1.
Fartuk tikish uchun kanday matolar tanlanadi?
2.Oshxona va uy-ro‘zg‘or buyumlaridan biri fartukni tikishda kanday bezaklardan
foydalaniladi?
Kerakli asbob-uskuna va jixozlar:
1. Moda jurnallari, 6.Qaychi
2. Format A4 7.Naqshlar to‘plami
3. Qalam-oddiy qora 8.Santimetr lenta
4. O‘chirg‘ich 9. Bezak beruvchi yaltiroq
5. Akvarel bo‘yoq 10. Mato
Adabiyotlar:
1.M.SH.Jabborova «Tikuvchilik texnologiyasi», T., «O‘zbekiston», 1994.
2.M.SH.Jabborova «Tikuvchilik texnologiyasi», T., «O‘qituvchi», 1989.
3.G.K.Kulidjanova, S.S.Musaev «engil sanoat mahsulotlari texnologiyasi»,
T.,«G‘afur G‘ulom», 2002.
Ayollar vaqtining ko‘p qismini oshxonada o‘tkazishi hech kimga sir emas.
Oshxona ayollarimiz uchun qulay bo‘lishi bilan bir qatorda foydali, ishni
osonlashtiruvchi buyumlar bilan jihozlangani nafaqat
ayollarimizga balki barcha
oila a’zolarimizga qulaylik tugdiradi. Ovqatning qozondan toshib ketishi, yog‘ni
skovorodkadan sachrashi, qozonning issiq qopqog‘ini qo‘yishda tezda joy izlash,
makaronlarni qaynagan suvini to‘kayotganimizda tushib ketishi kabi xolatlar tez –
tez uchrab turadi. Bu holarda bizga ushbu ajoyib buyumlar yordamga keladi.
Siz oshxona fartuklarini tikishni rejalashtirayotgan bo‘sangiz, u holda
dizaynerlik fartuklar ya’ni o‘zgacha ko‘rinish va bezaklarda bo‘lgan fartuklarni
tanlashingiz mumkin. Bunday oshxona fartuklari mijozlar e’tiborini
jalb qilib,
qiziqishini oshiradi, natijada mahsulotingiz raqobatbardosh va talabning ortishiga
sabab bo‘ladi.
Oshxona fartuklarining aksariyat hollarda bir xil o‘lchamda bo‘lishi ishlab chiqish
jarayonini bir oz bo‘lsa ham engillashtiradi. Ularni bel va bo‘yin qismidagi bog‘lari
orqali katta yoki kichik qilish mumkin.
Dizaynerlik oshxona fartuklarini ishlab chiqarish
uchun oldik fartuklarni
kichik hajda ishlab chiqishdan boshlaganingiz ma’qul. Bu orqali siz bozordagi
talabni bilib olishingiz, fartuk assortimenti va modeli bo‘yicha bir qarorga
kelishingiz mumkin. Bu orada bir oz sarmoya ham ishlab olasiz. Oshxona fartugini
tikish uchun eng ko‘p xarajat fartuk matosiga va furnitura (tugma, lenta, krujeva
va.b) sotib olishga ketadi.
Oshxona fartuklarini oddiy tikuv mashinalarida ham tikish mumkin.
Matolarni ulgurji savdo do‘konlaridan sotib olgan ma’qul, bu xarajatni bir oz tejaydi.
Dizaynerlik oshxona fartuklari bozordagi bir xillik fartuklardan
farq qilishi uchun
tikiladigan matoga e’tibor qaratish lozim. Matoni tanlashda namlik va kirlarni
o‘tkazmasligi uchun qalinroq bo‘lishi, paxta, lyon matolari gulli, chiroyli rangli
bo‘lishi yanada fartukka bo‘lgan talabni oshirishga yordamlashadi.
Dizaynerlik oshxona fartuklarini tikishda dizaynerning ishlari e’tiborga
sazovordir. Albatta oshxona fartugining konstruksiyasi
va texnologiyasi jihatdan
juda sodda bo‘lib, biznesingizni rivojlanishi fartuk uchun tanlangan mato va
bezaklarga bog‘liq. Demak oshxona fartuklari matosining gullari, rangi, bezaklari
nafaqat kiyimlarni himoyalashi, balki estetik zavq bag‘ishlashi muhimdir. Oshxona
fartuklarini tikish uchun malakali tikuvchi bo‘lish shart emas. Oshxona fartuklari
30-40 yillardan beri o‘z bichimlarini saqlab qolgan, uning eski andazalaridan ham
foydalansa bo‘ladi.
Siz tikayotgan oshxona fartuklarining qay birga talabni ko‘p bo‘lishi internet
tarmog‘idagi ijtimoiy tarmoqlardan ham bilish mumkin. Buning uchun oshxona
fartuklarini bir necha xil ranglarda va matolarda tiking va chiroyli fonlarda, sifatli
qilib
suratga oling, bunda mahsulot to‘liq ko‘rishini hisobga oling. Rasmlarni
ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib talabni o‘rganing.Mana shu talab asosida
mahsulotlaringizni ishlab chiqarishingiz mumkin.
Oshxona fartuklarini ishlab chiqarish uchun tikuv mashinasi, overlok
mashinasi, bichish stoli va pichog‘i, dazmollash uskunalari darkor.
Agar siz
fartuklarni vishuvkali gullar bilan bezamoqchi bo‘lsangiz, unda ishlatiladigan
vishivka mashinka sotib olishingiz kerak bo‘ladi. Bu xarajatlarni oshiradi. Uning
o‘rniga turli xildagi tugmalar, broshkalar, lentalar,
krujivalar bilan ham bezash
ishlarini bajarish mumkin.
Agar siz tikayotgan oshxona fartuklarining matolari va furniturasiga ancha pul
sarflagan bo‘lsangiz, u holda ularning o‘ramlarini oddiy qilib emas, chiroyli, gulli
oramlardan foydalansangiz mahsulotni sifatli ekanligidan dalolat beradi. Oshxona
fartuklarini restoranlardan ham buyurtma asosida tikish mumkin. O‘zgacha
uslubdagi va chiroyli ranglarda bo‘lgan fartuklar esda qolarli va restoran mijozlariga
estetik zavq bag‘ishlaydi.