Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika kafedrasi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə34/169
tarix05.06.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#125324
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   169
2 5244698480563199183

Mustaqil ta’lim topshiriqlari:
1.Idrok haqida umumiy tushuncha?
2. Idrokning nerv-fiziologik asosi?
3. Idrokning turlari?
4. Idrok xususiyatlari?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Xaydarov F.I., Xalilova N.I. Umumiy psixologiya. Darslik. – T., 2010. – 133-159 b.
2. Shamshetova A.K., Melibayeva R.N, Usmanova X.E., Xaydarov I.O.. Umumiy psixologiya. 0 ‘quv qo‘llanma. – Т.: «Barkamol fayz media», 2018. – 83-102 b.
3. G‘oziev E. G‘ Umumiy psixologiya. Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik. – T.: “Universitet” 2002.29-53b.
4. Ivanov P.I., Zufarova M.E. Umumiy psixologiya: Pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik. / P.I. Ivanov, M.E. Zufarova; Mas’ul muharrir D.M. Mirzajonova; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta ’lim vazirligi. – Т.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. 69-125 b.

9-Mavzu: Xotira.
Reja:
1.Xotira haqida umumiy tushuncha.
2.Xotiraning nerv-fiziologik asoslari.
3.Xotira jarayonlari. Xotira turlari.
4.Xotira nazariyalari.
Tayanch tushunchalar: xotira, xayol, tafakkur jarayonlari, tafakkurning mantiqiy shakllari, Intellekt va kreativlk.


Xotira haqida umumiy tushuncha.
Hozirgi davrda qo‘llanib kelinayotgan adabiyotlarda xotiraga mana bunday tarzda ta’rif berilib kelinmoqda: «Individning o‘z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi». Lekin bu ta’rifda xotiraga taalluqli bo‘lgan juda ko‘p sifatlar, xossalar va xususiyatlar o‘z aksini topmagan, shuning uchun uni mukammal, ixcham, pishiq ifodalangan deyishga hech qanday haqhuquqimiz yo‘q. Ushbu qiyin holatdan chiqishning birdanbir yo‘li, bizningcha unga mana bunday tarzda ta’rif berishdan iborat: «Xotira atrofmuhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va aktiv (faol) holda reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexaniq yo‘l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda sakdash, qaytadan esga tushirish, unutish hamda tanish, eslashdan iborat ruhiy jarayon alohida va umumiy namoyon qiluvchi hodisa, barcha taassurotlarni ijodiy qayta ishlashga yo‘naltirilgan mnemik (yunoncha tpeta — xotira) faoliyatdir».
Xotirani o‘rganish sohasidagi eksperimental tadqiqotlarni dastavval assotsiativ psixologiya namoyondalaridan G.Ebingaus boshlab bergan. Keyinchalik xotira problemasi ko‘p tadqiqotchilarning diqqatini o‘ziga jalb etgan. Akademik Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limotiga ko‘ra, bosh miya postidagi nerv hujayralari nihoyat darajada plastiklik xususiyatiga egadir. Bu hujayralar nozik sezgirlik va o‘zgaruvchanlik bosh miya pustida shartli reflekslarning, ya’ni assotsiyatsiyalarning yuzaga kelish imkonini beradi. Xotiraning fiziologik asosida bosh miya pustida turli murakkablikdagi shartli reflekslarning hosil bulishi, miyada uzoq muddat saqlanib turishi tormozlanib vaqtincha sunib qolishi keyinchalik yana qaytadan tiklanishidan iborat bo‘lgan murakkab jarayonlar yotadi.
Assotsiatsiya – bu biz idrok qilgan, ya’ni ongimizda aks ettirgan va xotiramizda mustahkamlanib qolgan turlicha narsalar hamda hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishdir. Shartli reflekslar esa assotsiatsiyalarni moddiy, ya’ni nerv-fiziologik asosini tashkil etadilar. Bosh miya po‘stlog‘i muvaqqat nerv bog‘lanishlarining yuzaga kelishi, mustahkamlanishi va keyinchalik turli qo‘zg‘ovchilar ta’sirida qaytadan jonlanishi xotira jarayonlari – esga olish, esda saqlash va esga tushirishning fiziologik asosini tashkil qiladi. Bosh miya pustlogida yuzaga kelgan muvakkat nerv bog‘lanishlar, ya’ni assotsiatsiyalar deb atalmish bu bog‘lanishlar real voqelikdagi narsa va hodisalarning fazo hamda vaqt jihatidan o‘zaro yondoshlik aloqalarini, ular o‘rtasiga uxshashlik va tafovut munosabatlarini va, nihoyat, sabab-natija bog‘lanishlarini aks ettiradi. Bilish obyektlari yonma-yon to‘rgan yoki ketma-ket kelgan xollarda fazo yoki vaqt jihatidan yondoshlik assotsiatsiyasi ro‘y beradi va shu sababdan bunday obyektlar baravar esga olinadi hamda baravar esga tushiriladi.
O‘xshashlik assotsiatsiyasining mohiyati shundan iboratki, narsa va hodisalarning obrazli va ular haqidagi fikrlar xuddi shularga o‘xshash obrazlarni hamda fikrlarni esimizga keltiradi. Qarama-qarshilik asotsiatsiyasi biz idrok etayotgan, tasavvur qilayotgan, fikr yuritayotgan hodisalarga qarama-qarshi hodisalarning esimizga tushishini ta’min qiladi. Chunonchi, biz o‘zimizga kerakli familyani boshqa shunga qarma-qarshi ma’nodagi so‘zlardan tashkil topgan familiya yordamida esga tushirishimiz mumkin (Chernov – belov) yoki cho‘l ko‘rinishi tog‘ manzarasini xotirada tiklashi mumkin. Esga olish va esga tushirish jarayonlarida sabab natija bog‘lanishlarining roli ayniksa muhimdir. Bu bog‘lanishlar narsa va hodisalar o‘rtasidagi eng muhim aloqalarni aks ettiradi.
Xotiraning asosida ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarning obrazlari yotadi. Ayni chog‘da idrok qilinmasa ham ammo ilgari idrok etilgan narsa va hodisalarning miyada aks ettuvchi obrazlari xotira tasavvurlari deb ataladi. Tassavvurlar ko‘rish eshitish harakat hid tuyush va hokazo tasavvurlari bulishi mumkin. Ko‘rish tasavvurlarida odam uzi ilgari idrok qilgan narsalarni go‘yo fikran ko‘rayotgandek eshitish tasavvurlarida esa kuylarni qog‘ozlarni fikran eshitgandek bo‘ladi. Odatda turli tasavvurlar bir biri bilan qo‘shilib keladi. Biron kishininig tashqi qiyofasini ko‘z oldimizga keltirigan tasavvur qilgan paytimizda uning ovozini ham fikran eshitib turgandek bo‘lamiz.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin