Buxoro davlat universitetining pedagogika


Gradasiya prinsiplari va usullari



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/87
tarix28.11.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#168260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   87
Bahronova ShaxloTexnik ijodkorlik va konstruksiyalash MAJMUA

Gradasiya prinsiplari va usullari. 
Andazalar o'lchamlarining farqlanishi 
tipaviy qomatlar o'lchamlarining o'zgaruvchanligi bilan aloqador. Shu bois 
gradatsiyada detallar o'lchamlari yetakchi o'lchamlar o'zgaruvchanligiga bog'liq 
holda bo'ysungan o'lchamlar o'zgarishida asoslangan. Teng bo'yliklarda nafaqat 
ko'ndalang, balki bo'ylama o'lchamlar ham o'zgaradi. Yoki teng razmerlilarda 
nafaqat bo'ylama, balki ko'ndalang o'lchamlar ham o'zgaradi. Ushbu qonuniyatlarga 
binoan razmerlar bo'yicha gradatsiyada chiziqli o'lchamlar ham bo'ylama, ham 
ko'ndalang o'zgarishi sababli konstruktiv nuqtalar to'g'ri burchakli to'rtburchakning 
diagonali bo'yicha suriladi. Muayyan razmerdagi kiyim detallari bo'ylar bo'yicha 
ko'paytirilganda ba'zi o'lchamlarning ko'ndalang orttirmasi kichik bo'lganligi sababli 
hisobga olinmaydi, konstruktiv nuqtalari faqat vertikal yo'nalishda siljitiladi. 
Andazalarni texnik ko'paytirish nazariyasi haligacha yetarli darajada 
takomillashtirilmagani sababli, konstruktorlik amaliyotida uning har xil usullaridan 
foydalanishga to'g'ri keladi. Andazalar gradatsiyasining mavjud usullarida qator 
prinsiplarga amal qilinadi: 

katta yoshli aholi va bolalar kiyimining detallarida bir xil gradatsiyasiya 
qoidalariga amal qilish; 

andazalar ko'paytirishda dastlabki o'qlarning bir xil joylanishi; 

konstruktiv nuqtalaming siljish qiymati bir xil usulda hisoblanishi; 

har bir ajratilgan razmerlarning kichik guruhida dastlabki bazaviy razmerga 
nisbatan konstruktiv nuqtaning siljish qiymatining o'zgar- masligi. 
Texnik ko'paytirish usullaridan guruhlash, nurlar va proporsional — hisobli 


usullar kengroq tarqalgan. 
Guruhlash usuli.
Andazalarning har xil razmerlari oldindan tayyorlangan o'rta, 
eng katta yoki cng kichik razmerli ikki komplckt andazalardan olinadi. Shu bois bir 
xil nomli detallarning bir xil tomoni birlashtirilgan holda bir-birining ustiga 
yotqiziladi va bir xil nomli konstruktiv nuqtalar birlashtiriladi. Hosil bo'lgan 
chiziqlarni ikki detal orasidagi razmerlar nomerining soniga bo'lib, razmerlararo 
orttirma qiymati aniqlanadi. Belgilangan nuqtalarni birlashtirish orqali dastlabki 
detallar orasidagi andazalar konturi chiziladi (1-a rasm). Ushbu usul konstruktiv 
tuzilishi murakkab bo'lgan modellar detallarini ko'paytirishda hamda andazalar 
ko'pavtirishning boshqa usullarida qo'llanadigan notipaviy sxemalarga oid asosiy 
konstruktiv nuqtalaming orttirmalarini hisoblash uchun dastlabki bosqich sifatida 
tatbiq etiladi. Usulning kamchiligi kiyim detallarining ikki komplektini 
tayyorlashdadir. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin