jarayonlari.
Javdar donidan chiqishi 63 % bo'lgan elanma uni tortiladi. elanma uniga yuqori talablar qo'yiladi, shuning uchun un tortishning rivojlangan sxemasi qo'llaniladi. Yormalash sistemasida donni pachoqlash sistemasi qo'shimcha o'rnatiladi. YAnchish jarayoni 6...7 sistemaga oshadi.
Yormalash sistemasida donni pachoqlash vaqtida 1 % gacha kuldorligi yuqori (3,5...4,0 %) bo'lgan ozuqa uni ajratib olinadi, natijada elanma unining sifati yaxshilanadi va chiqishi ko'payadi.
Un hamma sistemalardan ajratib olinadi. I...III Yormalash sistemalaridan boshlab Yorma va dunstlar yanchish sistemalarida yanchish uchun ajratib olinadi. Birinchi Yormalash sistemasida mahsulot ajratib olish (N 08 elakdan o'tgan elanma) 35...40 % ni, ikkinchi Yormalash sistemasida 45...55 % ni tashkil qiladi. Har qaysi yanchish sistemasida unning chiqishi 30...40 % ni tashkil qilishi kerak.
Javdar donidan ikki navli sidirma un tortishning texnologik
jarayonlari.
Javdar donidan ikki navli un tortishda elanma va sidirma unlari olinadi. Unning umumiy chiqishi 80 % ni tashkil qiladi, shundan 15 % ni elanma va 65 % ni sidirma uni tashkil qiladi. Bunday un tortish uchun donni tayyorlash bo'limida javdar doni oldindan A1-ZSHN-3 mashinasida qobig’i ajratiladi. Kepakning umumiy chiqishi 17 % ni tashkil qiladi. Elanma unining sifat ko' rsatkichlari quyidagi talablarni qoniqtirishi shart:
Kuldorligi 0,75 % dan ko'p emas;
Yirikligi - N38 ipak elakdan o'tgan elanma 90 % dan kam emas.
18-jadval.
Ikki navli elanma va sidirma uni tortishda maydalash sistemalarining texnik
tavsifi
Dostları ilə paylaş: |