Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi


CHiqindilarni nazorat qilish



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə20/34
tarix25.09.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#148584
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34
Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi

CHiqindilarni nazorat qilish.

Donni tayyorlash bo limida olingan chiqindilar buratlarda, trierlarda, aspiratorlarda nazorat qilinadi va ularning tarkibidan maksimal miqdorda yaroqli donlar ajratib olinadi.
Donni tozalash bolimida olingan chiqindilar ikki oqimda nazorat qilishga yuboriladi. Birinchi separatordan olingan chiqindilar, hamda jaydari un tortishda birinchi urib tozalovchi mashinalardan olingan chiqindilar (III - kategoriyali) N1 buratga yuboriladi. N2 buratda donni oxirgi tozalovchi mashinalardan olingan chiqindilarga ishlov beriladi. N1 buratni 1,6 nomerli metal simli g’alviridan o'tgan elanma mayda mineral changlar va qumlar, qisman organiq bo'lakchalar alohida sig’imga yuboriladi. N2 buratning birinchi 1,6 nomerli metal simli g’alviridan o'tgan elanma organiq bo'lakchalardan tashkil topgan, ularni III kategoriyali chiqindilarga yuboriladi.
Ikkala buratdagi N5 g’alvirdan o'tgan elanma ham ozuqa ishlab chiqarish uchun qo'llaniladi, chunki tarkibida maydalangan donlar va ifloslantiruvchi aralashmalarning urug'dari bo'ladi. N5 g’alvirning qoldig’i bilan olingan don tarkibidan yengil aralashmalar havo separatorida ajratib olingandan keyin umumiy don oqimiga qaytarib yuboriladi.
Trierlarda dondan ajratib olingan kukol alohida bunkerga yuboriladi va keyin yo'q qilinishi shart. Uzunligi bo'yicha farq qiladigan uzun chiqindilar (suli, yovvoyi suli, arpa) II-III kategoriyali chiqindilarga yuboriladi.
Hamma I-IV kategoriyali chiqindilar bolg’ali maydalagichda maydalanadi, chunki ifloslantiruvchi chiqindilarning urug'Tari, ayniqsa yovvoyi sulining urug'’i hayvonlarning hazm qilish organlaridan o'tgandan keyin ham unib chiqish xususiyatini saqlab qoladi. Hamma chiqindilar avtomatik tarozida o'lchanadi.
Takrorlash uchun savollar

  1. Un tortish deb nimani tushunasiz?

  2. Un tortishning turlarini keltiring.

  3. Un tortish qaysi ko'rsatkichlari bilan tasniflanadi?

  4. Navli un tortishda qaysi jarayonlar ishtirok etadi?

  5. Oddiy un totishda qaysi jarayonlar bo'lishi shart?

  6. Murakkab takrorlanuvchi un tortishda qanaqa navli unlar olinadi?

  7. Tegirmonga keladigan donlarning sifatiga qanday talablar qo'yiladi?

  8. Sifat ko'rsatkichi konditsiyalarini keltiring.

  9. Donning qaysi ko'rsatkichlariga qarab, don namlanadi va namiqtiriladi?

  10. Don qanaqa mashinalarda namlanadi?

  11. Donning qaysi sifat ko'rsatkichiga qarab namiqtirish vaqti belgilanadi?

  12. Navli un tortishga tayyorlashda bug’doy doni nima uchun ikki oqimga bo' linadi?

  13. Navli un tortishga tayyorlashda bug’doy doniga nima uchun ikki marta gidrotermik ishlov beriladi?

  14. Navli un tortishga tayyorlashda I Yormalash sistemasi oldidan bug’doy doniga nima uchun gidrotermik ishlov (0,5%gacha namlash, 20...30 minut namiqtirish) beriladi?

  15. CHiqindilarning nechta toifasi bor?

  16. CHiqindilarni toifalariga mansubligi qanday aniqlanadi?


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin