farqdanadi. Sezgilarning sifat jihatidan ko‘p turliligi materiya harakati shakllarining turli - tumanliligining aks ettirishidir.
Sezgilarning jadalligi ularning miqsoriy tavsifidan iborat bo‘lib, ta’sir qilayotgan qo‘zg‘atuvchining kuchi va retseptorning funksional holati bilan belgilanadi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin