Andazalar konstruktyasini tuzish:
Kiyim detallari andaza bo'yicha bichiladi. Andaza tayyorlashdan oldin kiyim
detallarining chizmasida vitochkalar, yon chiziqlar, Yeng, shim va boshqa detallar
chiziqlarining barcha o'tmas burchaklari ularning uchiga mumkin qadar yaqinroqdan
dumaloqlanadi. So'ngra kiyim orqasi va oldi detallarining, Yengining usti va osti
yarmining, shimning old yarmi bilan orqa yarmi juftlashtirilib bir-biriga ulanadigan
zihlarining o'zaro mos kelishi tekshiriladi; bunda konstruksiya chiziqlaridan
arzimagan darajadagina chetga chiqishga yo'l qo'yiladi. Shu tarzda aniqlangan
chizmalarda choklarga hamda kiyim etagini, Yeng uchi va shim pochasini bukish
uchun qabul qilingan texnologik va texnik shartlarga muvofiq chok haqi
belgilanadi.Andazalar tayyorlash usuliga qarab, aosiy andaza, ikkilamchi (hosila)
andaza va yordamchi andaza degan turlarga ajratiladi, bajaradigan vazifasiga qarab
esa, etalon-andaza (originallar), ish andazasi va yordamchi andaza kabi xillarga
ajratiladi.
Etalon - andazalar andazalarni tekshirish uchun kontrol vosita sifatida xizmat
qiladi. Ular eksperimental stexlarda saqlanadi va original-chizmalar yoki o'lchovlar
tabeli bo'yicha kamida kvartalda bir marta tekshirib ko'riladi.
Ish andazalaridan bevosita texnologik jararyonlarda (kiyim bichish,
bichiklarni tekshirish va hokazolar vaqtida) foydalaniladi. Bu andazalar oyiga
kamida bir marta etalon andazalar bo'yicha tekshiriladi. Kesilgan joylardagi chetga
chiqishlar normativ-texnik hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
Yordamchi andazalar kiyimning qayirib bukish chiziqlari, kesib tashlanadigan
joylari, cho'ntaklar, izmalar, tugmalar va hokazolar o'rnini qo' shimcha ravishda
belgilash uchun xizmat qiladi.
Andaza qalinligi 0.9-1.62 mm keladigan karton qog'ozdan tayyorlanadi. Bu
maqsadga ishlatiladigan qartonning namlik darajasi havoning normal nisbiy namligi
60-65% bo'lganda 8% dan oshmasligi lozim. Ish andazalarining xizmat muddatini
cho'zish uchun ularning konturi bo'yicha tunuka tasma tutiladi yoki chetlariga
maxsus eritma (elim, suyuq, shisha) surtiladi, yo bo'lmasa karton tezda yirtilmaydi
va andaza gazlama bilan yaxshi tishlanadi, bu esa bichish aniqligini oshiradi.
Odatda ish andazalari 3-5 komplekt qilib tayyorlanadi.
Asosiy andazalar kiyim konstruksiyasining chizmasi bo'yicha tayyorlanadi;
bu andazalarda chok haqi, kiyim etaklarini albatta hisobga olingan bo'ladi.
Kiyimning orqasi, oldi, beriladigan chok haqi "Tikilgan kiyimlar. Qaviqlar, baxyalar
va choklar" davlat standartiga muvofiq belgilanadi. Detallarning (masalan, ustki
yoka, va shu kabilarning) chetini qayirib bukish haqi gazlamaning qalinligiga hamda
uzel kosntrukstiyasiga bog'liq bo'lib, normativ-texnik hujjatlarda ko'zda tutiladi.
Erkaklar kostyumi detallarining konstruksiyasida pidjak orqasining o'rta
chizig'i, pidjak orqasi va oldinining yon chiziqlari, elka chiziqlari, old vitachkalar
chiziqlari, Yenglarning oldingi zihlari va tirsak to'g'risidan o'tadigan zihlari,
shimlarning yon va og chiziqlarini unifikastiyalash ko'zda tutilgan. 1-rasmda
erkaklar kostyumi detallarining asosiy andazasini tayyorlash sxemasi berilgan
(kesiladigan joylarga haq tashlab ketilmagan).
Aholining shaxsiy buyurtmasiga muvofiq kiyim tikishda baza konstruksiyalar
andazasi hamda chalafabrikat bichish uchun xizmat qiladigan andazalardan
foydalaniladi. Baza konstruksiyalar andazasini tayyorlagan vaqtda chok haqi
berilmaydi. Kiyimni bichganda tegishli joylarda chok haqi tashlab ketiladi, bu esa
kiyim balansini yaxshilash maqsadida unga birmuncha uzgartirish kiritishga va
kompozistion echimlarga imkon tug'diradi (1 -jadval)
Kiyim detallarining chetlarini to'g'ri va aniq ulash mumkin bo'lishi uchun,
andazalarni tayyorlagan vaqtda kertiklar qilinadi (1-rasm).
O'miz chizig'i va yeng boshidagi kertiklarni qanday hosil qilish kerakligi
Yenglarning chizmasini chizish to'g'risida so'z borganda tushuntirib keltirilgan edi.
Shimning old va orqa yarmining andazalarida yon chiziqlar bilan o
g
chiziqlarida kertiklar tizza chizig'i to'grisida joylashadi; shuningdek, gulfik va otkos
ulab tikila boshlaydigan nuqtaga yoki 2 sm balandroqqa ham kertik qilinadi (3.8-
rasm).
Reglan yengli kiyimda ketiklarning o'rni orqaning o'rta chizig'ida xuddi bel
to'g'risida, kiyim orqasi va oldining yon chiziqlarida esa ayni bel va son chiziqlari
to'g'risida bo'ladi. Orqa yeng o'mizidagi birinchi kertik esa tirsakning perekat chizig'i
uchida bo'ladi. Yenglarining o'mizga ulab tikiladigan chiziqlarining tort joyi
kertiladi: yengning oldingi qismida - old Yoqa o'mizi burchagidan 6-7 sm masofada,
yengning orqa qismida - orqa Yoqa o'mizi chizig'idan 7-8 sm masofada; yengning
Rasm 1. Erkaklar kostyumi detallarining asosiy andazasini chizish : a)-pidjakning
orqasi, yon bo'lak va pidjakning oldi; b)-yeng; v)- shimning old
va orqa qismlari.
old qismida esa-old perekat chizig'ining uchi bilan bir satha joylashadi. yenglarning
old va orqa qismlarida ustki zihlarining uch joyi kertiladi: biri-elkaning oxirgi
nuqtasi bilan bir satha,ikkinchisi-yeng o'mizining chuqurlik chizig'i sathida,
uchinchisi-yeng uchi chizig'idan 7-8 sm narida joylashadi. Yengning old va orqa
qismlarining ostki zahlaridagi birinchi kertik shu chiziq uchidan 6-7 sm masofada,
ikkinchi kertik esa yeng uchidagi chiziqdan 7-8 sm masofada bo'ladi.
Asosiy andazalar ishlab chiqilgandan keyin detallarining juftlashtiriladigan
konturlari tekshirib quriladi (3.9-rasm).
2-rasm. Pidjak (a) va shim (b) detallarning hosila andazalarini tayyorlash.
Ikkilamchi (hosila) andazalar asosiy andazalar asosiy andazalar bo'yincha
tayyorlanadi. Ikkilamchi andazalarga quyidagilar kiradi: asosiy materialdan
tikiladigan detallarining (podbort, ustki Yoqa, gulfik va otkos) andazalari; astarbop
materialdan tikiladigan detallarning (kiyimning oldi va orqasi, yengning ustki va
ostki qismlari, jiletka astari, shim old yarmining astari, gulfik, otkosok, lei va
hokazo) andazalari; oraliq materialdan tayyorlanadigan detallar (kiyimning ko'krak
qismiga, elkaga va yoka oraligiga qo'yiladigan dag'al matodan iborat bortovka)ning
andazalari; astarlik materialdan tayyorlanadigan detallar (kiyimning ko'krak
qismiga, elkaga va Yoqa oralig'igiga qo'yiladigan dag'al matodan iborat
bortovka)ning andazalari; astarlik materialdan tayyorlanadigan detallar (pidjak va
jiletkaning old qismiga, yirmochka, orqa, etakka, yeng o'miziga, yon etakka, yenglar
uchiga, ustki va ostki Yoqalarga podbortga qo'yiladigan takroriy oraliq material)
andazalari. Podbort, kiyim oldi va orqasining astari, yeng astari andazalarini
tayyorlash tartibi 3.9-rasmda ko'rsatilgan.
Yordamchi andazalar kiyim detallarining asosiy va ikkilamchi andazalaridan
foydalanib tayyorlanadi.
Asosiy va ikkilamchi etalon-andazalarga hamda ish andazalariga texnik
talablarga muvofiq qo'yidagi belgilar qo'yiladi: gazlamaning bo'ylama yo'nalishini
ifodalovchi chiziq - tanda ipi yo'nalishi (T.I.); bo'ylama yo'nalishdan chetga chiqish
chiziqlari; uloq tushadigan joylarda ularning minimal va maksimal kengligini
ko'rsatuvchi chiziqlar (kiyimlarining tarmoq standartiga muvofiq); bir-biriga
ulanadigan detallarning juftlashtiriladigan joylaridagi kontrol kertiklar.
Yordamchi andazalarda cho'ntaklar, vitachkalar, burmalar, izmalar, tugmalar
va hokazolarni ko'rsatiladi.
Asosiy, ikkilamchi va yordamchi etalon-andazalarning xamda ish
andazalarining barcha komplektlarida kesiladigan joylardagi chiziqlar buyicha
(andazaning chetidan 1 mm qochirib) 8-10 sm oralatib tamg'a bosiladi yoki chiziq
chiziladi; tamg'a va chiklar andazaning eskirish darajasini tekshirib turish uchun
kerak.
Ish andazalarida kesish aniqligidan yo'l qo'yiladigan chetga chiqishlarni
ko'rsatib qo'yish maqsadga muvofiq. Kiymning nihoyat darajada aniq bichilishi
joylarida (Yoqa o'mizi, yelka zihlari, yeng o'mizi,yeng boshi) yo'l qo'yiladigan
chetga chiqishlar 0.25 sm, astar va oraliq materialdan tayyorlanadigan detallarda0,4
sm ni tashkil etadi.
2-jadvalda- Gazlama tanda ipining yo'nalishi va kiyim detallarida undan chiqilishi
E s l a t m a. Detalning asosiy chiziqlarning yo'nalishi modelga va
gazlamaning turiga qarab boshqacharoq bo'lishi mumkin. Harakatchan to'rsimon
strukturali gazlamadan tikiladi. Kiyish jarayonida gazlama strukturasi o'zgarib,
kiyimning shakli buzilishi mumkin. Buni oldini olish uchun kiyim detallarini
shunday bichish kerakki, asosiy cho'zuvchi kuchlar gazlamaning tanda iplari bo'ylab
yo'nalsin. Buning uchun yuqorida aytib o'tilgan belgilardan tashqari, kiyimning har
bir detalida tanda ipining yo'nalishi va yo'nalishdan yo'l qo'yiladigan chetga
chiqishlar ko'rsatiladi. Tanda ipi yunalishidan chekli chetga chiqishlar material
tolasining tarkibiga, strukturasiga, materialning to'kilish zichligiga kiyimning
konstruksiyasi, vazifasi va hokazolarga bog'liq (2 - jadval).
Dostları ilə paylaş: |