Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika kafedrasi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə33/169
tarix05.06.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#125324
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   169
2 5244698480563199183

Idrok xususiyatlari
Idrok o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan hissiy bilishning sifat jihatidan yangi boskichidir. Idrokning predmetliligi, yaxlitligi, ma’lum tartibda tuzilishi, konstantligi va anglanganligi uning eng muhim xususiyatlaridandir. Idrokning predmetligi obyektivlash deb atalgan vaqtda,ya’ni tashqi olamdan olingan ma’lumotlarni shu olamning o‘ziga qaratishla ifodalanadi. Idrokning predmetliligi tug‘ma sifat hisoblanmaydi. subyektga olamning predmetligini ochib berishni ta’minlaydigan ma’lukm harakatlar sistemasi mavjuddir. Predmetlilik idrokning sifati tarzida ish-harakatlarni boshqarishda alohida rol o‘ynaydi. Tashqi olamdan olingan ma’lumotlarni ana shu olamning o‘ziga solishtirib ko‘rish idrok obrazining real predmetlarga adekvat (mos) ekanligini nazorat qilishni ta’minlaydi.
Idrokning yana boshqa xususiyati uning yaxlitligidir.Idrok sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi narsalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq qilib,narsalarning yaxlit obrazidir. O‘z-o‘zidan ravshanki, bu yaxlit obraz har – xil modeldagi sezgilar orqali olingan narsalarning ayrim xususiyat va sifatlari xaqidagi bilimlarni umumlashtirish asosida vujudga keladi.
Idrokning yaxlitligi uning ma’lum tartibda tuzilganligi bilan bog‘liqdir. Idrokning yaxlitligi va ma’lum tartibda tuzilganligining manbai, bir tomondan,odamning narsalar bilan amalga oshiradigan faoliyatidir. I.M.Sechenov idrokning yaxlitligi va ma’lum tartibda tuzilganligi analizatorlar reflektor faoliyatining natijasidir deb ta’kidlagan edi.
Idrokning yana bir xususiyatikonstantligidir. Idrokning konstantligi deganda biz idrok qilish natijasida ongimizda hosil bo‘lgan obrazning real voqeylikdagi bizga ta’sir etib to‘rgan narsaning tabiiy holatiga har jihatdan mos, ya’ni teng bo‘lishini ta’minlaydi.
Idrokning yana bir xususiyati kuzatuvchanlik bo‘lib biz idrokning ixtiyoriy turi bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus kuzata bilish qobiliyatini tushunamiz Kuzatuvchanlik qobiliyati deb, oldindan belgilangan aniq maqsad asosida sistemali tarzda qila bilishga aytiladi.
Illyuziya shu lahzalarda shaxsning sezgi a’zolariga ta’sir etib to‘rgan biror narsani yanglish, noto‘g‘ri idrok qilish jarayoni bo‘lsa, gallyutsinatsiya yo‘q, mavjud emas narsalarni «tashqi taassurotsiz» idrok qilinishidir. Masalan, yo‘q narsalarning ko‘zga bordek ko‘rinishi, yo‘qovozlarning quloqqa eshitilishi, yo‘q hidlarning dimoqqa urilishi va hokazolar gallyutsinatsiyaning mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Gallyutsinatsiya shaxsming biror narsa va holatni ko‘rgandek, eshitgandek, ushlagandek, hid bilgandek kabi tasavvurlarning aks etishidir, xolos. Gallyutsinatsiya hodisasi ko‘pincha kasallikdan (isitma, alahlashdan) darak beruvchi alomatdir, u nerv sistemasini buzadigan kasalliklarning oqibatida ro‘y berishi mumkin.
Galyutsinatsiya- yo‘q narsalarni tashqi ta’sirotsiz idrok qilishdir. Yo‘q narsaning ko‘zga bor ko‘rinishi, yo‘q ovozning quloqqa eshitilishi galyutsinatsiyadir.
Idrokni sezgilarga nisbatan yana bir murakkab tomoni shundaki, har bir predmet, voqea va hodisa modiy borlik formasi bo‘lgan makon va zamon bilan bog‘liq holda qabul qilinadi. Chunonchi moddiy borlikda mavjud bo‘lib, odam tomonidan idrok qilinayotgan narsa va hodisalar hamda vaqt makon va zamon jihatidan bir-biri bilan bog‘liq bo‘ladi. Demak, odam har bir predmetni idrok qilganda uning fazodagi formasini (kub, uchburchak, doira), katta-kichikligini (katta, kichik, mayda) munosabatlarini (boshqa predmetlarga va idrok qiluvchiga nisbatan) hisobga oladi. Ikkinchidan, hari predmet idrok qilinganda uning paydo bo‘lish va o‘zgarib borish jarayonlariga e’tibor beriladi.
Attraksiya insonni (o‘zi bilan o‘zga o‘rtasidagi munosabatda namoyon bo‘lib) o‘ziga mahliyo qilish, qalbni «jiz» ettirishdan iborat, ongsizlikka taalluqli insonni inson tomonidan idrok qilish hodisasidir. Bu hodisa bir qancha manbalar, qo‘zg‘atuvchilar, motivlar ta’sirida vujudga keladi, jumladan: 1) dastlabki tashqi ko‘rinish, istarasining issiqligi; 2) subyektga nisbatan rishtasiz bog‘lanib qolishlik, ongsizlik darajasidagi anglashilmagan ichki noaniq moyillik; 3) shaxslarning xarakteridagi o‘xshashlikning mavjudligi; 4) sheriklarning muomala maromidagi yaqinlik va boshqalar.
Psixologiya fanida juda kam tadqiq qilingan idrok fenomenlaridan bittasi — bu yaqqol ko‘rinish (yasnovidenie) deb atalib, voqealik, holat, hodisa va tasodifni yaqqol oldindan ko‘rish, yaqqol g‘oyiblardan xabar kelish (olish) singari parapsixologik muammodir. Faqat ayrim hollardagiqa yaqqol ko‘rinishning aniq ilmiy hisoblashlarga asoslangan mahsuli namoyon bo‘lishi mumkin, xolos. aksariyat vaziyatlarda yaqqol ko‘rishlik bilish subyektining shaxsiy xayoloti, o‘zgalarning diqqatini tortishiga, jalb qilishga aloqador hissiy kechinmalardan boshqa narsa bo‘lmasdan, uning yaqqollilik ehtimoli darajasi juda pastdir. Biroq shu narsani rad etmaslik kerakki, ayrim allomalarning bashoratlari, yaqqol oldindan ko‘rish imkonining yuksaqligi, aniqligi kishini hanuzgacha hayajonga soladi
Idrokning muhim tomonlaridan biri uning xususiyatlarini turli jabhalar, vaziyatlar va sharoitlarda namoyon bo‘lishidir. Idrokiing muhim xususiyatlaridan biri — bu faol ravishda bevosita aks ettirish imkoniyatining mavjudligidir. Odatda, insonning idrok qilish faoliyati uning o‘zlashtirilgan bilimlari, to‘plangan tajribalari, shuningdek, murakkab analitik, sintetik harakatlar tizimi zamirida yuzaga keladi. Bu holat idrok qilinishi zarur bo‘lgai o‘quv fani mohiyatiga bog‘liq ilmiy faraz yaratish, uni amalga oshirish borasida qaror qabul qilish yaqqol voqelik bilan tasavvur qilinayotpshining o‘zaro mosligini aniqlash singari bosqichmabosqich o‘zaro bir-birini taqozo etuvchi tarkibiy qismlardan iboratdir.
Idrokning yana bir muhim xususiyati uning umumlashgan holda narsa va hodisalarning aks ettirishidir. Ma’lumki, inson psixikasiga kirib borayotgan ko‘pqirrali ko‘pyoqlama alomatlardan idrok qilish bilan cheklaiib, chegaralanib qolmasdan, balki o‘sha majmua aniq jism yoki hodisa sifatida baholanadi. Jismlarning o‘ziga xos xususiyatlariii belgilash bilan qanoat hosil qilmasdan, balki mazkur narsalarni ma’lum ma’noviy qismlarga ajratadi. Jumladan, «soat», «bino», «hayvonot» va hokazo.
Idrokning navbatdagi xususiyati uning harakatchanligi va boshqaruvchanligidir. Masalan, toshko‘mir yorurlikda yog‘du sochadi, oq qog‘ozdan ko‘proq nur balqiydi. Lekin inson bu narsalarni «qora» va «oq» deb idrok qiladi, vujudga kelgan bevosita subyektiv taassurotlarga nisbatan o‘zgartishlar, tuzatishlar kiritadi. Chunki idrok jarayoni inson oldida to‘rgan maqsadga, maqsad qo‘ya olishga, unga berilgan ustanovkaga (ongli, ixtiyoriy ko‘rsatmaga) uzviy bog‘liqholda irodaviy boshqarilish xususiyatiga egadir. Shuning uchun insonni idrok qilish (perseptiv) faoliyatida ongli boshqariluv imkoniyati mavjud bo‘lib, analitik, sintetik, harakatlar negizida verbal orqali amalga oshiriladi.
Yuqoridagi xususiyatlarning barchasi insonning Yosh xususiyatlariga, aqliy kamolotiga, tajribasiga, bilim saviyasiga bog‘likdir. Lekin to‘g‘ri (adekvat) idrok qilish uchun ma’lum shart-sharoitlar muhayyo bo‘lmog‘i lozim: 1) subyektning aks ettirishi zarur bo‘lgan narsalar yuzasidan avvalgi uquvi, tasavvurlarining ko‘lami, ularning kengligi, chuqurligi; 2) mazkur jism fan, voqelik, muammo o‘rganilishi bilan bog‘liq bo‘lgan maqsad, maqsad qo‘ya olish; 3) perseptiv faoliyatning faolligi, izchilligi va tanqidiy xususiyati; 4) idrok qilish faoliyati tarkibiga kiruvchi faol xatti-harakatlarning saqlanishi, ularning o‘zaro uyg‘unligi.
Muayyan sharoitda shaxs tomonidan idroq qilinadigan narsa yoki jism idrokning obyekti deb ataladi. Idrok qilinadigan narsa uni o‘rab to‘rgan boshqa narsa jism yoki hodisalarga nisbatan obyekt hisoblanib, obyektning atrofdagilari esa fon deyiladi. Idrokning sifati obyektning fondan tez to‘liq va aniq ajratib olish bilap belgilanadi.
Idrok qo‘zg‘atuvchilarining ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq qilib, narsani butunligicha, yaxlitligicha uning hamma xususiyatlari bilan birga aks ettiradi. Shuning uchun idrok ayrim sezgilarning oddiy yig‘indisidai iboratdir, degan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Idrok o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lgan hissiy bilishning sifat jihatdan yangi yuksakroq bosqichidir.
Idrok jarayonlarining faolliligimizga, obyektga munosabatimizga bevosita bog‘liqligini kurasatib turibdi. Ikkinchidan, idrok bizning kayfiyatimizga ham bog‘liq. Yuqoridagilardan kelib chikib, shaxs idrok qilishi jarayonlariga xos bo‘lgan bir nechta qonuniyatlarini belgilaymiz.
A) figura va fonning ilgarigi harakatga bog‘liqligi qonuni.
Bu qonunning ma’nosi: odam ilgarigi tajribasida bo‘lgan, bevosita tuknash kelgan narsalarini idrok qilishga moyil bo‘ladi. Agar biror predmetni u ilgari figura sifatida idrok qilgan bo‘lsa, demak, keyingi safar ham uni aynan figuraday idrok qiladi, agar fon bo‘lgan bo‘lsa, tabiy, fonday qabul qiladi. Bu qonunning hayotdagi urni chet davlatlarda borgan turislar tajribasiga tayanib tushuntirilishi mumkin. O‘zbekistonliklar yer kurrasining qaysi burchagida bo‘lmasin o‘zbek do‘ppisi yoki atlas ko‘ylakni juda tez ilg‘ab oladilar va suyunib ketadilar ham. Yonidagi sheriklari o‘zbek bo‘lsa ham, aynan duppili o‘zbekni kurib, ko‘zlari yashnab ketadi. Boshqa millat vakillari, masalan, nigeriyalik ham milliy ko‘ylagida to‘rgan bulishi mumkin, lekin o‘zbek turist uchun bu kiyim fon edi, fonligicha koladi ham.
B)Idrokning konstantligida, ularni o‘zimiz «to‘g‘rilab» alohida predmetlar sifatida idrok qilaveramiz.
Demak, idrokimizning konstantligi, ya’ni ilgarigi tajriba asosida narsalarning xossa va xususiyatlarini o‘zgartirmay, turgun holda yaxlit tarzda idrok qilish xususiyati bizga tashqi muhitda to‘g‘ri moslashuvimiz, narsalar dunyosida adashmasligimizni ta’minlaydi. Konstantlik – «konstanta» so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zgarmas, doimiy degan ma’noni bildiradi.
V) Kutishlar va taxminlarning idrokka ta’siri. Ko‘pincha bizning idrokimiz ayni paytda biz nimalarni kutayotganimizga bog‘liq bo‘lib qoladi. Biz ozimiz kutganda ham ko‘p paytlarda o‘zimiz ko‘rgimiz kelgan narsalarni ko‘ramiz, eshitgimiz kelgan narsani eshitamiz. Masalan, sonlar qatorida paydo bo‘lgan V harfi uzoqdan albatta 13 soniday idrok qilinadi, yoki aksincha harflar orasidagi 13 «v» ga o‘xshaydi. Kechasi yolg‘iz qolib kimnidir kutayotgan bo‘lsangiz, har qanday juda sekin sharpa ham oyoq tovushlariga o‘xshayveradi. Sog‘ingan do‘stingizga biror jihati bilan o‘xshash bo‘lgan odamni ko‘rsangiz-chi. Shunday qilib, inson idroki shaxsiy ma’no va ahamiyat kasb etgan ma’lumot vositasida ongdagi bo‘shliqni to‘ldirishga harakat qiladi. Birovning orqadan chaqirishini kutayotgan bo‘lsangiz, negadir albatta, bosh harfi to‘g‘ri kelgan ismni aytsa ham tezginada o‘sha tomonga o‘girilib qaraymiz. Aynan shunday hodisalar ba’zan idrokdagi xatoliklarning kelib chiqishiga olib keladi.
G) O‘zgarmas ma’lumotning idrok qilinmasligi qonuni. Bu qonunning mohiyati shundaki, muntazam ta’sir etuvchi ma’lumot ongda uzoq ushlab turilmaydi. Masalan, o‘tirganningizda soatning tiqqillashini eshitganmisiz, tovush eshitiladi, lekin ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng go‘yoki u yo‘q bo‘lib qolganday – eshitilmaydi. Yoki eksperiment sharoitida yolg‘iz bitta nutqdagi yoruglik manbai ko‘ziga ta’sir etilib, ko‘z ham shu nuqta bilan bir vaqtda harakatga keltirib turilganda, 1-3 sekunddan sung odam yorug‘lik manbaini kurmay qo‘ygandek. Shunga o‘xshash eksperimentlar barcha idrok turlarida ham sinalgan. Past ohangli kuy ham ma’lum vaqtdan keyin eshitmagandey hisni keltirib chiqarishini sinab ko‘rishingiz mumkin.
D) Anglanganlik qonuni. Idrok qilayotgan shaxs uchun figuraning anglanganligi, uning zarurati va ma’nosi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Agar biz kuzatayotgan predmet, eshitayotgan nutq yoki xis qilayotgan narsamiz ma’nonsiz, tushunarsiz, noaniq bo‘lsa, biz juda tez charchaymiz va toliqamiz. Masalan, xitoy tilini bilmaydigan odam shu tilda so‘zlashuvchilar orasiga tushib qolsa, psixologik jihatdan juda qiynaladi. Ya’ni, bizga barcha narsalarda biror ma’no va mazmun kerak. Odam odatda tushunadigan narsasinigina idrok qiladi. Hattoki, ma’ruzachining butun tushuntirayotgan ma’ruzasidagi faktlar sizning tushunchalariningiz va bilim doirangizdan uzoq bo‘lsa, professorga qarab o‘tirgan bo‘lsangiz ham uning gaplari qulog‘ingizga kirmaydi.
Y) Taxminlarni tekshirish jarayonida idrok qilish. Biz idrok jarayonida ilgarigi tajribaga tayanganimiz bilan ko‘pincha adashamiz, ba’zan esa uzimiz uni yangiliklar ochib, tajribani yanada boyitamiz. Ilgarigi tajriba va kelajakni bashorat qilish insonga xos xususiyat bo‘lib, bizning sezgi organlarimiz orqali keladigan ma’lumotlarning kulami va imkoniyatlarini yanada oshiradi. Shu nuktai nazardan olib qaralganda, idrok – tashqi muhit to‘g‘risidagi taxminlarimizni isbot qilishga qaratilgan faol jarayondir.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin