Grechixa doniga gidrotermik ishlov berish.
Grechixa donini qayta ishlash samaradorligini oshirishda bu jarayon katta ta'sir qiladi. Bazis konditsiyali sifat ko'rsatkichli grechixa doniga gidroter- mik ishlov bermasdan qayta ishlaganda 66 % yorma chiqadi, shuning tarkibida 10 % maydalangan yorma bo'ladi. Gidrotermik ishlov berish natijasida maydalangan Yorma miqdori 2...3 foizga kamayadi va birinchi navli yormaning chiqishi oshadi. Gidrotermik ishlov berish quyidagi sxema asosida bajariladi: bug’lash, quritish, sovutish.
Grechixa doni 0,25...0,30 MPa bug’ bosimi ostida 5 minut davomida uzlukli bug’lagichda bugTanadi. Bug’langan don 20...30 minut davomida bunkerlarda namiqtiriladi. Keyin don vertikal quritgichlarda namligi
13.5 % bo'lguncha quritiladi va sovutiladi. Donni sovutish temperaturasi ishlab chiqarish xonasi temperaturasidan 6...8 C dan ko'p bo'lmasligi kerak. Donning boshlang’ich namligi gidrotermik ishlov berish samaradorligiga va Yormaning rangini o'zgarishiga ta'sir qiladi. Gidrotermik ishlov berishga yuboriladigan don partiyalarining boshlang’ich namliklari orasidagi farq 1,5...2,0 % dan oshmasligi kerak.
Gidrotermik ishlov berish natijasida donning qobig’ini ajratish koeffitsienti ancha oshadi, bu korxonaning unumdorligini oshirish imkoniyatini beradi.
Grechixa donini qobig'idan ajratishdan oldin yirikligi bo'yicha
fraktsiyalarga ajratish.
Grechixa donini qayta ishlab yorma olish quyidagi jarayonlardan tashkil topgan: qobiq ajratishdan oldin donni yirikligi bo'yicha fraktsiyalarga ajratish; qobiq ajratish; qobiq ajratishda hosil bo'lgan mahsulotlarni aralash; yorma va chiqindilarni nazorat qilish.
Qobiq ajratishdan oldin grechixa doni yirikligi bo'yicha oltita fraktsiyaga ajratiladi. Donni fraktsiyalarga ajratish keyingi jarayonda mag’iz va qobig’i olinmagan donni bir biridan ajratishda kerakdir. Bundan tashqari asosiy saralash bilan birga yana qo'shimcha ikkita vazifa bajariladi: donni yirikligi bo'yicha tekislash - qobiq ajratish jarayonini yaxshilaydi, maydalangan mag’iz va unni chiqishini kamaytiradi; donda qolgan ajralishi qiyin bo'lgan chiqindilarni qo'shimcha ajratish imkonini beradi .
Donni fraktsiyalarga ajratish A1-BKG rusumli yorma ajratgichlarda yoki A1-BRU rusumli elakdonlarda bajariladi. Saralashda asosiy talab donni yirikligi bo'yicha juda katta aniqlikda bir xilligini ta'minlash. Har bir don fraktsiyasida chegaralangan miqdorda boshqa o'lchamli don bo'lishiga ruxsat beriladi. Yirik fraktsiya donlarida juda yirik donlarning miqdori 2 % dan, mayda donlarning miqdori 4...6 % dan oshmasligi kerak. Mayda don fraktsiyalarida esa yirik don miqdori 5 % dan, mayda don 3 % dan ko'p bo' lmasligi kerak.
Donning tarkibidan chiqindilarni qo'shimcha ajratib olish uchun A1-BRU rusumli elakdonlarda har bir fraktsiya doni uchburchak teshikli g’alvirlarda saralanadi 22-jadval.
jadval
Ajralishi qiyin bo'lgan chiqindilarni ajratish uchun qo'llanadigan g’alvirlar.
Don fraktsiyasi raqami
|
G’alvir teshigining diametri, mm (g’alvirda qolgan don fraktsiyasini belgilaydi)
|
Uchburchak teshik tomonlarining o'lchamlari, mm
|
I
|
4,5
|
7,0
|
II
|
4,2
|
6,0...6,5
|
III
|
4,0
|
6,0
|
IV
|
3,8
|
5,5...6,0
|
V
|
3,6
|
5,0...5,5
|
VI
|
3,3
|
5,0
|
Grechixa donining qobig’ini ajratish.
Donni qobig’ini ajratish va qobiq ajratishda hosil bo'lgan mahsulotlarni saralash har qaysi fraktsiya uchun alohida bajariladi. Texnologik jarayon parallel oltita donni qobig’ini ajratish va qobiq ajratishda hosil bo'lgan mahsulotlarni saralash sxemasidan tashkil topgan.
Har qaysi fraktsiyaning donlarini qobig’i valli-dekali dastgohda ajratiladi. Valli-dekali dastgohning ishchi organi val va deka tabiiy toshdan yoki abraziv materialdan tayyorlangan bo'ladi. Vallarning aylanish tezliklari quyidagicha bo'ladi:
I va II fraktsiya uchun - 14...15 m/s, III va IV fraktsiya uchun - 12...14 m/s, V va VI fraktsiya uchun - 10...12 m/s.
Dostları ilə paylaş: |