Buxoro davlat unversiteti


Bolalar yoshi xususiyatlari



Yüklə 376 Kb.
səhifə9/19
tarix16.06.2022
ölçüsü376 Kb.
#61585
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Buxoro davlat unversiteti

Bolalar yoshi xususiyatlari. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining yoshiga ko‘ra hosil qiladigan qobiliyat va imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz.


Bir yoshli bolalar – psixolog A.Lyublinskayaning to‘plagan ma’lumotlariga ko‘ra, go‘dakning 10-12-kunlarida yeshitish organi ishga tushar yekan. Ikki oylik go‘dak yesa, musiqa tovushlarini yeshitganda, qimirlamay, jim bo‘lib qolar yekan. 4-5-oylarida bola tovush kelayotgan tomonga qaray boshlaydi. Ilk bolalik davrlaridayoq go‘daklarda musiqa tovushlariga nisbatan shaxsiy munosabat shakllana boradi. Birinchi yilining oxirlarida bolaning umumiy yeshitish hissi shakllanadi. Bolakay kattalardan har xil musiqani tinglab uni o‘ziga xos intonatsion (o‘xshash ovozlar chiqaraib) xirgoya qiladi. Musiqaga nisbatan yemotsional munosabat bildirish, yeshitish hissiyotlarini rivojlantirish ilk bolalikdan musiqiy tarbiyani amalga oshirishga xizmat qiladi.


Uch va to‘rt yoshli bolalar – yeshitish hissida individual ajralib turish holllari ko‘rinadi. Masalan, murakkab bo‘lmagan kuyni aniq ijro yetishlari mumkin. So‘zlarni ifodalashda avval alohida so‘zlarni qo‘llagan bo‘lsalar, yendi ularni bir-biri bilan bog‘lagan holda ishlata oladilar. Tafakkurlarida ham sezilarli o‘zgarishlar ro‘y beradi. Ko‘rgazmali-harakatli tafakkurlari ko‘rgazmali-obrazli tafakkurga aylanadi. Bu yoshdagi bolalar o‘zlari mustaqil harakatlar bajara oladilar hamda mustaqil ravishda raqsga tushib o‘ynaydilar.


Besh yoshli bolalar – bolalarning faol tarzda “nimaga?”, “Qaerdan?” kabi savollarni paydo bo‘lishi davridir. Bola voqea va hodisalar o‘rtasidagi aloqalarni anglay boshlaydi va ularni oddiy usulda umumlashtira boshlaydi. Bolalar kuzatuvchan, ayniqsa, musiqaning quvnoq yoki g‘amgin, tovushlari baland yoki pastligi, qanday cholg‘u asbobida ijro yetilayotganligini bemalol aniqlay oladilar. Ular qo‘shiqni qanday ijro yetish kerakligini, qanday harakatlar bajarish kerakligini yaxshi tushuna boshlaydilar. Bu davrda bolalarning ovozlari jarangdor va yorqin tus oladi. Ovoz intonatsiyalari turg‘unlashib boradi, lekin hali kattalarning ko‘magiga muxtoj bo‘ladi. Bu yoshda yeshitish qobiliyati shakllana boradi. Bu davrda harakatlarning asosiy turlarini – yurish, yugurish, sakrash kabi faoliyatlarni yaxshi o’zlashtira boshlaydilar. Bolalar o‘z individual xususiyatlaridan, qobiliyatlaridan kelib chiqib bir faoliyat turini afzal ko‘rishlari mumkin.



Yüklə 376 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin