Buxoro davlat universitetining pedagogika



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/87
tarix28.11.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#168260
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   87
Bahronova ShaxloTexnik ijodkorlik va konstruksiyalash MAJMUA

andazalar gradatsiyasi
deyiladi. Bir xil razmer va bo'ydagi tipaviy qomatlar 
tanasining tuzilishi har xil to'lalik guruhida farqlanadi, shu bois gradatsiya bir to'lalik 
guruhi ichida razmer va bo'ylar bo'yicha alohida-alohida ishlanadi, lekin to'lalik 
guruhlari bo'yicha andazalar ko'paytirilmaydi. Andazalar gradatsiyasi tipaviy 
qomatlar o'lchamlarining o'zgaruvchanligi bilan bog'langan bo'ylararo hamda 


razmerlararo orttirmalar yordamida amalga oshiriladi. 
Andazalar gradatsiyasi dastlabki andazalar komplektidan tashqari andazalar 
nomerlarini olish jarayonini osonlashtiradi va tezlatadi. Lekin, ayni holda, 
noto'g'riliklar yuz berishi tufayli chetdagi razmerlar konst- ruksiyasida qomatda 
kiyim o'rnashuviningsifati pasayishi mumkin. Shu bois gradatsiya paytida konturi 
o'zgartirilgan barcha bo'y va razmerdagi andazalar silueti va proporsiyasining 
bazaviy razmer va bo'y bo'yicha etalonga mosligi asosiy talablardan biri hisoblanadi. 
Andazalar konturi o'zgartirilganda asosiy konstruktiv nuqtalar razmerlararo 
yoki bo'ylararo orttirmalar qiymatiga suriladi. Ushbu nuqta- larni birlashtiradigan 
chiziqlar ham ularga mos ko'chiriladi. Gradatsiya jarayoni qator omillar ta'siri ostida 
o'tadi. Gradatsiya nazariyasi ta'sir etuvchi omillarni va ularning o'zgaruvchanlik 
qonuniyatlarini o'rganishga asoslangan. 
Andazalar gradatsiyasining jarayoniga ta'sir etuvchi e'tiborli omillar qatoriga 
o'lchamlar o'zgaruvchanligi, konstruksiyani hisoblash formula- larining tuzilishi, 
andazalar gradatsiyasida dastlabki o'qlarga nisbatan konstruktiv nuqtalarning 
surilish qiymatini hisoblash usuli, buyumning bichimi va materialining xususiyatlari 
kiradi. 
Gradasiya prinsiplari va usullari. Andazalar o'lchamlarining farqlanishi 
tipaviy qomatlar o'lchamlarining o'zgaruvchanligi bilan aloqador. Shu bois 
gradatsiyada detallar o'lchamlari yetakchi o'lchamlar o'zgaruvchanligiga bog'liq 
holda bo'ysungan o'lchamlar o'zgarishida asoslangan. Teng bo'yliklarda nafaqat 
ko'ndalang, balki bo'ylama o'lchamlar ham o'zgaradi. Yoki teng razmerlilarda 
nafaqat bo'ylama, balki ko'ndalang o'lchamlar ham o'zgaradi. Ushbu qonuniyatlarga 
binoan razmerlar bo'yicha gradatsiyada chiziqli o'lchamlar ham bo'ylama, ham 
ko'ndalang o'zgarishi sababli konstruktiv nuqtalar to'g'ri burchakli to'rtburchakning 
diagonali bo'yicha suriladi. Muayyan razmerdagi kiyim detallari bo'ylar bo'yicha 
ko'paytirilganda ba'zi o'lchamlarning ko'ndalang orttirmasi kichik bo'lganligi sababli 
hisobga olinmaydi, konstruktiv nuqtalari faqat vertikal yo'nalishda siljitiladi. 
Andazalarni texnik ko'paytirish nazariyasi haligacha yetarli darajada 
takomillashtirilmagani sababli, konstruktorlik amaliyotida uning har xil usullaridan 


foydalanishga to'g'ri keladi. Andazalar gradatsiyasining mavjud usullarida qator 
prinsiplarga amal qilinadi: 

katta yoshli aholi va bolalar kiyimining detallarida bir xil gradatsiyasiya 
qoidalariga amal qilish; 

andazalar ko'paytirishda dastlabki o'qlarning bir xil joylanishi; 

konstruktiv nuqtalaming siljish qiymati bir xil usulda hisoblanishi; 
—har bir ajratilgan razmerlarning kichik guruhida dastlabki bazaviy razmerga 
nisbatan konstruktiv nuqtaning siljish qiymatining o'zgar- masligi. 
Texnik ko'paytirish usullaridan guruhlash, nurlar va proporsional — hisobli 
usullar kengroq tarqalgan. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin