Donni qayta ishlashda qanday jarayonlar bajariladi?
Ularning tavsifini keltiring.
Bug'doy donidan olinadigan yormaning chiqishi va sifat ko'rsatkichlarini keltiring.
Yormaning chiqishiga bug'doy donining qaysi ko'rsatkichlari ta'sir qiladi?
Tayanch iboralari. Bug'doy doni. Yormaning chiqishi. Yormaning sifat ko'rsatkichi. Tayyorlash jarayoni: havoli-g'alvirli separatorda, trierlarda tosh tozalagich mashinalarida donni tozalash; gidrotermik ishlov berish.
Qayta ishlash jarayoni: donning qobig'ini ajratish; qobiq ajratish jarayonida xosil bo'lgan mahsulotlarni saralash; magizni qayroqlash va silliqlash; yorma va chiqindilarni nazorat qilish.
MAVZU. MAKKAJUXORIDONIDAN YORMA ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
Reja: Makkajuxori donining turlari va sifat ko'rsatkichlari.
Makkajuxori donini chiqindilardan tozalash.
Makkajuxori doniga gidrotermik ishlov berish.
Silliqlangan makkajuxori yormasi ishlab chiqarish jarayoni.
Bargsimon yorma va qalamcha uchun makkajuxori yormasi ishlab chiqarish jarayoni.
Makkajuxori donidan olinadigan yormaning chiqishi va sifat ko'rsatkichlari.
Foydalanilayotgan adabiyotlar. Egorov G.A., MeTnikov E.M., Maksimchuk B.M. Texnologiya muki, krupi, kombikormov. M. Kolos, 1984 g.
Egorov G.A., Martinenko YA.F., Petrenko T.P. Texnologiya i oborudovanie mukomoPnoy, krupyanoy i kombikormovoy promishlennosti. M, MGAPP. 1996 g.
MePnikov E.M. Texnologiya krupyanogo proizvodstva. M., Agropromizdat. 1991 g.
Makkajuxori donining turlari va sifat korsatkichlari.
Makkajuxori donidan uch xil mahsulot ishlab chiqariladi: qayroqlangan besh nomerli yorma; bargsimon yorma ishlab chiqarish uchun yirik makkajuxori yormasi; qalamcha ishlab chiqarish uchun mayda makkajuxori yormasi.
Silliqlangan makkajuxori yormasi-bu har xil shaklli maydalangan makkajuxori magizi bo'lib, meva qobig' i va murtagi olingan, kirralari aylana xolda silliqlangan.
Makkajuxori yormasining yirikligi 32-jadvalda keltirilgan.