Qobiq ajratishda hosil bo'lgan mahsulotlarni saralash.
Qobiq ajratishda hosil bo'lgan mahsulotlar A1-BRU rusumli elakdonlarda o'rnatilgan ikki guruh g’alvirlarda saralanadi. Birinchi guruh g’alvirlari qobig’i ajratilmagan donni ajratib olish uchun xizmat qiladi. Bu g’alvirlarning teshiklarini o'lchami fraktsiya yirikligidan bog’liq bo'lib, odatda 0,2...0,3 mm ga kichkina bo'ladi. Agar fraktsiya doni teshik diametri 4,5 mm g’alvir qoldig’i bilan olingan bo'lsa, qobig’i ajralmagan donni ajratish uchun teshik diametri 4,2 mm g’alvir o'rnatiladi. Bu g’alvirning qoldig’idagi mahsulot qobig’i ajralmagan don va qobiq aralashmasidan iborat bo'ladi va qobiq aspiratorda ajratib olingandan keyin qobig’i ajralmagan don qaytarib qobiq olish mashinasiga yuboriladi.
Ikkinchi guruh g’alvirlari mahsulot tarkibidan maydalangan mag’iz va unni ajratib olish uchun belgilangan. Bu vazifani bajarish uchun uzun teshikli o'lchamlari 1,6x20 mm (1,7x20 mm) bo'lgan yoki aylana teshikli diametri 2,8 mm (3,0 mm) bo'lgan g’alvirlar qo'llaniladi. Bu g’alvirlarning qoldig’i bilan mag’iz va qobiq aralashmasi olinadi. Qobiq aspiratorlarda ajratib olingandan keyin mag’iz nazorat qilish uchun A1-BRU rusumli elakdonga yuboriladi.
Hamma don fraktsiyalarini qobig’ini ajratish va hosil bo'lgan mahsulotlarni saralash sxemasi bir xil va faqat qobig’i olinmagan donni ajratish uchun elakdonlarda qo'llanadigan g’alvirlarning teshiklarini o'lchamlari har xildir.
Mag’iz nazorat qilish uchun A1-BRU rusumli elakdonga ikkita oqim bilan yuboriladi: birinchi oqimga I-IV fraktsiya donining qobig’ini ajratishda hosil bo'lgan mag’iz birlashtiriladi; ikkinchi oqimda V-VI fraktsiya donining qobig’ini ajratishda hosil bo'lgan mag’iz birlashtiriladi. Oqimlar tarkibidagi chiqindi miqdori bilan ham farqlanadi. Ikkinchi oqimdagi mag’izning tarkibida birinchi oqimga nisbatan chiqindining miqdori ko'proq bo'ladi.
Magiz bir marta A1-BRU rusumli elakdon yoki ikki marta yorma- ajtargichda elash bilan nazorat qilinadi. Nazorat jarayonida mag’izning tarkibidagi yirik va ajralishi qiyin bo'lgan chiqindilar aylana va uchburchak teshikli g’alvirlar yordamida ajratib olinadi. G’alvirlarning o'lchamlari mag’iz yirikligiga qarab tanlanadi. Yirik mag’izli oqim uchun uchburchak teshikli uchburchak tomonlari 6.0...6,5 mm bo'lgan va aylana teshikli diametri 4,1...4,2 mm bo'lgan g’alvir qo'llaniladi. Mayda mag’izli oqim uchun uchburchak teshikli uchburchak tomonlari 5.0 mm va aylana teshikli diametri 3,4 mm bo'lgan g’alvir qo'llaniladi. Mag’iz tarkibida qolgan maydalangan mag’izni saralab olish uchun uzun teshikli o'lchamlari 1,6x20 mm (1,7x20 mm) bo'lgan g’alvir qo'llanadi. Yirik chiqindilar va mayda- langan mag’izdan tozalangan butun mag’iz aspiratorlarda ikki marta nazorat qilingandan keyin bunkerlarga uzatiladi.
Maydalangan mag’izni nazorat qilish uchun A1-BRU rusumli elakdonda uzun teshikli o'lchamlari 1,6x20 mm g’alvir qoldig’i bilan yirik mag’iz ajratib olinadi. Maydalangan mag’iz tarkibidan qobiqni to'liq saralash uchun maydalangan mag’iz metal matoli N 1,4 g’alvirda ikkiga bo'linadi. Yirik va mayda fraktsiyaga bo'lingan maydalangan mag’iz alohida oqimlar bilan aspiratsion kalonkalarda nazorat qilinadi. Tarkibidan qobiq va chiqindilar ajratib olingandan keyin maydalangan mag’iz oqimlari birlashtiriladi va bun- kerlarga uzatiladi.
Ajratib olingan qobiq ham ikkita oqim bilan nazorat qilinadi. Birinchi oqimga I-IV fraktsiya donining qobig’ini ajratishda hosil bo'lgan qobiqlar birlashtiriladi; ikkinchi oqimda V-VI fraktsiya donining qobig’ini ajratishda hosil bo'lgan qobiqlar birlashtiriladi. Birinchi oqimdagi qobiqlar A1-BRU rusumli elakdon yoki Yormaajtargichda uzun teshikli o'lchamlari 2,6x20 mm va aylana teshikli diametri 2,0 mm g’alvirda elanadi. Ikkinchi oqimda V-VI fraktsiya donining qobig’ini ajratishda hosil bo'lgan qobiqlar uzun teshikli o'lchamlari 2,3x20 mm va aylana teshikli diametri 2,0 mm g’alvirda elab nazorat qilinadi.