V. Ta’lim natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi.Talablar:
- nutq uslublarning o‘ziga xos jihatlari;
- adabiy til nazariyasi va uslubiy me’yorlar haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- nutq uslublari, ularning o‘ziga xos me’yorlari (xususiy) borligini;
- til vositalarining matn tarkibidagi amaliy ahamiyatini;
- matn ustida ishlash jarayonida tilning grammatik va stilistik usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi; - matnlarni tahlil qilish jarayonida lug‘at bilan ishlash, mavzuga oid turli manbalardan foydalanish;
- nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish;
- badiiy, siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy, ilmiy-ommabop va rasmiy xarakterdagi matnlarni uslubiy jihatdan yozma va og‘zaki bayon qila olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari: • interfaol keys-stadilar;
• seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
• guruhlarda ishlash;
• taqdimotlar qilish;
• individual loyihalar;
• jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar
VII. Kreditlarni olish uchun talablar: Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish joriy va oraliq nazorat shakllarida mustaqil ta’lim uchun belgilangan vazifa va topshiriqlarni bajarish uchun yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish lozim.
Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari