Andazalar gradatsiyasining tipaviy sxemalari:
Ma'lumki, konstruksiyalash
metodikalarning hisoblash formulalarida tipaviy figuralar o'lchamlariga xos
o'zgaruvchanlik ishlatilgan. Andazalar gradatsiyasida ham, shu o'zgaruvchanlikka
mos o'lchamlararo orttirmalardan foydalaniladi. Hisobli ravishda va gradatsiya
orqali tuzilgan eng katta hamda eng kichik razmerlar chizmalari bir-biridan
farqlanishi 0,2 sm dan oshmasligi kerak.
Gradatsiyaning tipaviy sxemalari asosiy konstruktiv nuqtalaming orttirmalari
bir hil prinsip asosida hisoblangan holda tipaviy bichimlaiga moslab tuziladi.
Gradatsiyaga oid nuqtalar qatoriga konstruktiv chiziqlar kesishgan nuqtalari
va andazalar ko'paytirilganda dastlabki o'qlariga nisbatan o'z joyini o'zgartiradigan
detal nuqtalari kiradi. Shu bois gradatsiya nuqtalari bazaviy asosning konstruktiv
nuqtalari bilan bir xil belgilanadi.
Konstruktiv
nuqtalar
orttirmalarining
qiymati
nafaqat
o'lchamlar
o'zgaruvchanligiga, balki ularning dastlabki gradatsiya o'qlariga nisbatan
joylanishiga ham bog'liq.
2-rasm.
Ayollar kiyimiga doir asosiy detallar razmerlar bo'yicha
(X -strelkali belgilangan) bo'ylar bo'yicha (Y- aylanali strelka bilan
belgilangan)
gradatsiyasining sxemasi
Gradatsiya dastlabki o‘qlari — bu shartli ravishda qabul qilingan chiziqlar.
Ularga nisbatan bazaviy razmerli andazaning kontur chiziqlari har qanday o'lcham
va bo'yga o'zgartiriladi.
Tipaviy konstruksiya detallarida dastlabki o‘qlar sifatida bazis to'rining
konstruktiv chiziqlari qabul qilingan.
IIHMMLLin uslubi bo'yicha ust kiyimlarning asosiy detallari uchun quyidagi
gradatsiya o'qlari qabul qilingan:
-
orqa bo'lakda vertikal o‘q o‘rta chiziq bilan ustma-ust tushadi yoki unga urinib
o‘tadi, gorizontal o‘q esa ko‘krak yoki bel chizig‘i bilan ustma-ust tushadi;
-
old bo'lakda vertikal o'q o'miz chizig'iga urinib o'tadi, gorizontal o'q ko'krak chizig'i
(o'miz chuqurligi) yoki bel chizig'i bilan ustma- ust tushadi;
-
yengda vertikal o'q old o'tar chiziqning uchlarini birlashtirib o'tadi, gorizontal o'q-
old bo'lak o'miz chuqurligiga mos holda yeng ko'tarmasi balandligining chizig'i
bilan ustma-ust tushadi;
-
Yoqada faqat uzunligi o'zgaradi, shu bois o'q sifatida yelka chokiga mos kertikdan
o'tadigan vertikal chiziq hisoblanadi.
Gradatsiya sxemasidan foydalanib istalgan razmerdagi detal chizmasini
qurish mumkin.
Masalan, dastlabki 96-razmerli konstruksiyadan 108 razmerga o'tish kerak;
dcmak, razmerlararo interval — 4 sm ni, ya'ni 3 marta razmerdan razmerga o'tish
kerak. Ayni holda har bir nuqtaga xos vertikal va gorizontal orttirmalar qiymati
gradatsiya chizmasida uch marta oshirilgan holda ishlatiladi 2-rasm). Dastlabki
gradatsiya chiziqlarida joylashgan nuqtalar faqat bir yo'nalishda gradatsiya chizig'i
bo'yicha gorizontal yoki vertikal yo'nalishda suriladi. Qolgan barcha konstruktiv
nuqtalar tomonlari gorizontal va vertikal orttirmalarga teng bo'lgan to'g'ri
burchakning diagonali bo'yicha suriladi. Konstruktiv nuqtalarni siljitish yo'na-
lishlari 2-jadvalda keltirilgan.
O'lchamlar gradatsiyasida dastlabki gorizontal orttirma sifatida 2 sm ga teng
bo'lgan razmerlararo farq olinadi. Razmerlararo farq old, orqa va o'miz uchastkalari
o'rtasida shu uchastkalar kengligiga proporsional ravishda hamda old va orqa
kengligi o'lchamlarining o'zgaruvchanligiga bog'liq holda taqsimlanadi.
Konstruktiv nuqtalarni siljitish yo'nalishlarining sistemasi.3 -jadval
Old va orqa bo'laklarning Yoqa o'mizlarida, yelka hamda yon chiziqlarida
joylashgan konstruktiv nuqtalaming gorizontal orttirmalari ularga mos
o'lchamlarning o'zgaruvchanligi va nuqtalaming dastlabki o'qlardan masofasiga
bog'lab hisoblanadi.
Vertikal orttirmalar qiymati ham figura o'lchamlarining o'zgaruvchanligiga va
nuqtalarni o'qlarga nisbatan joylanishiga qarab aniqlanadi.
Konstruktiv nuqtalaming aksariyati katta razmerlar uchun dastlabki o'qqa
nisbatan joylanishiga qaramasdan, vertikal orttirmalari tepaga yo'nalgan, kichik
razmerlar uchun esa pastga.
Gorizontal orttirmalar yo'nalishi razmerga va nuqtalaming o'qlarga nisbatan
joylanishiga bog'liq
3 -rasm. Gradatsiya sxemasi.
1-jadval
UHMHUin metodikasiga ko'ra erkaklar pidjakining asosiy detallari andazalarini
razmerlar bo'yicha gradatsiyasida qirqma yon bo'lak mavjudligida orqa o'rta chiziq
va old bo'lakning yon chizig'i barcha razmerlarda gorizontal orttirmalarsiz chiziladi.
Shunga o'xshash yeng andazalari gradatsiyasida old chiziqlar o'zgartirilmaydi, yeng
faqat tirsak chizig'ining nuqtalari siljishi natijasida kengaytiriladi.
Yengni o'matish vaqtida kirishtirish haqini saqlab qolish maqsadida yeng
kengligining umumiy gorizontal orttirmasi o'mizning umumiy orttirmasidan 0,1—
0,15 sm ga kattaroq olinadi.
Bo'ylar gradatsiyasida dastlabki orttirma sifatida tayyor buyumlar bo'ylararo
orttirmalar olinadi. Mavjud uslublarda tayyor buyumlarda bo'ylararo orttirmalar
quyidagicha qabul qilingan: ko'ylak va palto uchun 3-4 sm; shimlarga — 4 sm;
yubkalarga — 2-3 sm; pidjakka — 2 sm, uzun yeng uchun — 2 sm.
Amaliyotda old va orqa bo'laklar gradatsiyasini osonlashtirish maqsadida
detallar bo'ylama razmerlarining ko'krak chizig'idan pasti o'zgartiriladi, ya'ni bel va
etak nuqtalari siljitiladi. Lekin bunday yondashuv bo'ylar kattalashganda ko'ndalang
o'lchamlar o'zgarishini hisobga olmaydi.
Ba'zi uslublarda bo'ylar o'zgaruvchanligiga qarab orqa, ko'krak kengligi
hamda yeng o'mizlari kengligi o'zgarishi ta'kidlangan. Konstruksiyalash uslublarda
tikuv buyumlarining asosiy detallariga har bir konstruktiv nuqta uchun razmerlararo
va bo'ylararo orttirmalar qiymati buyumlarning yelkali hamda belli guruhlariga
moslab ikkita jamlama jadvalda tuzilgan. Jadvalda har bir nuqta uchun yonma-yon
razmer va bo'y uchun gorizontal hamda vertikal orttirmalar keltirilgan.
Ko'p omillar ta'siri ostida ommaviy tarzda tayyorlangan kiyimning shakli va
Belgi
Ishorasi
Gorizontal bo Slab
Vertikal bo'ylab
Razmer yoki
bo'y
kattalash-
tirilganda
Razmer
yoki
bo'y
kichray-
tirilganda
Razmer
yoki
bo'y
kattalash-
tirilganda
Razmer
yoki
bo'y
kichray-
tirilganda
+
O'ngga
Chapga
Tepaga
Pastga
-
Chapga
O'ngga
Pastga
Tepaga
o'lchamlarida har xil og'ishlar yuz berishi mumkin. Lekin ushbu og'ishlar tayyor
kiyim sifatini modelning namuna-etalonidagi darajadan pasaytirishi mumkin emas.
Ma'lumki, tayyor buyumning sifati loyiha sifatiga bog'liq. Shuning uchun
modelning namuna-etaloni har jihatdan yuqori sifatga ega bo'lishi kerak. Yoqa, bort,
qaytarmasining chiziqlari, etak chizig'i, bo'rtma choklar chiziqlari benuqson
bajarilgan va ifodali bo'lishi kerak. Kiyim ko'rinishi ajinsiz, tekis, yaxshi
dazmollangan bo'lib, hajmiy joylari loyihalangan shaklga ega bo'lishi kerak.Chiziqli
og'ishlar miqdoriy xarakterlanadi, lekin yuzasidagi nuqsonlar ko'rilgach, ayon
bo'ladi.
Kiyim nuqsonlari tasnifi: Kiyim loyihalashda qo'llanadigan konstruktorlik
hisoblashlar odam tanasining tuzilishi, kiyim paketini tashkil etuvchi
gazlamalarning xususiyatlari va boshqa omillar to'g'risida chegaralangan
ma'lumotlarda asoslangan. Odam tanasining oqilona yoyilmasini tuzish shu qadar
murakkabki, to'liq ma'lumotlarni yig'ilishiga sarflangan xarajatlar modellarni oson
usullar orqali loyihalab, keyin ularni namunalarda aniqlashga nisbatan ancha-
muncha oshadi. Shu bois hozirgi paytda yangi model namunasini benuqson
tayyorlash konstruksiyalashning zarur qismi hisoblanadi.
Konstruksiyaga o'zgarishlar kiritish nuqsonlarni paydo bo'lish sabablarini
bilishni va ularni bartaraf etuvchi samarali choralarni birma- bir tanlashni talab
qiladi. Shu bois, konstruktor har xil nuqsonlarning tashqi belgilarini, ularni tahlil
qilish yo'llarini, nuqsonlar sabablarini va tayyor kiyimda ularni bartaraf etadigan
usullarini topa bilishi kerak. Tikuv buyumi benuqson bo'lishi uchun texnologik
jarayonning barcha bosqichida nazorat kuchaytiriladi.
Nuqsonlarning sababi ko'p. Ular taranglik, g'ijim, keraksiz taxlamalar,
qiyshayishlar sifatida namoyon bo'lib, qomatda kiyim o'rnashuvini va muvozanatini
buzadi. Kiyim nuqsonlarini osonroq aniqlash va bartaraf etish maqsadida ularning
tasnifi tuzilgan.
Kiyimda uchraydigan nuqsonlar konstruktiv, texnologik va modellash
nuqsonlari guruhlariga bo'linadi.
Konstruktiv nuqsonlar kiyimning o'lehami va shakli qomat shakliga mos
emasligidan paydo bo'ladi. Ular kiyim muvozanatini buzib gorizontal, vertikal, qiya
taxlama, g'ijimlar, burchak taxlamalari va dinaniik nomoslik nuqsonlari sifatida
namoyon bo'ladi.
Texnologik nuqsonlar detallar noto'g'ri bichilishi, biriktiriladigan detallar
tutashmalarining noto'g'riligi, biriktiruvchi kertiklar bir-biriga nisbatan surilishi
natijasida konstruktiv chiziqlar shakli buzilganda namoyon bo'ladi. Detallar qirqimi
biriktirishda kam kirishtirilsa yoki
Hetarli cho'zilmasa, choklar qiyshaysa, paketni tuzuvchi astar va qotirma detallar
bir-biriga shakli va tanda ipining yo'nalishida mos kelmasa, tikish texnologiyasining
nuqsonlari paydo bo'ladi.
Shakl hosil qilish uslubining buzilishi namlab-isitib ishlov berishda namoyon
bo'ladi.
Modellash nuqsonlari bazaviy konstruksiya xususiyati buzilishiga olib
keladigan texnik modellash xatolari natijasida paydo bo'ladi.
Tikuv mahsulotlarining Konstruktorlik ishchi hujjatlari tarkibi
2-jadval
Shifr
Dostları ilə paylaş: |