Qobiq ajratishda hosil bo'lgan mahsulotlarni saralash sxemalari.
Qobiq ajratish jarayonining texnologik sxemasi deganda qobiq ajratish va qobiq ajratishdan keyin hosil bo'lgan mahsulotlarni saralash jarayonlari tushiniladi. Qobiq ajratish jarayonining ikkita printsipial texnologik sxemasi mavjud:
usul - mag’izni oraliqda ajratib olmasdan qobiq ajratish;
usul - mag’izni oraliqda ajratib olib qobiq ajratish.
Birinchi sxema asosida donning qobig’i ajratilsa, birinchi mashina ishlov berilgandan keyin un, maydalangan mag’iz va qobiq ajratib olinadi va qolgan qobig’i ajratilgan mag’iz va don aralashmasi keyingi ikkinchi qobiq ajratish mashinasiga uzatiladi. Bu jarayon shunday vaqtgacha davom etadiki, to aralashmada qolgan qobig’i ajratilmagan donlarning miqdori tayyor yorma
69
uchun ornatilgan miqdordan kam bo'lgancha. Bunday texnologik sxema aralashmalami ajratishni iloji bo'lmaganda (arpa, bug’doy, no'xat, makkajuxori donlarini qobig’ini ajratishda) qo'llaniladi 9-rasm.
Mag’izni oraliqda ajratib olib qobiq ajratish sxemasi o'ziga quyidagilarni kiritadi: un, maydalangan mag’iz va qobiqni ajratib olish; qobig’i olingan mag’izni qobig’i olinmagan dondan ajratish.
8-rasm. Mag’izni oraliqda ajratib olmasdan qobiq ajratishni printsipial sxemasi:
1 - qobiq ajratgich mashinasi; 2 - elovchi mashina; 3 - aspirator. I - maydalangan mag’iz; II - un; III - qobiq.
Qobig’i olinmagan don qayta alohida qobiq ajratish sistemasiga yuboriladi. Bu uskunalarga tushadigan yuklamani kamaytiradi va mag’izni qo' shimcha maydalanishdan saqlaydi.
9-rasm. Mag’izni oraliqda ajratib olib qobiq ajratishni printsipial sxemasi:
1 - qobiq ajratgich mashinasi; 2 - elovchi mashina; 3 - aspirator; 4 - yormaajratgich mashinasi. I - maydalangan mag’iz; II - un; III - qobiq.
Yorma zavodlarida mahsulotlarni saralash uchun qo'llaniladigan
elakdonlarning sxemalari. Yorma zavodlarida maydalangan mahsulotlarni yirikligi bo'yicha saralash uchun elakdonlar qo'llaniladi. Elakdonlarning konstruktsiyalaridan bog’liq holda ularda 14 ta elak ramkalari bo'ladi. Elakdonga keladigan mahsulotning tavsifiga asosan elak ramkalari har bir sxema asosida yig’ilgan bo'ladi.
Yorma zavodlarida A1-BRU rusumli elakdonlar qo'llaniladi.
A1-BRU rusumli elakdon asosan yorma zavodlarida qo'llaniladi: grechixa zavodlarida yormalarni saralashda; tariq zavodlarida qobig’i
70
ajratilgan donlardan ozuqa unini ajratishda;, arpa zavodlarida yormalarni dastlabki saralash uchun qo'llaniladi.