Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti kafedra : pedagogika va psixologiya



Yüklə 62,65 Kb.
səhifə15/28
tarix09.02.2023
ölçüsü62,65 Kb.
#83578
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Ma`ruza 6. NUTQ VA MULOQOT

Reja:




  1. Til va nutq faoliyati haqida tushuncha.


  2. Tilning funktsiyalari.


  3. Nutq faoliyati haqida tushuncha.


  4. Nutq faoliyatining turlari.


  5. Shaxs muomala jarayonida (tranzakt psixologiyasi)


Tayanch iboralar:

Til, nutq va muomala haqida tushuncha. Muomalaning kommunikativ, interaktiv, pertseptiv jihatlari. Pedagogik muomala. Muomala va til. Nutq. Nutq mexanizmlari. Verbal va noverbal kommunikatsiya vositalari. Pedagogik muomalaning psixologik jihatlari. Muomala jarayonida yuzaga keladigan nizolar. Muomala jarayonida kishilarning bir-birini tushunishi va idrok qilishi mexanizmlari.




TIL VA NUTQ FAOLIYATI HAQIDA TUSHUNCHA

Ma`lumki hayvonlar olamidagi aks ettirish shakllari, ularning "tillari" ijtimoiy tajribani uzatish va bu tajribani keyingi avlod tomonidan o`zlashtirish imkonini bermaydi. Shaxsning rivojlanishi, uning ongining shakllanishi, uning individual tajribasi umuminsoniy tajriba bilan uzviy bog`liq. Kishilarda tilning mavjudligi tufayli ular ijtimoiy tajribani uzatadilar va o`zlashtiradilar.

Tilning o`zi nima? Umumiy qilib ta`rif berganda, TIL BELGILAR TIZIMIDAN IBORATdir.

Belgi - voqelikning istagan elementlarini qandaydir aks ettirish, uni shartli ravishda belgilashdir. Masalan, avtomobil’ haydayotib, yo`limizda uchraydigan kucha harakati belgilariga bog`liq holda o`zimizni har xil holda tutamiz. Bundan ko`rinib turibdiki belgi ma`lum jihatdan qurolga o`xshaydi. Faqat qurol bizning amaliy mehnat faoliyatimizga vositachilik qiladi, belgi esa bizning nazariy va intellektual faoliyatimiz, yuksak psixik funktsiyalarimiz (idrok, tafakkur va h.k.) vositasidir. So`zning belgi sifatidagi asosiy xususiyati uning mazmuni, ma`nosidir. "Stul" so`zining ma`nosi shu predmetning barcha ijtimoiy muhim belgilarini, xususiyatlarini (turkumi, vazifasi kabi) o`zida aks ettiradi.




Yüklə 62,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin