Buxoro davlat universitetining pedagogika



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/87
tarix28.11.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#168260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
Bahronova ShaxloTexnik ijodkorlik va konstruksiyalash MAJMUA

MA’RUZA № 1 
Mavzu: 
Tikuvchilik buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirish haqida 
umumiy ma’lumotlar berish 
Reja: 
1. Kiyim haqida asosiy tushunchalar. 
2. Kiyimning vazifalari va uning tasnifi 
3. Zamonaviy kiyimlar assortimentining tasnifi. 
Tayanch so‘zlar:
kiyim, tikuvchilik korxonalari,tikiv buyumlari, modellar, 
bezaklar, ijodiy jarayon, loyiha, o‘lchov, shakl, kiyim assortimenti. 
O‘zbekiston Respublikasidagi kichik tikuvchilik korxonalari, qo‘shma 
korxonalar va yakka buyurtma asosidagi tikuvchilik korxonalari keng iste’molchilar 
ommasi ehtiyoji va didini qondiradigan xilma-xil kiyimlar ishlab chiqarmoqda. Bu 
sohani rivojlantirishda xizmat qiluvchi kichik mutaxassislarni kasb-hunar 
kollejlarida tayyorlanadi. Ularga maxsus fan sifatida „Tikuv buyumlarini loyihalash, 
modellash va badiiy bezash“ fani o‘rgatiladi. Kiyimning asosiy andazalarini 
tayyorlash, modellar yaratish, asosiy andazalardan model andazalarini chiqarish va 
unga bezaklar tanlash shu fanning asosiy maqsadidir. Loyihalash - bu murakkab 
ijodiy jarayon bo‘lib, unda har qanday buyumning, jumladan, kiyimning ham 
loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Kiyimni loyihalash deganda, kiyimni 
tashkil etadigan detallar va materiallar kompleksi, shuningdek ularni o‘zaro ulab-
tikib, muayyan o‘lchovdagi va shakldagi yaxlit buyum holiga keltirish usullari, 
vositalari tushuniladi. Loyihalash jarayonida buyumning hajmli detallarini, 
tekislikdagi tasvirini hosil qilishdan iborat bo‘ladi. Detallarning o‘lchov soni va 
shakli ular yig‘ilganda xuddi shu o‘lchov va ko‘rinishini beradi.
Kiyimlarni loyihalashda gavdadan o‘lchov olish qoidalari va o‘lchovlar 
asosida buyum asos chizmasini chizish, so‘ng chizmadan andaza chiqarib tayyorlash 
qoidalarini o‘rgatiladi. Kiyimni loyihalash bilan turli muassasalar shug‘ullanadi. 
Bular - modalar uyi, tikuvchilik korxonalarining tajriba sexlari, maxsus loyihalash 
idoralari, 
ilmiy-tekshirish 
institutlari 
va 
laboratoriyalardir. 
Kiyimlarni 
modellashtirishda kiyim modelini ijod qilish va asosiy andazadan model andazasini 


tayyorlash yo‘llari o‘rgatiladi. Bunda asos chizmasiga eskiz bo‘yicha model 
chiziqlari kiritilib, yangi model andazasi hosil qilinadi. Kiyimlarni badiiy bezashda 
esa kiyimga turli bezaklarni kiyim turiga va vazifasiga qarab berib, ularni bezatish 
yo‘llari o‘rgatiladi. Bunda kiyimning assortimentiga, gazlamasiga, kiyimning kimga 
mo‘ljallanganligiga qarab, bezak unsurlarini tanlash ijodiy jarayon ekanligi yaqqol 
ko‘rinadi. Kiyim haqida ma’lumot Kiyim tarixidan ma’lumot. Zamonaviy kiyim 
murakkab tizim bo‘lib unga xos loyihalashning shakllanish qonuniyatlarini 
tushunmoq uchun, kiyimning uzoq o‘tmishdagi ko‘rinishi haqida ma’lumotga ega 
bo‘lish kerak. Kiyim hozirgi mukammal ko‘rinishiga murakkab bosqichlar orqali 
yetib kelgan. U odamzod rivojlanishining ilk bosqichlarida iqlim ta’siridan himoya 
topmoq vositasi sifatida paydo bo‘lgan. Kiyimning dastlabki ko‘rinishlari ibtidoiy 
davr odamlarining qabila bo‘lib yashagan vaqtiga to‘g‘ri kel. Bu davrda insonlar 
daraxt barglari, poxollar, hayvon terilarini tanaga beldan bog‘lab yurishgan. Kiyim 
insonning ijtimoiy hayoti, mehnat faoliyati va ongining rivojlanishi tufayli rivojlanib 
bordi. Kiyimning keyingi ko‘rinishi turli o‘simlik va hayvonot mahsulotlaridan 
to‘qilgan oddiy gazlamalarni tanaga o‘rab yurishdan iborat edi. Qadimgi Gresiyada 
erkaklar kiyimi ikki qismdan - xiton va gimatiydan iborat bo‘lgan. Xiton - bu ichki 
kiyim bo‘lib, jun yoki zig‘ir tolali gazlamadan tayyorlangan. Erkaklar biror yumush 
bilan ko‘chaga chiqayotganda ustki kiyim - gimatiyni kiyib olishgan. Gimatiy to‘g‘ri 
to‘rtburchak shakldagi, 1,7x4 m o‘lchamdagi gazlamadan iborat bo‘lib, uni yelka 
ustida bog‘lab yoki yelkaga tashlab quyib, gavdaning tabiiy go‘zalligi va harakat 
bemalolligini ko‘rsatadigan hamda unga xalaqit bermaydigan nafis taxlamalar 
tushirib drapirovka qilib qo‘yilgan. (1-rasm, a). 
Ayollar kiyimi ham erkaklar kiyimiga o‘xshab ikki qismdan iborat bo‘lib, ular 
kiyimi yopiqroq va uzunroq bo‘lgan. Ichki kiyimi - xiton va ustki kiyimi peplos deb 
atalgan. Peplos 1,5x3,5 m o‘lchamdagi gazlamadan iborat bo‘lgan (1-rasm, b). 7 
Qadimgi yunonlar va rimliklar bunday burmalangan kiyimlarni ustalik va yuqori did 
bilan bajarganlar. Tabiatshunoslik, samo fanlarining kelib chiqishi kiyimga o‘z 
ta’sirini o‘tkazgan. Kiyim gazlamasi turlari paydo bo‘lgan (yupqa, qalin, shoyi, ið 
tolali gazlamalar). Keyinchalik kiyimda tananing qismlariga alohida gazlamalarni 


o‘rab tayyorlash, bo‘ylab biriktirish mehnat qilish uchun ancha qulaylik tug‘dirgan. 
Ayniqsa, ignaning kelib chiqishi kiyim qismlarini biriktirib tikishda uning 
takomillashishiga olib kelgan. XIII asrga kelib kiyimda yoqalar, yeng, manjetlar, 
cho‘ntaklar, taqilmalar shakllangan. Bu vaqtga kelib kiyimning tashqi ko‘rinishida, 
gazlamasida, bichilishida o‘zgarishlar tez rivojlangan. Kiyimning gavdaga 
yopishgan, etaklari hajmli, qavatli ko‘rinishlari, gazlamalarning atlas, barxat, movut 
kabi turlari paydo bo‘lgan. Yevropa mamlakatlarida feodalizm mustahkam qaror 
topgan o‘rta asrlar davrida maxsus estetik ideal va shunga mos kostyum harakteri 
tarkib topgan. Odamzot gavdasining go‘zalligidan zavqlanish nomunosib va gunoh 
ish hisoblanib, gavdani qo‘poldan-qo‘pol, og‘ir, keyinchalik esa cho‘ziq shakllarga 
o‘rab tashlangan. Òor, yuqori qismi qator-qator murakkab taxlamlardan iborat, orqa 
etagi juda uzun, ko‘ylak baland konussimon bosh-kiyim va nihoyatda cho‘ziq 
poyafzal bilan birga qo‘shilgan holda qaddi-qomat ko‘rinishini o‘zgartirib yuborar 
edi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin