ferma deyiladi.
R a m a l a r. Bir – biriga bikr kilib biriktirilgan sterjenlardan (sistemalardan)
tashkil topgan inshoot
rama deyiladi
K o m b i n a ts i ya l a sh g a n i n sh o o t l a r. Bir - biri bilan bikr va Sharnirli
birikma orqali bog’langan elementlardan tuzilgan inshoot
kombinatsiyalashgan sistema deyiladi. Masalan, shprengelli balkalar shular jumlasidandir
Inshootlar elementlarining joylashuviga ko`ra ular yassi va fazoviy sistemalarga
bo`linadi. Sterjenlar va unga qo`yilgan tashqi yuklar bir tekislikda bo`lsa, bunday
inshootlar yassi sistemalar deyiladi. Agar inshootning sterjenlari va unga qo`yilgan tashqi
yuklar boshqa – boshqa tekisliklarda joylashgan bo`lsa, u fazoviy sistema deyiladi. Yassi
sistemalar mustaqil holda juda kam uchraydi, asosan fazoviy sistemaning hisobini
soddalashtirish maqsadida, ulardan alohida yassi sistemalar ajratib olinadi.
Hisoblash sxemalari kinematik nuqtai nazardan quyidagi turlarga bo`linadi:
1.
Geometrik o`zgarmas va yetarli kinematik bog’lanishlarga ega bo`lgan
sistemalar (statik aniq sistemalar).
2.
Geometrik o`zgarmas va ortiqcha kinematik bog’lanishlarga ega bo`lgan
sistemalar (statik aniqmas sistemalar).
3.
Geometrik o`zgaruvchan sistemalar (mexanizmlar).
Inshootlar tayanch reaktsiyalarining yo`nalishiga ko`ra havonli va havonsiz
sistemalarga bo`linadi. Faqat vertikal kuchlar ta`sirida bo`lgan inshootning tayanchlarida
vertikal va gorizontal yo`nalishlarda reaktsiyalar hosil bo`lsa, u hovonli sistema deyiladi.
Inshootlar hisoblash metodlariga ko`ra statik aniq va statik aniqmas sistemalarga
bo`linadi. Statik aniq va statik aniqmas sistemalarning ta`rifi materiallar qarshiligi
kursida beriladi.
TAYANCHLAR VA ULARNING TURLARI. Inshootlarni asos bilan biriktiruvchi va ularning ko`chishini cheklovchi
qurilmalar