Buxoro davlat unversiteti



Yüklə 376 Kb.
səhifə17/19
tarix16.06.2022
ölçüsü376 Kb.
#61585
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Buxoro davlat unversiteti

SO’ZLAB BERISh METODI. Bu metod bola ongiga mo’ljallangan bo’lib, uning faoliyatini ma’noli va mazmunldor qilishga qaratiladi. Bunda pedagogning so’zi musiqa asarining programmasini tushunib olishda bolaga yordam beradi: uning tasavvurini jonlantiradi, ijodiy aktivligani oshiradi.

So’zlab berish metodini quyidagi usullari bor:


1 )tushuntirish. Bu usuldan yangi asarni tinglash, qo’shiq aytish, uyin va raqslarni qo’yish, mashq qilish paytida foydalniladi. Tushuktirish aniq va qisqa, ortiqcha qaytariqlarsiz bo’lishi kerak. Musiqa material va topshiriqlar bolalar tomonidan o’zlashtirila boshlangan dastlabki (birinchi) davrda tushuntirish yana bir bor takrorlanadi. Obrazli hikoya qilish tipidagi tushuntirishlar programmali musiqa asarlarini tinglashda va syujetli musiqaviy o’yinlarni ijro


yetishda qo’llanishi mumkin. Obrazli hikoya bolalarning qiziqishini, ularning yemotsional kechinmalarini kuchaygiradi, obrazlarni anglab olish qobiliyatini orggiradi, tasavvurni rivojlantiradi. Obrazli hikoya musiqa asarining syujet yo’li rivojiga aynan mos bo’lishi kerak. Quyida kompozitor Ye.Ttsldchyovaning «Quyoncha» va «Ayiq» asaridan «Quyon» va «Ayiq» musiqasini syujetli ijro yetish bo’yicha obrazli hikoya qilishga misol keltiramiz: «O’rmonda qish tongi. Yalanglikda quyonlar chopishadi, aylanishadi, sakrab-sakrab o’zlarini isitishadi, Ular o’yinga shu darajada berilib ketishdiki, hatgo o’z uyasida uxlab yotgan ayiqni uyg’otib yuborishdi. Ayiq o’rnidan turib, uyqusiga kim halaqit berayotganini ko’rgani ketdi. Quyonlar ayiqni ko’rib tumtaraqay qochishdi, butalar orasiga berkinishdi. Ayiq ketgandan so’ng yana yalanglikka chiqib sakray boshlashdi»;



  1. izohlash. Bunday izohlar ijro, raqs, mashq harakatlarni, qo’shiq aytishnyang turli yo’llarini ko’rsatishda qisqa va aniq formada beriladi. Izohlarning noaniq bo’lishi ko’gshncha tushunmaslikka va yomon ijro yetishga sabab bo’ladi. Izohlash ko’rsatish bilan uzviy boglangan bo’lishi kerak. Pedagog bolalarni izohni oxirigacha tinglashga o’rgatadi. Masalan, bolalar biror narsani o’rganish jarayonida pedagog ko’rsatayotgan harakatlarni u bilan izma-iz takrorlay boshlasa, pedagog ularga «harakat qilmay, e’tibor bilan tinglang va bu harakatlarning qanday bajarilishini oldin ko’rib oling» deydi, qo’shiq aytish o’rgatilayotgan bulsa (masalan, «Kotya, Kotyonka, Kotok») va bunda cho’ziq notalarni qanday aytish kerakligi tushuntirilishi lozim bo’lsa unda pedagog bolalarga «qani, keling, o’zimizni bir tinglab ko’raylik, oxirgi notani hamma cho’zib kuylaganmikin, kotik ham yeshitsin uchun bu notani uzoq cho’zishdimikin» deb izoh beradi;




  1. ko’rsatma berish. Ko’rsatmalar odatda bolalar turli o’yin, raqs va mashiqlarni bajarayotgan paytda beriladi. Masalan, «O’ng yelka tomondan aylanish kerak», «Oyoq barmoqlarini pastga cho’zing» kabi. Bunday ko’rsatmalar u yoki bu harakatni qanday bajarish kerakligini anglab olishga, harakatlarni bajarish usullari bilan bog’liq tushunchalarni aniqlashga yordam beradi;




  1. poetik nutq. Programmali musiqa asarini ijro yetishdan oldin kichikroq prozaik yoki poetik asarni yoxud ulardan biror parchani o’qitish (o’qib berish) bolalarning musiqa asari obrazini chuqurroq his yetish va tupgunib olishga yordam beradi. Masalan, P.I.Chaykovskiyning «To’rg’ay» («Javoronok») asarini ijro yetigtsdan oldin bolalarga V.A.Jukovskiyning quyidagi to’rtligini o’qib berish mumkin:

Quyoshda qora o’rmon qizg’ish tus oldi, Vodiydagi siyrak bug’ bir oz oqargay. Shunda tong qo’shigini kuylashga tushdi, Moviy osmonda uchgan ovozdor to’rg’ay.


Ba’zan yangi ko’shiq tinglashdan oldin pedagog qo’shiq tekistini bolalarga o’qib berishi ham mumkin;





  1. suhbat. U odatda musiqa tinglab bo’lganidan so’ng o’tkaziladi. Suhbat jarayonida bolalar musiqadan olgan ta’surotlari haqida gapirishadi, unda ifodalangan obrazlar va hodisalarga munosabat bildirishadi, unda ifodalangan obrazlar va hodisalarga munosabat oildirishadi, baho berishadi. Bolalar bilan o’tkaziladigan suhbatlar qisqa lo’nda va ta’sirchan bo’lishi kerak;




  1. bolalar bilan o’tkaziladigan suhbatlar doimo savollar yordamida bo’ladi. Pedagog asar mazmuni bilan bog’liq holda bolalarga savollar berar yekan, bu savollarni ortiqcha detallashtirmasligi qerak. Savollar yordamida badiiy obrazning mazmuni, xaraqteri oydinlashtiriladi, musiqa asarlarining ta’sir kuchini ta’minlovchi forma va vositalar aniqlanadi. Masalan, raqs kuyi ijro yetilgandan so’ng pedagog bolalardan «Men ijro qilgan kuy raqs kuyimi yoki marshmi?», Bu musiqaning xarakteri qanaqa?», «.Bu kuyga qanday harakat mos keladi?» deb so’rashi mumkin;




  1. tanbeh berish. Bu usuldan bolaning ma’lum sabablarga ko’ra diqqati bo’linganda va xayoli asosiy vazifadai chetga chiqqanda foydalao’nidadi. Tanbeh berish jiddiy bo’lishi, ammo odob doirasidan chetga chiqmasligi kerak.

AMALIY FAOLIYAT METODI. Bolalarning konkret faoliyati ma’lum maqsadlarga yo’naltirilgan hamda sistemali mashg’ulotlar tarzida olib boriladigan ta’lim-tarbiya sifatida qaraladi.

Qo’shiq aytish va muzikal-ritmik harakatlarni bajarishda bolalarga shunday rahbarlik qilish kerakki, ular topshirikni mumkin qadar ta’sirli va ifodali qilib bajarishga intilishsin. Bolalarni o’rgatish jarayonida ularning yosh xususiyatlarini hisobga olib topshiriqlarni asta-sekin murakkablashtirish mumkin. Bunday murakkablashtirish bolalarning ko’nikma darajasiga va ta’lim programmasiga xilof bo’lmasligi kerak. Ba’zi qiyin holatlarga duch kelganda yesa bolalar bilan alohida individual ishlash tavsiya qilinadi.


Musiqaviy tarbiyaning barcha metodlaridan pedagog bir butun sistema sifatida foydalanadi. So’z bolani asarning mazmunini xis yetishga va tushinishga undaydi, musiqa yesa bolada paydo bo’lgan tassurotni yemotsional jihatdan chuqurlashtiradi. Musiqa hissiyotga qiladi, ayni paytda fikr ham tug’diradi. Fikr esa konkret. chlarsiz yalong’och holda bo’lmaydi.


Bolalar muzika asarini, ayniqsa, programmasiz (ma’lum syujet mazmuniga yega bo’lmagan) asarni tushuna olishi uchun pedagog musiqani idrok qilish, his yetish protsessida bevosita boshchilik qilish, buning uchun musiqa asarining mazmunini tushuntirib borishi, badiiy obrazlarni tushuntirishda yesa nihoyatda yehtiyotkor bo’lishi kerak. So’z va musiqa bola faoliyatini yo’naltirib boradi. Masalan, pedagog qo’shiq aytishning ba’zi usullarini bolalarga ko’rsatish va tushuntirish bilan birga ba’zi frazalar, naqorot yoki svozlarni yeshittirib ham beradi. Ma’lum musiqa-ritmik topshiriqni o’zlashtirish va bajarish uchun bolalar shu musiqa va tonshiriqni yeshitibgana qolmay, balki uning qanday ijro yetilishini ko’rishi ham kerak. Musiqa asarlarining badiiy obrazi shu daraja ta’sirchan bo’ladiki, pedagog tushuntirish jarayonida bu obraz ta’sirini so’ndirmasligi, musiqa asarining mazmunini ptayuxan uzib qo’ymasligi, balki aksincha yuksak pedagogik takt va mahorat bilan uni yanada chuqurlashtirish rivojlantirishi kerak. Buni musiqaviy tarbiya metodlaridan aralash foydalanganda doimo yodda tutish zarur bo’ladi. Yuqorida aytib o’tilganidek, musiqa asbobi bilan chalinadigan kuyni tinglashdan oldin pedagog tomonidan so’zlanadigan tushintarish nutqi poetik, obrazli yoki sharxlovchi xarakterda bo’lishi mumkin. Qo’shiq aytishga o’rgatish jarayonida so’zlanadigan nutq mazmuni musiqa va adabiy tekstlarning uzviy bog’liqligi bilan belgilangadi. Qo’shiq adabiy tekst orqali o’z mazmuni haqida o’zi ma’lumot beradi, shunisi bilan musiqa asbobida chalinadigan kuydan farq qiladi. Shuning uchun pedagogning qo’shiq haqidagi ko’rsatma va suhbatlari shu qo’shiqning badiiy obraziga mos bo’lishi kerak. Qo’shiqning adabiy teksti, ayniqsa u murakkab poetik oborotlardan tarkib topgan bo’lsa, alohida tushuntirishni talab qiladi. Ma’lum musiqa asari bo’yicha bolalar bilan ishlashning maqsadga metodik usullarini topish uchun pedpgog bu asarni yaxshi bilishi, badiiy ta’sir vositalari bilan tanishib chiqishi, asar mazmuni va xarakterini chukur urgangan bo’lishi shart. Shundagina musiqa ijrosida bolalarning anglab olishini ta’minlovchi oddiylik va ta’sirchanlikka yerishish mumkin bo’ladi.


Endi maktabgacha yoshdagi bolalarni musiqaga o’rgatishning qanday yetaplari borligini ko’zdan kechiraylik:


1-etap - musiqa asari bilan dastlabki tanishish yetapi. Asar bilan dastlabki uchrashuv paytida (1-etapda) qo’shiqchining ovozi va musiqa asbobining sadosi hamda mashq yoki raqs paytidagi harakatlar bola idrokining ob’ekti bo’ladi. Bu yetapda bolani musiqa asari bilan tanishtirish, uni musiqa tinglashga, musiqada ifodalanayotgan his-tuyg’ularga hamdard bo’lishga yerishishi asosiy maqsad qilib olinadi. Musiqani tinglay olishga o’rgatishning birinchi yetapida bolalarda musiqa asariga qiziqish uyg’otish irradatsiyasi sodir bo’ladi. Bu paytda bolalarning umumlashtirish va farqlay olish qobiliyati ham ancha kuchsiz bo’ladi. Yangi musiqa materialini o’zlashtirishda yeshitish, ko’rish va harakat qilish analizatorlari qatnashadi. Bu yetapda bolaning bosh miya qobigi unga ta’sir qilayotgan hodisalarni vaqtincha o’zaro bog’lay olishy mumkin, shuning uchun ham materialni parchalarga bo’lmasdan yaxlit holda bergan maqqul. Ularni parchalarga ajratib o’rgatish vazifasi ikkinchi yetapga qoldiriladi. Pedagog harakatlarni bevosita musiqa sadosi yoki kuy jo’rligida ko’rsatadi. Yangi qo’shiqni o’rgatish jarayonida pedagog ba’zi kuni turli musiqa asboblarida chaldirib, shu asboblarda ijro yetilgan kuyni o’zaro taqqoslaydi,


shu yo’l bilan uning xotirada yaxshi o’zlashib qolishini ta’minlaydi. Birinchi yetap uncha katta bo’lmasligi - bir yoki ikki mashg’ulotdan ortmasligi kerak. Bunda muzika tinglash, qo’shiqlarni ijro yetish yoki musiqa-ritmik harakatlarni bajarishdan, obrazli va poetik nutqdan namunalar ko’rsatish, bolalar bilan savol-javob orqali suhbatlashish, pedagog tomonidan taqdim yetilgan materialni bolalarga bajartirib ko’rish kabi usullardan foydalaniladi.

2-etap - qo’shiq yoki musiqa-ritmik xarakatlarni ijro yeta oladigan bo’lishni shakllantirish, idrok qilish yetapi. Ikkinchi yetapning vazifalariga quyidagilar kiradi: musiqani chuqur idrok yetish uchun zarur bo’lgan quvnoq mehnat sharoitini yaratish, o’z-o’zini nazorat qila olish, qo’shiq aytganda ovoz me’yorini va yeshitishni uy^unlashtira bilish yoki, raqs va mashqlarda yeshitish bilan harakatni o’zaro uygunlashtira olish qobiliyatini tarbiyalash, buning uchun uzluksiz mashgulotlar o’tkazib turish; topshiriqlarni to’gri va aniq bajara oladigan bo’lishlariga yerishish. Bu yetapda bolalar ijrosida uchraydigan barcha kamchiliklar aniqlanadi va tuzatib boriladi. O’rgatishning ikkinchi yetapida pedagog materialni qayta-qayta mustahkamlaydi, natijada bolalarning bosh miya qobig’ida qo’zg’alish (uyg’onish) kontsentratsiyasi ancha kuchayadi, ular asta-sekyn topshiriqni to’g’ri bajara oladigan bo’lib borishadi. Umuman, bunday bilimning shakllanishi yetapi uzoq vaqt davom yetadi. Masalan, bolalar ba’zi qo’shiqlarni 9-12 mashgulotdan so’nggina mustaqil ravishda ta’sirli qilib aytadigan bo’lishadi.


Ikkinchi yetapda qo’llanadigan metodik usullarga quyidagilar kiritiladi: musiqani qayta tinglash, qo’shiq ijrosida yeki musiqa-ritmik harakatlardan namunalarni qayta ko’rsatish, qo’shiq oytitning yoki o’yin-raqs harakatlarining ba’zi usullari va Y5gl\arini ko’rsatish, bolalar bilan suhbatlashish, ularga salom berksh, obrazli va poetik nutq, turli ko’rsatmalar, izohlar, tanbehlar, topshiriqni bajarish usullarini qayta mashq qildirish va h.k. Xullas, bu yetapda o’rgatishning barcha usullaridan foydalanish mumkin buladi.


3~etap - kunikmalar hosil qilish va mustahkamlash yetapi. Bunda topshiriqni avtomatik ravishda bajara oladigan, qushiq, uyin raqs va mashqlarni mustaqil ijro yetadigan darajaga yerishiladi.


Uchinchi yetapda kuzatilgan maqsad topshirshushrni yemotsional-ta’sirchan qilib bajarishga o’rgatishdan, bolalarda mustaqillikni, ijodiy aktivlikni rivojlantirishdan iboratdir. Bu yetapda bolalarda diferentsiyalovchi (farqlovchi) tormozlanish yuzaga keladi, ikkinchi yetapda olingan va pedagogik tomonidan qayta-qayta tushuntirilgan materialdan va mashqlardan uchinchi yetapda mustahkam ko’nikma hosil buladi, keraksiz, ortiqcha narsalardan tormozlanadi. Shunday qilib, shartlm reflekslarning bir butgn sistemasi yuzaga keladi, kuylash va musiqa-ritmik harakatlarni ijro yetish bilan bog’liq topshiriqlarni bajarishda izchillikka yerishiladi. Eshitish va ko’rash nazorati bilan mustahkamlanadi, to’ldiriladi. Bolaning u yoki bu topshiriqni bajarish usuli avtomatlashadi, ayni paytda, u uz oldiga qo’yilgan vazifani ongli ravishda idrok qiladi va hosil bulgan ko’nikmaga tayangan holda ijodiy aktivlikka ham intiladi.


Bolalar bilan ishlashning uchunchi yetapida pedagog kuy va musiqa-ritmik harakatlar ijrosini takomillashtiradi, ularda musiqani idrok yetish qobiliyatini tarbiyalashda, muayyan musiqa asarining badiiy xsusiyatlarini tushuntirishda davom yetadi. Bolalarga topshiriqlar og’zaki beriladi. Ba’zan vazifani ko’rsatish uchun bolalar chaqiriladi. Uchunchi yetapda pedagog o’yin variantlaridan foydalanadi, topshiriqlarni bir oz o’zgartirib murakkablashtiradi, shunday qilib bolalarni ijodiy aktivlikka da’vat yetadi, bunda o’rgatishning turli-^guman metodlaridan foydalanadi. Shunday qilib maktabgacha yoshdagi bolalarga muzika ta’limi berish turli metodik usullarning barchasidan foydalanishini taqozo qiladi.


Endi metod va metodik usullardan turli yoshdagi gruppalarda qanday foydalanish kerakligini ko’rib chiqaylik.


Kichik yotddagi gruppa. Bu gruppada so’zlab berish metodini qo’llashda pedagog ko’proq tushuntirish usulidan foydalanadi. Tushintirish aniq bo’lishi kerak. Masalan, bolalar «Barmoqlar va qo’llar» o’rganmoqda (xalq musiqasi, kuyi A.Qodirov tomonidan qayga ishlangan). Bundan pedagog baland ovozli muzikaga ikki qo’lning kaftlarini bir-biriga urib chapak chalish kerakligini, past ovozli muzikaga yesa barmoqlarni barmoqlarga asta-sekin urish


lozimligini tushintiradi. Qayta ijro yetilgan pedagog stulchalarda o’tirgan bolalarga past ovozli musiqada barmoqlarni barmoqlarga urishni, baland ovozli musiqada yesa chapak chalishni taklif qiladi, ogu bilan tushuntirish va amaliy faoliyat o’zaro qo’shib bajariladi, bolalarning vazifani yaxshi uzlashtirishi ham ta’minlanadi. Ko’rsatmalar bolalar o’yinga yoki raqsga tushayotganda berib boriladi. Masalan, bayroqchalar bilan mashq bajarilayotganda musiqa rahbari «Bolalar, bayroqchalarni Aziza Axmedovna tutganidek to’g’ri tuting» - deb ko’rsatma beradi. Kichik yoshdagi gruppada poetik nutq ham keng kudlaniladi. Masalan, «Mushuk» deb nomlangan qo’shiqni (V.Vyalshin muzikasi) ijro yetishdan oldin «kul rang mushukcha oyna yonida mag’rur o’tirardi, dumini likkillatib, bolalarni kutardi» degan misralarni ifodali qilib o’qib berish mumkin.

Tinglash paytida ham, o’yin, raqs va mashqlar o’rganayotganda ham pedagog bolalar bilan suhbatlashib turadi, ularga «musiqaning xarakteri qanaqa?, musiqani sur’ati tezmi yoki sekinmi?, bu musiqaning mukaddimasi bormi?» tarzda savollar berib boradi, bu savollarga ko’pincha o’zi javob qaytaradi, chunki bolalarning tajribasi, musiqa sohasidagi bilim yetarli bo’lmaganidan ular yuqoridagi savollarga mustaqil savol-javoblar jarayonida bolalarni musiqa terminalogiyasi bilan mumkin qadar tanishtirib borishi kerak, bu hol ularning kelajak terminalogiyasidan mustaqil ravishda foydalana oladigan bo’lishlari uchun zamin hozirlaydi. Lekin shuni ham ta’kidlash lozimki, bolalarga berilayotgan savollarning mazmuni ularga tushunarli bo’lishi kerak. Masalan, «Mushukcha (V.Vyalshin musiqasi) qo’shig’i tinglangandan sung, pedagog bolalardan qo’shiqda nima xaqda gapirilganini, mushukcha nima qilganini, u kimni kutganini suraydi. Obrazli hikoyadan kichik yoshdagi bolalar gruppalarida ancha keng foydalaniladi. Bunday hikoya odatda syujetli uyin ijrosidai va programmali musiqa tinglashdan oldin bo’ladi.


Bolalar bilan ishlashda ko’rgazmalilik usullariga, ayniqsa, yeshitishga asoslangan ko’rgazmalilikka katta o’rin beriladi. Busiz ta’limning ko’rgazmalilik metodi deyarli qo’llanmaydi. Bolalar ijro yetishi kerak bo’lgan har qanday musiqa asari avval pedagog ijrosida tinglanadi. Kichik yoshdagi bolalar gruppasida ko’rishga asoslangan ko’rgazmalilikka ham keng o’rin beriladi. Shu maqsadda mashg’ulotlarga rasm va o’yinchoqlar olib kiriladi. Bunday mashgulotlar odatda o’yin tarzida o’tkaziladi. Masalan, yangi yil bayramidan so’ng gruppaga kichkina archa bilan o’yinchoqlar olib kiriladi. Musiqa rahbari: «Qor bobo bu archani bizga sovg’a qilib qoldirgan. U juda mexribon. Qani qor bobo va archajon xaqidagi qo’shiqni bir tinglaylikchi! Bu qo’shiqni qor boboning o’zi keltirgan» deydi. Bundan tashqari, bolalarni kuylashga va musiq-ritmik xarakatlarga o’rgatish paytida pedagogaing o’zi qushiq aytish usullari va harakat usullarini ko’rsatadi. Bolalarning kuylash san’ati, musiqa -ritmik xarakatlari bu davrda hali ancha nomukammal bo’ladi, ularda kattalar ijrosiga taqlid sezilib turadi o’rta_ gruppa Bu gruppada so’zlab berish metodi o’z ichiga kuyidagi usullarni qamrab oladi:





  1. Tushuntirish. Bu usul o’rta gruppada ancha kengaytirilgan tarzda oo’ladi. Masalan, «Purjinka» nomli asarni mashq qilish paytida musiqa rahbari bolalarga qarab «musiqaning birinchi qismida biz tizzalarni bukib o’tiramiz, purjinka bo’ladi unda muzika sekin chalinadi, musiqakning ikkinchi - kuchli sadoli qismida biz turgan joyimizda ikki oyoqlab yengilgina sakray boshlaymiz» deydi;




  1. Izohlash. Masalan, bolalar belgilangan vaqtdan oldin qo’shiq ayta boshlaea, pedagog xamma baravar qo’shiq. ayta boshlashi uchun oldin muqadimning so’ngi akordini tinglab bo’lishi, shundan so’ng qo’shiq ayta boshlashi kerak deb izoh beradi;




  1. Ko’rsatma berish. Bu usuldan bolalar harakatda bo’lgan paytda foydalaniladi, Masalan, bolalar marsh sadosiga yurayotganda pedagog: «Ilhom, yelkangni tugri tut», «Nodira, musiqaga e’tibor qil» deb ko’rsatma berish mumkin;




  1. Poetik nutq. Bu usuldan odatda qo’shiq aytishdan oldin tez-tez foydalanib turiladi. Masalan, «Qish o’tib ketdi» qo’shig’ini (N.Metlov musiqasi) aytishdan oldin shu qo’shiq tekistidan quyidagi parchani ifodali qilib o’qib berish mumkin:

Qayin shoxdan chaqqon, Yerga sakradi chumchuq, Yo’qdir bo’lak izg’irin, Sayrayman «churuq-churuq».



  1. O’rta gruppa bolalarining fikr doirasi ancha keng, so’z boyligi bir muncha ko’p bo’lib, ular musiqa bilimidan ham ma’lum tajribaga zga bo’ladilar. Sho’ning uchun musiqa asari tinglab bo’lingandan so’ng, ular bilan kengaytirilgan suhbat o’tkaziladi. Masalan,

A.Fillipenkoning «Qish keldi» qo’shigi tinglangandan so’ng quyidagi suhbat o’tkaziladi: Qo’shiqda nima xaqida gapirilg’an?, qo’shiqda muqaddima bormi?, qo’shiqning xarakteri qanaqa?, qo’shiq sur’ati tezmi yoki sekinmi?, va h.k.


Suhbat odatda savollar yordamida o’tkaziladi. Ba’zan savollar bolalarga qo’shiq tinglashdan oldin, hatto topishmoq tarzida berilishi ham mumkin. Masalan, musiqa rahbari bolalarga: «Men qo’shiqning muqaddima qismini chalaman, siz yesa bu qo’shiqning qanday nomlanishini yeslang» deb toshniriq beradi.


Eshitishga asoslangan kurgazmalilik (badiiy-musiqa asarini idrok yetish) kichik yoshdagi bolalar gruppasida qanday o’rin tutsa, o’rta gruppada ham shunday o’rin tutadi. faqat asarning o’zi, uning shakli, xarakteri, ifoda vositalari birmuncha murakkablashgan bo’ladi, xolos. Ko’rishga asoslangan ko’rgazmalilik haqida xam shuni aytish mumkin. Ammo o’rta gruppada qo’shiq aytishdan yoki asar ijrosidan oldin o’yinchoqlarni ko’rsatish birmuncha kamaytirilib, bolalarning amaliy faoliyatiga ko’proq e’tibor beriladi, ulardan suhbat paytidagi savollarga aniqroq javob berilishi, o’yin va raqs harakatlarning aniqrok bajarilishi talab yetiladi.


Katta va maktabga tayyorlov gruppalari. Bu gruppalarda biz ko’proq bola ongiga tayanib. so’zlab berish metodi va uning barcha usullarini qo’llaymiz, qisqa va aniq tushuntirishlar beramiz. Masalan, musiqa rahbari bolalarga «Kim tezroq?» (A.Shvarts musiqasi) o’yinini o’ynaymiz - deydi. Musiqa tinglab bo’lingach, bolalar musiqa asarini tahlil qilishadi, musiqa necha qismdan iboratligi, xarakteri xaqida tushunchalarini aytishadi, shundan so’ng pedagog qoidalarni tushuntiradi. Bunda tez-tez izohlardan foydalanib, namunalar ko’rsatadi. Bolalar bunday tushuntirish va izohlarni oxirigacha tinglashlari kerak. Masalan, yuqorida aytib o’tilgan «Kim tezroq» o’yinida (A.Shvarts musiqasi) pedagog «Boshlovchi doirachaga ikki marta urishi kerak» deb tushuntiradi va uzi qanday urushni ko’rsatib beradi.


Ko’rsatmalar bolalar biror o’yin yoki mashq bajarayotganda hamda ma’lum bir vazifani bajarishga tayyorgarlik ko’rayotganda beriladi. Chunonchi, qo’shiq aytishdan oldin pedagog «Bolalar tug’ri o’tiring, hozir qo’shiq aytamiz» deb ko’rsatma berishi mumkin,


Poetik nugq musiqa asari obrazni idrok yetish va oydinlashtirishga yordam beradi, shuning uchun undan xam tez-tez foydalanib turiladi.


Vazifa: Ko’rgazmali metodga nima kiradi?


So’zlab berish metodi qanday usullarni o’z ichiga oladi?Asosiy faoliyat metodi?

Musiqa tinglash.



  1. Qo’shiq aytish.

  2. Musiqiy-ritmik harakatlar.

  3. Bolalar musiqasi asbobida chalish.

  4. Musiqa faoliyatlarining turlari va shakllari.




Yüklə 376 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin