Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika kafedrasi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə31/169
tarix05.06.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#125324
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   169
2 5244698480563199183

Mustaqil ta’lim topshiriqlari:
1.Sezgi haqida umumiy tushuncha?
2.Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari?
3.Sezgining umumiy qonuniyatlari va turlari haqida ma’lumot?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Xaydarov F.I., Xalilova N.I. Umumiy psixologiya. Darslik. – T., 2010. – 133-159 b.
2. Shamshetova A.K., Melibayeva R.N, Usmanova X.E., Xaydarov I.O.. Umumiy psixologiya. 0 ‘quv qo‘llanma. – Т.: «Barkamol fayz media», 2018. – 83-102 b.
3. G‘oziev E. G‘ Umumiy psixologiya. Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik. – T.: “Universitet” 2002.29-53b.
4. Ivanov P.I., Zufarova M.E. Umumiy psixologiya: Pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik. / P.I. Ivanov, M.E. Zufarova; Mas’ul muharrir D.M. Mirzajonova; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta ’lim vazirligi. – Т.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. 69-125 b.


8-Mavzu: Idrok
Reja:

  1. Idrok haqida umumiy tushuncha.

  2. Idrokning nerv-fiziologik asosi.

  3. Idrokning turlari.

  4. Idrok xususiyatlari.

Tayanch tushunchalar: Idrok, illuziya, adaptatsiya, retseptor, analizator, sinesteziya, sensibilizatsiya.
Idrok haqida umumiy tushuncha.
Idrok tushunchasi lotin tilida «regserio» qabul qilish, idrok deb nomlanadi, uning yuqori bosqichi esa «appersensiya» (lotincha regseryo idrok, qabul qilish) deyiladi
Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo‘lib hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar bir davrning o‘zida namoyon bo‘ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi. Idrok yoki qabul qilish shaxsning obyektivreallikdagi voqea-hodisalarning va predmetlarni aks ettirishdagi murakkablik, yaxlitlik va to‘laligi bilan sezgirdan farq qiluvchi ruhiy jarayondir. Sezgilar yordamida predmetlarning, narsa va hodisalarning ayrim tomonlari, ba’zi xususiyatlari bilib olinadi. Har bir predmet yoki voqea-hodisada ayrim belgilardan tashqari turlicha sifatlar va xususiyatlarning yaxlit kompleksi mujassam bo‘ladiki, odam ularni butun formada, yaxlit tarzda aks ettiradi. Shuning uchun ham sezgilarga qaraganda idrok voqelikni aks ettirishning murakkab tomonidir.
Idrok jarayonida narsalar obrazini to‘la aks attrishining sababi shundaki, odam miyasida hayot davomida turli-tuman qo‘zg‘aluvchilar ta’siri tufayli juda ko‘p muvaqqat bog‘lanishlarvujudga kelgan bo‘ladi. Tajribasiz odamda esa bunday xususiyat bo‘lmaydi, ya’ni u idrok qilayotgan narsaning tub mohiyatiga tushunib yetmaydi. Psixologlarning fikricha, inson nimaniqi idrok kilsa, uni figura va fonda idrok qiladi. Figura – shunday narsaki uni aniqlash, ajratish, ko‘rish, eshitish va tuyish mumkin, fon esa aksincha noaniqrok, yumshokrok narsa bo‘lib aniq obyektni ajratishga yordam beradi.
Idrok - bu bilishimizning shunday shakliki u borlikdagi ko‘plab xilma-xil predmet va hodisalar orasida bizga ayni paytda kerak bo‘lgan obyektni xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks ettishimizni taminlaydi. Ya’ni idrokning asosida narsa va hodisaning yaxlitlashgan obrazi yotadiki bu obraz boshqalaridan farq qiladi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin