texnologik jarayonlari. Oddiy un tortish jarayonida donni aleyron qatlami, murtagi va qobiqlari bilan birga yanchish natijasida jaydari un olinadi.
Donni oddiy un tortishga tayyorlashni texnologik sxemasi asosida don elevatordan yig’uvchi bunkerlarga kelib tushadi. Bunkerlardan keyin don me'yorlagichlardan o'tib aralashtiruvchi shneklarga tushadi va avtomatik tarozida o'lchanadi.
Texnologik sxema bo'yicha uchta asosiy jarayon bajariladi. Birinchi bosqichda don chiqindilardan tozalanadi va yuzasiga quruq ishlov beriladi. Ikkinchi bosqichda donga sovuq usulda gidrotermik ishlov beriladi. Uchinchi bosqichda takroriy donning yuzasiga ishlov beriladi va don oxirgi marta chiqindilardan tozalanadi.
Dondan eni va qalinligi bilan farq qiladigan va yengil chiqindilar separatorlarda (A1-BIS-12, A1-BLS-16 va boshqa separatorlarda) ajratib olinadi. Dondan uzunligi bilan farq qiladigan chiqindilar trierlarda (A9-UTK- 6 va A9-UTO-6) ajratiladi.
Dondan zichligi bilan farq qiladigan mineral aralashmalar tosh, shisha bo'laklari, nomagnit metallar toshtozalagich mashinasida (R3-BKT-9) dondan ajratib olinadi.
Donni metal-magnitli aralashmalardan tozalash magnitli separatorlarda amalga oshiriladi.
Donning yuzasiga quruq ishlov berish asosan qayroqlovchi (A1-ZSHN-3) yoki qamchinli mashinalarda (R3-BGO) bajariladi. Bunda dondan 1,5.3% gacha qobiq ajratib olinadi, hamda donning kuldorligi 0,03...0,04% gacha kamaytiriladi.
Donga gidrotermik ishlov berish jarayoni bir bosqichda bajariladi. Bunda javdar donining namligi 14,5... 15,0 % gacha, bug’doyning namligi
. 15,0 % gacha etkaziladi.
Javdar donini navli un tortishga tayyorlashning texnologik jarayoni.
Javdar donidan navli un tortishning uchta turi mavjud: bir navli elanma uni; bir navli sidirma uni; ikki navli elanma va sidirma uni.
Donni navli un tortishga tayyorlashning texnologik sxemasi asosida don elevatordan yig’uvchi bunkerlarga kelib tushadi. Bunkerlardan keyin don me'yorlagichlardan o'tib aralashtiruvchi shneklarga tushadi va avtomatik tarozida olchanadi.
Texnologik sxema bo yicha don chiqindilardan tozalanadi va yuzasiga quruq ishlov beriladi. Ikkinchi bosqichda don oxirgi marta chiqindilardan tozalanadi va sovuq usulda gidrotermik ishlov beriladi.
Dondan eni va qalinligi bilan farq qiladigan va yengil chiqindilar separatorlarda (A1-BIS-12, A1-BLS-16 va boshqa separatorlarda) ajratib olinadi.
Dondan zichligi bilan farq qiladigan mineral aralashmalar tosh, shisha bo laklari, nomagnit metallar toshtozalagich mashinasida (R3-BKT-9) dondan ajratib olinadi.
Dondan uzunligi bilan farq qiladigan chiqindilar trierlarda (A9-UTK-6 va A9-UTO-6) ajratiladi.
Donni metal-magnitli aralashmalardan tozalash magnitli separatorlarda amalga oshiriladi.
Donning yuzasiga quruq ishlov berish asosan silliqlovchi (A1-ZSHN-3) mashinalarida bajariladi. Bunda dondan 3,5...5,0% gacha qobiq ajratib olinadi.
Donga gidrotermik ishlov berish jarayoni bir bosqichda bajariladi. Bunda javdar donining namligi 14,5... 15,0 % gacha, bug’doyning namligi
. 15,0 % gacha etkaziladi va 4...8 soat davomida bunkerlarda namiqtiriladi.
Bug’doy donini navli un tortishga tayyorlashning texnologik jarayoni.
Bug’doy donini navli un tortishga tayyorlash jarayoni elevatorda boshlanadi. elevatorda don chiqindilardan A1-BIS-100 separatorida, keyin A1-BSF-50 separatorida tozalanadi va 15% gacha mayda don fraktsiyasi ajratib olinadi. Tozalangan don tegirmonning tayyorlash bolimiga yuboriladi.
Donni navli un tortishga tayyorlashning texnologik sxemasi asosida don elevatordan yig’uvchi bunkerlarga ikki oqim bilan alohida (shaffofligi yoki
kleykovinasi yuqori va past bo'lgan donlar) kelib tushadi. Bunkerlardan keyin don ikki oqimda me'yorlagichlardan o'tib aralashtiruvchi shneklarga tushadi va avtomatik tarozida o'lchanadi. Bunda don ikki oqimda alohida mashinalarda chiqindilardan tozalanadi.
Dondan eni va qalinligi bilan farq qiladigan va yengil chiqindilar separatorlarda (A1-BIS-12, A1-BLS-16) ajratib olinadi.
Dondan zichligi bilan farq qiladigan mineral aralashmalar tosh, shisha bo'laklari, nomagnit metallar toshtozalagich mashinasida (R3-BKT-9) dondan ajratib olinadi.
Dondan uzunligi bilan farq qiladigan chiqindilar trierlarda (A9-UTK-6 va A9-UTO-6) ajratiladi.
Donni metal-magnitli aralashmalardan tozalash magnitli separatorlarda amalga oshiriladi.
Donning yuzasiga quruq ishlov berish asosan R3-BGO yoki R3-BMO-6 mashinalarida bajariladi. Bunda donning kuldorligi 0,03...0,04% gacha kamaytiriladi.
Donga gidrotermik ishlov berish jarayoni uch bosqichda bajariladi.
Donga asosan gidrotermik ishlov berish, ya'ni namlash A1-BSHU-1, A1- BSHU-2, A1-BMSH, A1-BAZ, A1-BUZ mashinalarida bajariladi va 13- jadvaldagi ko'rsatkichlarga muvofiq bunkerlarda namiqtirish uch bosqichda donning shaffofligiga qarab amalga oshiriladi.
jadval
Donning tipidan bog’liq holda gidrotermik ishlov berish rejimlari
Don Tipi
Donni shaffofligiga qarab namiqtirish vaqti, soat
I Yormalash sistema- sidan oldin donni namlash
Maydalashga jo'natiladigan donning umumiy namligi, %
shaffofligi, %
Namlash
Namiqtiris h vaqti, minut
60
60 40
40
miqdori %
I
8-16
6-12
4-8
0,3-0,5
20-30
14,5...16.0
II
8-16
-
-
0,3-0,4
20-20
15,5...16,5
III
15-24
6-12
4-8
0,5-0,7
30-40
14,0...15,0
IY
16-20
12-16
6-12
0,5-0,6
30-30
15,0...16,5
Donga birinchi marta gidrotermik ishlov berilgandan keyin oqimlar birlashtiriladi va ikkinchi marta gidrotermik ishlov berishga yuboriladi. Donga ikki marta gidrotermik ishlov berilgandan keyin donning yuzasiga yana bir marta RZ-BGO-8 yoki RZ-BMO-12 mashinalarida quruq ishlov beriladi. Keyin don magnit separatoridan o'tadi va R3-BEZ entoleytoriga yuboriladi. entoleytorda don urilishi natijasida strukturasi o'zgaradi, ya'ni endospermda yoriqlar soni ko'payadi. Don yengil chiqindilardan R3-BAB
80
pnemvoseparatorida tozalanadi va birinchi yormalash sistemasidan oldin gidrotermik ishlov beriladi (0,5%gacha namlash, 20...30 minut namiqtirish).
Donni un tortishga tayyorlash texnologik sxemasiga asosan tayyorlangan donning sifat ko'rsatkichlari maydalashdan oldin 14-jadvalda keltirilgan sifat ko'rsatkichlariga muvofiq bo'lishi shart.
Tegirmonning yanchish bo'limiga yuboriladigan donning sifat
ko'rsatkichlari. Tegirmonning tayyorlov bo'limida donning sifat ko'rsatkichlari va texnologik xossalari yaxshilanishi shart. Bunga don massasini chiqindilardan tozalash, don yuzasiga urib tozalovchi mashinalarda ishlov berish, yuvish va gidrotermik ishlov berish natijasida erishiladi. Undan tashqari donning texnologik xossalarini eng yaxshi ko'rsatkichlarda uzoq vaqt davomida bir me'yorda bo'lishini ta'minlash zarurdir. Buning uchun gidrotermik ishlov berishning aniq ko'rsatkichlarini va un tortish uchun bug’doy aralashmasi tarkibini to'g’ri tanlash kerak.
YAnchish bo'limiga yuboriladigan donning sifat ko'rsatkichlari 14- jadvalda keltirilgan.
jadval
I Yormalash sistemasiga yuboriladigan donning sifat ko'rsatkichlari
(shundan ko'p emas),% Kleykovina miqdori (shundan kam emas),% navli un tortishda jaydari
26
un tortishda
20
-
CHiqindilarning tasnifi.
Donlarni har xil uskunalar yordamida tozalanganda turli xil chiqindilar ajratib olinadi: separatorning g’alvirlaridagi qoldiq - yirik chiqindi; g’alviridan o'tgan mayda chiqindi; trierlardan uzun va kalta chiqindi; toshtozalagichdan mineral chiqindilar. Bundan tashqari aspiratsion changlar,
donni yuvganda hosil bo'ladigan chiqindilar va magnit separatorlarida ajratib olinadigan metal chiqindilar ajratib olinadi.
CHiqindilar tarkibida yaroqli don miqdoriga qarab asosan besh toifaga bo'linadi:
I - toifa - tarkibida yaroqli don miqdori 50 % dan yuqori;
- toifa - tarkibida yaroqli don miqdori 30...50 % gacha;
- toifa - tarkibida yaroqli don miqdori 10...30 % gacha;
- toifa - tarkibida yaroqli don miqdori 2...10 % gacha;
- toifa - tarkibida yaroqli don miqdori 2 % dan kam. CHiqindilarning V - toifasidan tashqari barcha chiqindi omuxta em ishlab chiqarish sanoatida ishlatilmaydi.