Tashkiliy sabablar:
-
xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong‘in xavfi bo‘yicha yo‘riqnomaning
umuman o‘tqazilmaganligi va sifatsiz o‘tazilganligi;
-
ish joylari, yo‘lak va transport yo‘llarining to‘silib qolishi;
-
ish vaqtidan tashqari ishlash;
Gigienik sabablar
-
oqava suvlaridagi va hhavodagi zararli moddalarning yuqori konsentratsiyasi
mavjudligi;
-
yoritilganlikning etarli emasligi yoki ularning noqulay o‘rnatilganligi;
-
sexlarda shovqinning me’yoridan ortiq bo‘lishi;
-
har bir ishchiga to‘g‘ri kelishi kerak bo‘lgan maydon va hajm bo‘yicha qurilish
me’yorlarining buzilishi;
Texnik sabablar:
-
uskuna va mexnizmlarning nosozligi;
-
mashinalarning xavfli joylarining to‘silmaganligi;
-
og‘ir va sermehnat ishlarning etarli mexanizatsiyalashtirilmaganligi;
Ruhiy – fiziologik sabablar:
-
haddan ortiq charchash;
-
ishning og‘irligi;
-
ishning monotonligi;
-
ishlab-chiqarish va mehnat intizomining buzilishi;
-
ishchining nosog‘lomligi;
Kasb kasalliklari mehnat qobiliyatinin pasayishiga, o‘tkir va surunkali
zaharlanishning avj olishiga, umuman kasalliklarning ko‘payishiga, uzoq muddat
o‘tgandan keyin paydo bo‘ladigan yomon asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin.
CHarchashning tez yoki sekin ro‘y berishi mehnatning xususiyatga bog‘liq:
kishi bir tarzda turib muskullariga zo‘r keladigan ish bajarganda ancha tez, bir
tekisdagi ish bajarganda birmuncha sekin toliqadi.
CHarchashning oldini olish uchun bekorchi harakatlarni bartaraf qilishga, ish
o‘rinlarining ratsional tashkil etilishiga, ish vaziyatiga va mashqqilinishiga katta
e’tibor berish kerak. Tikuvchining gavdasi stol chetidan 10 – 15 sm. narida turishi,
tikayotgan detal bilan ko‘zi orasidagi masofa taxminan 30 –35 sm. bo‘lishi kerak.
Tirsagi stol satida bo‘lib, qo‘l panjalari mashina platformasida turishi lozim, oyoq
muskullari zo‘riqishini kamaytirish uchun oyoq tagiga taglik qo‘yiladi, mashina
tepkisining oldingi tomoni poldan 220 mm. baland turishi, tepki 20 gradus burchak
ostida qogan bo‘lishi, oyoq qulay harakatlanishi, tepkining oldingi chetidan stul
o‘rindiining orqa chetigacha bo‘lgan oqraliq (gorizontal bo‘lib) 650 mm. dan
oshmasligi lozim.
Ish joylarida mikroiqlim omillari- arorat, nisbiy namlik, hhavoning tezligi
hamda atmosfera bosimi tashkil etadi. Bunday muhit kishi organizmiga salbiy ta’sir
ilib, uni sovutib yoki isitib yuboradi.
Kishi organizmining me’yoriy harorati 36 –37 gradus bo‘ladi. Organizm o‘zi
uchun zarur bo‘lgan haroratni ta’minlab turish qobiliyatiga ega.
Sex hhavosining harorati yuqori bo‘lganda qon tomirlar kengayib, teriga qon
me’yoridan ko‘p kela boshlaydi va atrof muhitga issilik uzatish birmuncha
ko‘payadi. SHuning uchun issiqsexlarda sal sho‘rlangan gaz suvlar beriladi.
Sexlardagi hhavo harorati pasayganda, qon tomirlar torayib, teriga qonning
kelishi susayadi va tananing tashqi muhitga issiqlik berishi kamayadi. Kishi o‘zini
yaxshi his qilishi uchun harorat.
Odamlar bino ichida uzoq vaqt bo‘lganlarida bino hhavosi og‘irlashadi.
SHuning uchun binoni shamollatib, hhavosini almashtirish, iflos hhavoni chiqarib,
tozasini kiritish zarurati tug‘iladi.
Sex havosini shamollatish tabiiy va mexanik bo‘ladi. Mexanik shamollatish
vyontilyator va konditsionerlar bilan amalga oshiriladi. Agar havoni almashtirish
fortochka, deraza yoki devor teshiklari oqrali amalga oshirilsa, tabiiy shamollatish
deyiladi.
Ishlab chiqarish jarayonida sexlarda chang ajralib chiqadi. Kishi bunday
hhavodan nafas olganda yuqori nafas yo‘llari qichiydi va kishi o‘zi xoxlamagan olda
yuzaki nafas oladi, bu esa o‘pka faoliyatia salbiy ta’sir qiladi va turli kasalliklarni
keltirib chiqaradi. CHang ko‘z shilliq pardalarini qichishtirib, konyuktivit
kasalligini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari chang zarrachalari tuberkulyoz
tayoqchalarini va zararli bakteriyalarni tashuvchi vositadir. U lampalar ustiga o‘tirib,
sexdagi yorug‘likni kamaytiradi, bu esa ishchilar faoliyatia va sog‘ligiga ta’sir
qiladi.
Sexdan shamollatish sistemasi oqrali so‘rib olingan hhavo atmosferaga
chiqarib yuborishdan oldin zararli moddalardan tozalanadi, retsirkulyasiya uchun
sexga qayta yuboriladigan hhavoda zararli moddalarning miqdori 0,3 YKBK dan
oshmasligi kerak. Hozirgi kunda changli havoni tozalovchi uskunalarning ko‘plab
turlari mavjud.
Ishlab chiqarish sharoitida yoritilganlik ishchilar salomatligiga zarar
etkazmasligi uchun u ko‘zni zo‘riqtirmaydigan, ish vaqtida xonaning hamma
qismlarida bir tekis taqsimlangan bo‘lishi talab qilinadi. YOrulik ko‘zni
qamashtirmaydigan bo‘lishi, yorug‘lik nurlari ko‘zga to‘ridan –to‘ri to‘shmasligi
kerak.
Ma’lumki, tabiiyyorug‘likmanba- quyoshdir. Sun’iy yorug‘lik manbai esa
elektr energiyasi bo‘lib, u cho‘g‘lanma va lyuminetsent lampalar orqali amalga
oshiriladi.
Lyuminetsent lampalar ishchilarni kamroq toliqtiradi, ranglarni idrok qilish
qobiliyatlari ortadi.
Turli balandlikdagi va chastotadagi tovushlarning tartibsiz ravishda qo‘shilib
eshitilishi shovin deb ataladi. Tovush fizik holat sifatida havoda, suvda va boshqa
tarang muhitdan kelib chiqadigan to‘lqinsimon harakatlardan iborat. SHovin kasbiy
kasallikka olib kelishi mumkin.
SHovqin ta’sirida turli a’zolar va sistemalarning, hazm qilish (oshqozon
shirasi sekretsiyasining o‘zgarishi), qon aylanishi (qon bosimining ko‘tarilishi) va
shunga o‘xshashlarning normal faoliyati buziladi. SHu bilan birga gaz va
suyuliklarning harakati natijasida ham shovqin chiqishi mumkin.
Ishlab chiqarishda maxsus shovqin yutuvchi vositalar ishlatiladi. CHunonchi,
poydevorlarni amortizatsiyalovchi, tovush o‘tqazmaydigan va tovush yutuvchi
qurilish materiallaridan o‘rish, tovushni izolyasiyalovchi to‘siqlar va qoplamalar
ishlatish, mashinalarni izolyasiyalash (ularni germetiklash) va boshqalar yordamida
shovqin birmuncha pasaytiriladi.
Titrash kishi organizmiga salbiy ta’sir qiladi,natijada ish unumdorligini
pasaytiradi, ko‘pincha og‘ir kasbiy kasallik - titrash kasalligiga olib keladi. SHuning
uchun titrashga qarshi tadbirlarga alohida ahamiyat beriladi.
Titrash kasalligi kasbiy kasalliklarga kiradi. Titrash kasalligini davolash
uzoq muddatga cho‘zilishi mumkin. Kasallik ko‘p hollarda o‘tib ketsa, nogironlikka
olib kelishi mumkin.
Mashina va mexanizmlarning titrashini kamaytirish quyidagi usullarda olib
boriladi:
- rezonans holatidan chiqarish ;
-
titrashni dempferlash;
-
titrashni dinamik so‘ndirish;
-
titrashni shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash;
qo‘lni titrashdan saqlash uchun maxsus qo‘lqoplar ishlatiladi.
Elektr tokidan shikastlanish ( tok urishi) ishlab chiqarishda ko‘p kuzatiladi.
Elektr toki organizm orqali o‘tganda issilik, elektrolitik va biologik ta’sir ko‘rsatadi.
Issiqlik ta’siri badanning ayrim joylarining quyishi, qon tomirlari, asab va
boshqa to‘qimalarning qizishi bilan xarakterlanadi. Elektrolitik ta’sir qonning va
boshqa organik suyuqliklarning o‘rishiga va ularning fizik-ximik tarkibining
buzilishiga olib keladi.
Tok urgan joyga birinchi etib kelgan kishi hammadan avval shikastlangan
kishini tok ta’siridan utarishi (rubilnikni ajratib qo‘yish, simni qirqish, tayoq bilan
simni urib tushirish) lozim. Tokni uzib qo‘yishning iloji bo‘lmasa, shikastlangan
kishining badaniga tegmasdan, ustki kiyimlaridan ushlab, qo‘lga rezina qo‘lop kiyib,
avtomobil shinasi, taxta, quruq latta ustiga chiqib, yoki rezina poyabzal kiyib
shikastlangan kishini, tok ta’siridan xavfsiz joyga olib chiqish kerak. So‘ngra zudlik
bilan tez yordam mashinasini chaqirish lozim. SHikastlangan kishini «Og‘izdan –
og‘izga» yoki «Og‘izdan – burunga» puflash usulida nafas qoldirishga harakat
qilinadi, yurak yopiq massaj qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |