Buxoro davlat unversiteti


Musiqa tinglash hamda idrok etishda bolalar namoyon qilgan ko’nikma, malaka va bilimlar



Yüklə 376 Kb.
səhifə11/19
tarix16.06.2022
ölçüsü376 Kb.
#61585
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Buxoro davlat unversiteti

Musiqa tinglash hamda idrok etishda bolalar namoyon qilgan ko’nikma, malaka va bilimlar

Musiqa bolalarning his – tuyg’ulariga bevosita ta’sir qilishi orqali ularning ma’naviy qiyofasini shakllantiradi. Musiqa san’atining ta’sir kuchi boshqa – ta’kid va uqtirishlarga nisbatan kuchliroq bo’ladi.


Bolalarni har xil emotsional – obrazli mazmundagi asarlar bilan tanishtirar ekanmiz, biz beixtiyor ularni hissiyotlariga ta’sir qilamiz va ularni kechinmalar olamiga olib kiramiz.


Bolani musiqaviy asarlarni idrok etish to’g’risidagi masalaga to’xtaymiz.


Idrok san’ati o’zidan kiyin psixologik faoliyatni namoyon qiladi, qaysiki, intellektual, bilish, emotsional momentlarni birlashtiradi. Musiqa san’ati asarlarini tushunish masalasi o’zidan o’zi kelib chiqishi mumkin emas. Uni o’rgatish kerak. Musiqa asarlarini idrok etish hissiyotidan boshlanadi. Musiqa asarlarini idrok etish emotsional jonkuyarlikni vujudga keltiradi. Bolaning bu holatida unga tanish mazmun va quvonch-idrok asosida emotsiyalarning paydo bo’lishidir. Bolalarda asarni tushunib qabul qilish qobiliyatini tarbiyalash zarur.


Musiqani idrok etish ilk bolalardan shakllanadi. To’plangan emotsional musiqaviy taassurotlar qo’shiq aytishga, musiqa asboblarini chalishga, badiiy xalq qo’shiqlarini aytishga olib keladi. Hissiyot, eshitish, idrokning rivojlanishi asosida bolalarda musiqaviy taasurotlar to’plana boshlaydi. 7 yoshli bola musiqaning mazmuniga qarab qayg’uradi va fikr yuritadi. Biz bola oldiga musiqani idrok etishninng payida bo’lishi vazifasini qo’yamiz. Keyin esa tashqi ta’sir etish orqali musiqaviy taasurotlarni yig’indisi vazifasini.


Estetik idrok – bu 2 asosiy komponentlar yig’indisidir: emotsionallik va tushunarlilik. Lekin bunga yana hayol va harakat momenti – ritm ham qo’shiladi.


Shunday qilib musiqa idrokini tarbiyalash quyidagicha boradi:

  1. Musiqa materialini ajratib olish.

  2. Tarbiya va ta’lim metodlarini tizimiylashtirish.

  3. Ishning turli bosqichlaridan foydalanish.




  1. Musiqa asarlarining turli-tuman tematiklaridan foydalanish (ijtimoiy, tabiat, mehnat, bolalar turmushi, ertaklar).




  1. Musiqa asarining obrazlar soni va shaklsiga qarab asta-sekin murakkablashib borishi. Pedagog bolalarda aktiv faoliyatni vujudga keltirish uchun obrazli va she’riy so’z orqali ashula, o’yin, eshitish uchun pesa syujetini yoritadi, bolada paydo bo’ladigan hayolni qo’zg’aydi, obrazlarni chaqiradi, uni syujet asosida fikrlash harakati musiqa asarini programmasiga jalb qiladi.

Shunday yo’nalishdan keyin musiqani idrok etish bolada emotsional tushunarli bo’ladi.


So’z orqali natijani ifodalash va asarga baho berish musiqa rahbarining mohir rahbarligi ostida asta – sekin badiiy – musiqaviy didni paydo qiladi.





Yüklə 376 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin