Bahronova ShaxloTexnik ijodkorlik va konstruksiyalash MAJMUA
Tayanch so‘zlar: uzunlik, aylana, kenglik o‘lchovlari, detallar, razmerlar,
modellar, nurlar usullari, fasonlar, fokslar.
Guruhlash usuli. Andazalarning har xil razmerlari oldindan tayyorlangan o‘rta,
eng katta yoki cng kichik razmerli ikki komplekt andazalardan olinadi. Shu bois bir
xil nomli detallarning bir xil tomoni birlashtirilgan holda bir- birining ustiga
yotqiziladi va bir xil nomli konstruktiv nuqtalar birlashtiriladi. Hosil bo'lgan
chiziqlarni ikki detal orasidagi razmerlar nomerining soniga bo'lib, razmerlararo
orttirma qiymati aniqlanadi. Belgilangan nuqtalarni birlashtirish orqali dastlabki
detallar orasidagi andazalar konturi chiziladi (1-a rasm). Ushbu usul konstruktiv
tuzilishi murakkab bo‘lgan modellar detallarini ko'paytirishda hamda andazalar
ko'pavtirishning boshqa usullarida qo'llanadigan notipaviy sxemalarga oid asosiy
konstruktiv nuqtalaming orttirmalarini hisoblash uchun dastlabki bosqich sifatida
tatbiq etiladi. Usulning kamchiligi kiyim detallarining ikki komplektini
tayyorlashdadir.
Nurlar usuli. Detalning fokus sifatida olingan muayyan bir nuqtasi barcha
konstruktiv nuqtalari bilan to‘g‘ri chiziqlar-nurlar orqali birlashtiriladi. Detal
konturidan boshlab nurlar bo'yicha orttirmalar qiymati qo'yiladi (1-b rasm).
Belgilangan yangi nuqtalarni birlashtirib kattaroq yoki kichikroq razmerlar konturi
chiziladi. Bu usulning aniqligiga dastlabki fokus nuqtasining joylanishi ta'sir etadi.
Fokusning har xil holatida nurlar yo'nalishi ham o'zgaradi. Yangi konstruktiv
nuqtalar siljib, andazaning konturini o'zgartiradi.
Mazkur usul oson bo‘lsa ham ko‘paytirilgan andazalarning konturlari noaniq
chiqadi. Nurlar usulidan bosh kiyimlar va korset buyumlarining andazalarini
ko‘pay- tirishda samaraliroq foydalanish mumkin.
Proporsional-hisoblash usuli aniqroqligi tufayli kengroq tarqalgan.
O'lchamlar o'zgaruvchanligiga va bo'linish chiziqlarining holatiga bog'liq holda
konstruktiv nuqtalar gorizontal hamda vertikal o'qlar yo'nalishi bo'yicha ontirmalar
qiymatiga suriladi. Har bir konstruktiv nuqtaning gorizontal va vertikal orttirmalari
shartli ravishda qabul qilingan dastlabki o'qlarga nisbatan hamda dastlabki
razmerlararo orttirmalarga tayanib hisoblanadi (3.10-d rasm).
Proporsional — hisoblash usuli barcha konstruktiv nuqtalar orttir- malarining
o'zaro proporsional bog'lanishiga asoslangan. Mazkur usulning afzailigi murakkab
konstruksiyali detallar nuqtalarining orttir- malarini hisoblashda namoyon bo'ladi.
1-rasm. Andazalarni turli usulda gradatsiyalashda konstruktiv nuqtalari surilishi: a
— guruhlash; b — nurlar; d — proporsional hisoblash usullari.