faqat tirsak chizig'ining nuqtalari siljishi natijasida kengaytiriladi.
Yengni o'matish vaqtida kirishtirish haqini saqlab qolish maqsadida yeng
kengligining umumiy gorizontal orttirmasi o'mizning umumiy orttirmasidan 0,1—
0,15 sm ga kattaroq olinadi.
Bo'ylar gradatsiyasida dastlabki orttirma sifatida tayyor buyumlar bo'ylararo
orttirmalar olinadi. Mavjud uslublarda tayyor buyumlarda bo'ylararo orttirmalar
quyidagicha qabul qilingan: ko'ylak va palto uchun 3-4 sm; shimlarga — 4 sm;
yubkalarga — 2-3 sm; pidjakka — 2 sm, uzun yeng uchun — 2 sm.
Amaliyotda old va orqa bo'laklar gradatsiyasini
osonlashtirish maqsadida
detallar bo'ylama razmerlarining ko'krak chizig'idan pasti o'zgartiriladi, ya'ni bel va
etak nuqtalari siljitiladi. Lekin bunday yondashuv bo'ylar kattalashganda ko'ndalang
o'lchamlar o'zgarishini hisobga olmaydi.
Ba'zi uslublarda bo'ylar o'zgaruvchanligiga qarab orqa, ko'krak
kengligi
hamda yeng o'mizlari kengligi o'zgarishi ta'kidlangan. Konstruksiyalash uslublarda
tikuv buyumlarining asosiy detallariga har bir konstruktiv nuqta uchun razmerlararo
va bo'ylararo orttirmalar qiymati buyumlarning yelkali hamda belli guruhlariga
moslab ikkita jamlama jadvalda tuzilgan. Jadvalda har bir nuqta uchun yonma-yon
razmer va bo'y uchun gorizontal hamda vertikal orttirmalar keltirilgan.
Ishlab chiqarish sharoitida
model detallarining dastlabki, ya'ni original
andazalari model tavsiya qilingan razmerlar va to'lalik guruhining faqat bitta o'rta
bo'y va razmeriga tayyorlanadi. Andazalarning qolgan razmer hamda bo'ylari esa
dastlabki bo'y hamda razmerdagi andazalarni proporsional
ravishda rasmiy
qoidalarga ko'ra kattalashtirish yoki kichraytirish orqali olinadi.
O'rta razmer va bo'ydagi tikuv buyumining andazalari asosida modelda tavsiya
qilingan qator razmer hamda bo'ydagi andazalar komplektlarini loyihalash jarayoni
Dostları ilə paylaş: