kesishmaydigan, yo`nalishlari bir-biriga parallel bo`lmagan
uchta sterjendan
foydalanish lozim (1.17- rasm, b). Aks holda hosil bo`lgan sistema
oniy o`zgaruvchan
bo`ladi (1.17- rasm, b va
g).
2.
Uchta diskni geometrik o`zgarmas qilib bog’lash uchun bir to`g’ri chiziqda
yotmagan uchta oddiy sharnir yoki 6 ta sterjen kerak bo`ladi Agar disklarni tutashtiruvchi
uchta sharnir bir to`g’ri
chiziqda yotsa
),
hosil bo`lgan sistema oniy o`zgaruvchan
bo`ladi.
Demak,
W
< 0 shart sistemaning geometrik o`zgarmas bo`lishi uchun zarur, lekin
etarli emas ekan. Ko`rilayotgan sxema geometrik o`zgarmas
sistema ekanligiga ishonch
hosil qilish
uchun
W
< 0 bo`lishidan
tashqari, sistemaning elementlari bir-biri bilan yuqorida keltirilgan
ikkita shartlarga
binoan bog’liqligini tekshirish kerak.
TAYANCH IBORALAR.
Sharnir, disk, kuch, moment,
eguvchi moment, ko`ndalang kuch, bo`ylama kuch,
juft kuch,
inertsiya momenti,
kuchlanish, ko`chish, muvozanat.
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR.
1.
Disk nima?
2.
Oddiy sharnir nima?
3.
Murakkab sharnir nima va u nechta oddiy sharnirga teng?
4.
Sistemaning erkinlik darajasi nima?
5.
Nima uchun inshoot kinematik analiz kilinadi?
6.
Ikki diskdan qanday qilib geometrik o`zgarmas sistema hosil qilish mumkin?
7.
Uchta diskdan qanday qilib geometrik o`zgarmas sistema hosil qilish mumkin?.
8.
Oniy o`zgaruvchan sistema deb nimaga aytiladi?
3- MA`RUZA
TA`SIR CHIZIQLARI NAZARIYASI.
Dostları ilə paylaş: