Ko'rsatkichlari
|
Miqdori
|
1
|
Unumdorligi:
un zavodlarida, bug’doy va javdar uchun kg/sek
|
0,85...1,2
|
2
|
Yorma zavodlarida , arpa uchun kg/sek
|
0,85
|
3
|
Abraziv doiralarning aylanish chastotasi, ayl\min
|
850
|
4
|
Abraziv doiralarning aylanish tezligi, m\sek
|
20
|
5
|
Abraziv doiralarning soni, dona
|
6
|
6
|
Abraziv doira diametri, mm
|
450
|
9-jadval
A1-ZSHN-3 mashinasining texnik tavsifi
10-jadval
Ko'rsatkichlari
|
Miqdori
|
Unumdorligi, kg\sek
|
0.97...1,22
|
Aylanish chastotasi, ayl\min
|
1200
|
Aylanish tezligi, m\sek
|
15,7
|
Baraban o'lchami, mm: uzunligi diametri
|
1000
250
|
SHoli Yormasini silliqlash uchun qollanadigan A1-BSHM-2,5 rusumli mashinaning tavsifi
Silliqlash jarayonini yormaning ximiyaviy tarkibiga ta'siri.
Silliqlash natijasida yormaning kimyoviy tarkibi o'zgaradi. Bunda oqsil, moy, mineral moddalar, vitaminlar va kletchatkaning miqdori kamayadi, kraxmalning miqdori ko'payadi 11-jadval.
jadval
Silliqlashda yormaning kimyoviy tarkibini o'zgarishi
Mahsulot
|
|
|
Miqdori, %
|
|
nomi
|
oqsil
|
moy
|
kletchatka
|
kuldorlik
|
Kraxmal
|
Silliqlanmagan sholi
|
7,3...15,4
|
2,4...3,9
|
0,8...2,6
|
1,5...2,1
|
79,4...88,0
|
Silliqlangan sholi
|
6,5...13,3
|
0,3...0,6
|
0,1...0,6
|
0,4...0,7
|
86,2...92,0
|
Silliqlanmagan tariq mag’izi
Silliqlangan tariq
|
15,4
|
4,6
|
1,04
|
1,34
|
75
|
mag’izi
|
13,9
|
3,1
|
0,65
|
1,02
|
79
|
Yormalarni sayqallash jarayoni.
Yormalarni sayqallash jarayonining asosiy maqsadi - yormaning tovar korinishini yaxshilash. CHunki ba'zi bir yormalarni (sholi, no'xat) silliqlash jarayonida mag’izning yuzasida g’adir-budirliklar bo'ladi, elash va sovurishda ajralmaydigan un qoladi. Yormaning yuzasini sayqallash uchun uni maxsus sayqallovchi mashinalarda yoki ishchi yuzalari mayda zarrachali abraziv materialdan tayyorlangan silliqlovchi mashinalarda ishlov beriladi.
Sayqallash jarayonida mag’izning yuza qatlamlari silliqlash ja- rayonidagiga nisbatan kam olib tashlanadi. SHuning uchun yormaning kimyoviy tarkibi sayqallashdan keyin juda kam o'zgaradi.
Takrorlash uchun savollar
Yormalar nima maqsadda silliqlanadi?
Yormalarni silliqlashda qanaqa mashinalar qo'llaniladi?
SHoli mag’izi qanaqa uskunalarda silliqlanadi? Ularning afzalligi va kamchiligini tavsiflang.
Nomerli yorma (bug’doy, arpa, makkajuxori) olishda qo'llaniladigan uskunalarning tavsifini keltiring.
Yorma olishda suli mag’izini qayroqlash usullarining tavsifini keltiring.
Silliqlash darajasiga qaysi omillar ta'sir qiladi?
Yormalar nima maqsadda silliqlanadi?
Silliqlashda qo'llaniladigan mashinalarning tavsifini keltiring.
Silliqlash jarayonining samaradorligiga qanday omillar ta'sir qiladi?
Silliqlash jarayonining samaradorligiga qanday omillar ta'sir qiladi?
Tayanch iboralari.
Yormalarni silliqlash. Yormalarni sayqallash.
11-MAVZU. UN TORTISHNING TURLARI
Reja:
Un tortishning turlari.
Un tortishning tasnifi.
Un tortishning umumiy sxemasi.
Tegirmonga keladigan donning sifat ko'rsatkichlari.
Bug’doy va javdar donlarini oddiy un tortishga tayyorlashni texnologik jarayonlari.
Javdar donini navli un tortishga tayyorlashni texnologik jarayoni.
Bug’doy donini navli un tortishga tayyorlashni texnologik jarayoni.
Tegirmonning yanchish bo'limiga yuboriladigan donning sifat ko'rsatkichlari.
CHiqindilarning tasnifi.
CHiqindilarni nazorat qilish.
Foydalanilayotgan adabiyotlar
Egorov G.A., Mel’nikov E.M., Maksimchuk B.M. Texnologiya muki, krupi, kombikormov. M. Kolos, 1984 g.
Egorov G.A., Martinenko YA.F., Petrenko T.P. Texnologiya i oborudovanie mukomofnoy, krupyanoy i kombikormovoy promishlennosti. M, MGAPP. 1996 g.
Butkovskiy V.A. Texnologiya mukomofnogo, krupyanogo i kombikormovogo proizvodstva. M. Agropromizdat, 1989 g.
Merko I.T. Texnologiya mukomoEno-krupyanogo proizvodstva. M. Agropromizdat 1985 g.
Un tortishning turlari.
Un tortish deb donni qayta ishlab un olish texnologik operatsiyalarining bir butunligiga aytiladi. Dondan qayta ishlab olinadigan un standart talablariga javob berishi va yuqori iste'molboplik xossalariga ega bo'lishi kerak. Unning navi va chiqishiga qo'yilgan talablarga qarab, texnologik operatsiyalarning soni, ularning o'zaro aloqadorligi va ketma ketligi turlicha bo'lishi mumkin. Jaydari un ishlab chiqarishda asosiy e'tibor donni anatomik qismlarga ajratmasdan ma'lum yiriklikgacha maydalash asosiy vazifa qilib qo'yiladi. Texnikaning zamonaviy rivojlangan darajasida bu muammoni hal qilish qiyin emas. SHuning uchun yanchish jarayoni donni un holigacha jadal maydalaydigan bitta bosqichdan iborat bo'ladi.
Navli un tortishda don endospermining kraxmalli qismi mayin qilib yanchiladi, qobiq, aleyron qatlam va murtak kepak ko'rinishida alohida ajratib olinadi. Donni maydalashga qaratilgan murakkab vazifa texnologik jarayonni murakkablashtirishni talab etadi. Bunda donni fiziko-kimyoviy, strukturali-mexaniq xossalariga asosan va donni sifatiga qarab maydalash mahsulotlarini ajratishni ta'minlaydigan qo'shimcha operatsiyalarni kiritish zarurati hosil bo'ladi.
Un tortishning tasnifi.
Umumiy qabul qilingan un tortishni tasniflanishi I.A Naumov tomonidan ishlab chiqilgan 10-rasm.
Un tortishni tasniflanishining umumiy sxemasi asosida donni maydalashning takrorlanishi, texnologik sxemada alohida bosqichlarning soni va un texnologiyasida alohida o'rinni egallagan boyitish jarayonining tuzilishini murakkablik darajasi turadi.
Maydalash jarayonining takroriyligiga qarab un tortish bir marotabali va takroriyga bo linadi. Bir marotabali un tortishda maydalash donni maydalovchi mashinadan bir marta o'tkazish bilan boradi, masalan, bolg’ali maydalagichdan bir marta otkazish orqali sodir bo'ladi. Bir marotabali un tortish faqat omuxta em sanoatida qo'llaniladi.
Dondan un tortishning barcha turlari takroriy tortish tasnifiga kiradi, bunda maydalash operatsiyalari bir necha bor takrorlanadi. Bunda un elaklarda ajratib olinadi, qolgan mahsulot esa mazkur tortishning vazifalarini amalga oshirguncha maydalanadi va saralanadi. Texnologik jarayonni tashkil qilinishiga qarab takroriy un tortish oddiy va murakkab turlarga bo'lish mumkin.
Oddiy un tortishning sxemasi birta texnologik bosqichdan iborat bo'lib, bunda yirik zarrachalar maydalash operatsiyasini uch yoki to'rtta sistemadan ketma - ket o'tadi. Oddiy un tortishga bug’doy va javdar donidan jaydari un tortish kiradi.
Murakkab tortishga bug’doy va javdar donlaridan navli un tortish kiradi. Bu holda texnologik jarayonning farqli tomoni Yormalarni boyitish jarayonlarini borligi va ularni rivojlanganligi shuning bilan birga silliqlash jarayonning mavjudligi hisoblanadi. Javdar donini qayta ishlashda bu ikki jarayon ishlatilmaydi. CHunki donni anatomik xususiyatlari Yorma korinishida toza endospermni olishga imkoniyati bermaydi. SHuning uchun javdar donidan navli un tortish (sidirma va elanma) murakkab takroriy un tortishning 1-guruxini tashkil qiladi.
Bug’doy donini qayta ishlashda texnologik jarayonni qurilishi mazkur korxona uchun belgilangan un navlarining turidan bog’liq holda aniqlaniladi. Ikkinchi navli un ishlab chiqarishda tortish jarayonini soddalashtirish mumkin, boyitish jarayonini qiskartirish, Yormalarning bir qisminigina boyitish bilan qayroqlash jarayonidan voz kechish mumkin.
Bug’doy donidan kop navli un tortish yoki bir navli un tortish texnologik jarayonni murakkablashtirishni talab qiladi. Bunda asosiy vazifa qilib, endospermning kraxmalli qismini to'liq ajratib olish va boshqa anatomik qismlari kam bo'lgan unga aylantirish quyiladi. Bu xolda texnologik sxema, uning alohida bosqichlari, shuningdek boyitish va qayroqlash jarayonlari to'liq rivojlantiriladi.
Un tortishning umumiy sxemasi.
Un tortish sxemasida qayroqlash jarayoni boyitish jarayoni bilan chambarchas bog’langan. Ularning organiq birikishlarini yormalarni boyitish jarayonining butun bir qismi deb qarash mumkin.
SHunday qilib, un tortishning tasniflanish sxemasi ularni tashkil qilishning aniq o'ziga xosliklarini, shuningdek ishlab chiqarilayotgan unlarning turlarini hisobga oladi. Unning sifatiga quyilgan talabning ortishi bilan nafaqat un tortishning sxemasi, balki donni un tortishga tayyorlash sxemasi ham murakkablashadi.
Dostları ilə paylaş: |