Yorma ishlab chiqarishda qo'llaniladigan suli donining tavsifini keltiring.
Donni qayta ishlashga tayyorlashda qanday jarayonlar bajariladi? Ularning tavsifini keltiring.
Suli donini Chiqindilardan tozalashda qanday mashinalar qo'llaniladi?
Donni qayta ishlashda qanday jarayonlar bajariladi?
Ularning tavsifini keltiring.
Suli doniga gidrotermik ishlov berishni qaysi usullarini bilasiz?
Suli donidan olinadigan yormaning chiqishi va sifat ko'rsatkichlarini keltiring.
Yormaning chiqishiga suli donining qaysi ko'rsatkichlari ta'sir qiladi?
Tayanch iboralari. Suli doni. Yormaning chiqishi. Yormaning sifat ko'rsatkichi. Tayyorlash jarayoni: havoli-g'alvirli separatorda, trierlarda, aspiratorlarda, yormaajratgichlarda tozalash va donga gidrotermik ishlov berish.
Qayta ishlash jarayoni: donning qobig'ini ajratish; qobiq ajratish jarayonida xosil bo'lgan mahsulotlarni saralash; yadroni qayroqlash; yorma va chiqindilarni nazorat qilish.
MAVZU. ARPA DONIDAN YORMA ISHLAB CHIQARISH
TEXNOLOGIYASI Reja: Arpa donining turlari va sifat ko'rsatkichlari.
Arpa donini chiqindilardan tozalash.
Arpa donining gul qobig’ini ajratish.
Arpa mag’izini maydalash va saralash.
Arpa mag’izini silliqlash va sayqallash.
Arpa donidan olinadigan yormaning chiqishi va sifat ko'rsatkichi.
Foydalanilayotgan adabiyotlar. Egorov G.A., Mefnikov E.M., Maksimchuk B.M. Texnologiya muki, krupi, kombikormov. M. Kolos, 1984 g.
Egorov G.A., Martinenko YA.F., Petrenko T.P. Texnologiya i oborudovanie mukomoPnoy, krupyanoy i kombikormovoy promishlennosti. M, MGAPP. 1996 g.
MePnikov E.M. Texnologiya krupyanogo proizvodstva. M., Agropromizdat. 1991 g.
Arpa donining turlari va sifat korsatkichlari.
Arpa donidan ikki xil yorma ishlab chiqariladi. Ishlov berish usulidan va yormaning yirikligidan bog'liq xolda 5 nomerli dursimon va 3 nomerli qayroqlangan arpa yormasi olinadi.
27-jadval
Arpa donidan olinadigan yormalarning yirikligi va tekislanganligi
Arpa doni gul qobiq (8...17 %) bilan qoplangan bo'lib, meva qobig'i (3,5...4,0 %) bilan birga usgan. Yupqa urug' qobig'i (2,0...2,5 %) ochiq sariq yoki ko'k yashil rangli pigmentlardan tashkil topgan. Yorma sanoatida ochiq rangli donlar qo'llaniladi.
Arpa donini chiqindilardan tozalash.
Elevatordan arpa doni yorma zavodining donni tozalash bo'limidagi qora bunkerlarga uzatiladi. Bunkerlardan keyin don avtomatik tarozida o'lchanadi va ikkita fraktsiyaga ajratish uchun birinchi separatorga (ZSP, A1-BIS) o'zi oqar trubalar yordamida uzatiladi.
Birinchi separatorda katta va kichik fraktsiyalarga ajratilgan arpa doni fraktsiyalari alohida separatorlarda yirik, mayda va yengil chiqindilardan tozalanadi.
Ikkinchi separatorda tozalangan katta fraktsiya doni A9-UTK-6 markali trierda dondan kalta bo'lgan chiqindilardan tozalanadi.
Uchinchi separatorda tozalangan kichik fraktsiya doni A9-UTO-6 trierida dondan uzun bo'lgan aralashmalardan tozalanadi.
Tozalangan arpa donlari fraktsiyalari RZ-BKT tosh tozalagich mashinasida mineral aralashmalardan (tosh, shisha, kesak) tozalanadi.
Arpa donining gul qobig’ini ajratish.
Tozalangan arpa doni urib tozalovchi RZ-BGO-6 va A1-ZSHN ma- shinalarida ketma ket ikki martadan silliqlanib gul qobig' i ajratib olinadi va aspiratorda yengil aralashmalardan tozalangan yadro donni qobig' ini ajratish bo' limiga uzatiladi.
Donni tayyorlash bo'limida xosil bo'lgan chiqindilarni nazorat qilish quyidagi sxema asosida bajariladi.
Donni tayyorlash bo'limida xosil bo'lgan chiqindilar (I va II kategoriya) va A9-UTO-6 trierida ajratib olingan uzun aralashma alohida bunkerga uzatiladi. Separatorlarda diametri 1,6 mm elakdan o'tgan ajratib olingan III kategoriya chiqindi alohida bunkerga joylashtiriladi.
Silliqlovchi mashinalarda va aspiratorda ajratib olingan qipiq TSMB-3 markali buratda nazorat qilinadi va alohida bunkerga uzatiladi.
Separatorlardan ajratib olingan (diametri 1,6 mm elakda kolgan) mayda arpa doni alohida SMB-3 markali buratda nazorat qilinadi va bunkerga uzatiladi.
Arpa mag’izini maydalash va saralash.
Gul qobig'i olingan arpa yadrosiga pensak deyiladi. Pensak qobiq ajratish bo'limida maydalashdan oldin A1-BRU markali elakdonda yana bir marta diametri 4,2 mm va diametri 1 mm g'alvirda nazorat qilinadi. Diametri 1 mm g'alvirda qolgan mahsulot silliqlash sistemasiga yuboriladi. Diametri 1 mm g'alvirdan o'tgan mahsulot un nazoratga yuboriladi. Diametri 4,2 mm g'alvirda kolgan mahsulot yadro valli dastgoxda maydalanadi va yirikligi bo'yicha g'alvirlarda saralanadi.
Diametri 4,2 mm teshikli g'alvirda kolgan yirik mahsulot valli dastgoxda maydalanadi. Valli dastgoxdagi vallar uzaro perpindikulyar kesimlar bilan joylashgan bo'lib, tez aylanuvchi valni aylana kesimlari bor, sekin aylanuvchi valni uzunasiga kesimlari bor. Kesimlarni zichligi 1 sm uzunlikdagi valning aylanasida uchta tish kesilgan. Tez aylanuvchi valning tezligi 4 m/sek. Vallarni tezligini nisbati 2,5:1. Vallarda kursatilgan kesimlar yadroni katta bo'laklarga maydalanishini ta'minlaydi, bunda unning chiqishi juda kam bo'ladi. Maydalangan mahsulot elakdonlarda yirikligi bo'yicha saralanadi. Diametri 4,2 mm g'alvirda kolgan mahsulot qayta valli dastgoxda maydalanadi. Diametri 4,2 mm g'alvirdan o'tgan va diametri 2,5 mm g'alvirda kolgan mahsulot qayroqlash va silliqlash uchun A1-ZSHN markali silliqlovchi mashinalarga uzatiladi.
Arpa mag’izini silliqlash va sayqallash.
Silliklangan 5 nomerli arpa yormasini olish uchun arpa doni ketma ket uch marta silliqlash va uch marta sayqallash natijasida ishlab chiqariladi.
YAdro A1-ZSHN markali mashinalarida uch marta ketma ket silliqlanadi. Ikkinchi silliqlash sistemasida A1-ZSHN mashinasidan keyin A1-BDA separatorida qobiqlar ajratiladi.
Silliqlangan yadro ketma-ket uch marta A1-ZSHN mashinalarida sayqallanadi va keyin A1-BRU rassevida yormaning yirikligiga karab nomerlarga ajratiladi. Nomerlarga ajratilgan yormalar yana bir marta A1- BDA aspiratorida nazorat qilinadi. Nazorat qilingan yormalar nomerlari bo'yicha bunkerlarga uzatiladi.
Koplash bo'limida arpa yormasi nomerlari bo'yicha ikkinchi kavatda joylashgan qoplovchi apparatda qoplarga joylashtirilib transporter yordamida omborxonaga yuboriladi.
A1-ZSHN mashinalarida xosil bo'lgan ozuqa uni va elakdonlarda ajratib olingan un birlashtiriladi va A1-BRU markali elakdonda nazorat qilinadi. Ajratib olingan ozuqa uni bunkerlarga uzatiladi.
Arpa donidan qayroqlangan 3 nomerli arpa yormasi ham ishlab chiqariladi. Bu arpa yormasi yirikligi bo'yicha juda mayda bo'ladi va ko'p ishlov berilgan bo'ladi. SHuning uchun gul qobig'ini ajratish sxemasida qo'shimcha A1-ZSHN-3 markali mashina qo'llanadi.
Gul qobig'i to'liq ajratilgan pensak 4 marta ketma ket valli dastgoxda maydaladi va A1-BRU markali elakdonlarda saralanadi. Har bir maydalash sistemasidan ikkita maydalangan yadro oqimi olinadi. Bu oqimlar alohida
A1-ZSHN-3 markali mashinalarda qo'shimcha bir martadan silliqlanadi va qolgan gul qobig' i olib tashlanadi.
Elakdonlarda ajratib olingan yirik qoldiq mahsulot keyingi maydalash sistemasiga yuboriladi. Silliqlangan arpa Yormasi elakdonlarda yirikligi bo'yicha saralanadi va uchta nomerlarga ajratiladi.
Arpa donidan olinadigan yormaning chiqishi va sifat
ko'rsatkichlari. Arpa va undan qayta ishlab olingan mahsulotlarning kimyoviy tarkibi don va yarim tayyor mahsulotga (pensak) ishlov berishni tezkorligidan bog'liq xolda uzgaradi.
Arpa va undan qayta ishlab olingan mahsulotlarning kimyoviy tarkibi 28- jadvalda keltirilgan.
jadval