Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti S3-21 ap guruh talabasi Tolibova Mehrinozning



Yüklə 251,16 Kb.
səhifə10/10
tarix05.12.2023
ölçüsü251,16 Kb.
#172690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tolibova Mehrinoz Умумий психология сентябр 1

Xotira borasidagi nazariyalar
Inson xotirasining qonuniyatlarini o’rganish psixologiya fanining markaziy masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Ma'lumki, insonning har qanday kechinma, xatti-harakatlari uzoq muddat ongda saqlanib, ma'lum bir sharoitda qayta namoyon bo’luvchi izlar qoldiradi. Shuning uchun, xotira deganda, inson tabiat, jamiyat, koinot to’g’risida ma'lumot, xabar va taassurot to’plash imkoniyatini beradigan hamda ilgarigi tajriba izlarini esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutishni tushuniladi. Bunga bog’liq ravishda psixologiya fani oldida xotira jarayonlarini o’rganish bilan aloqador bo’lgan qator murakkab muammolar masalalarini tadqiq qilish masalasi turibdi. Bular quyidagilardan iborat: izlarni esda olib qolishning fiziologik mexanizmlari qanday, esda olib qolishga qanday ob'ektiv (tashqi), sub'ektiv (ichki), tabiiy, biologik va ijtimoiy, psixologik sharoitlar ta'sir qiladi, ularning chegaralari qanday kabi masalalarga qaratilgan.
Hozirgi zamon xotirani tadqiq qilish bilan bog’liq tadqiqotlarda markaziy o’rin xotira jarayonining asoslariga ajratilgan. Xotira jarayonining asoslari 3 yo’nalishda o’rganilgan: psixologik, neyro-fiziologik, bioximik. Xotiraning psixologik nazariyalari inson faolligi bilan bog’liq bo’lgan xotira jarayonlarini shakllantirishni tadqiq etadi. Ulardan birinchisi assosiativ nazariyadir. Ma'lum bir bilimlar inson ongida birin ketin o’rin olishi tufayli ularda assosiativ bog’liqlikni yuzaga keltiradi va ushbu bog’liqlikda biror bir narsa esga tushiriladi. Ushbu assosiasiyalarni 3 turga bo’lish mumkin, ya'ni ob'ektlarning fazoviy bog’liqligi, bir-biriga mosligi va qarama-qarshiligidir. Bundan 3 ta assosiasiya kelib chiqadi: bir-biriga bog’liqlik, o’xshashlik va qarama-qarshilik. Assosiasiya nazariyasi bo’yicha xotira assosiativ bog’lanishlar asosida mavjud ma'lumotni saqlash va qayta tiklash imkoniyatiga ega. Ikkinchi psixologik nazariya xotiraning geshtalt nazariyasidir. Ushbu nazariyaning asosiy ta'limoti narsaning negizi, yaxlitligi, yig’indisidir. Ushbu nazariyaga asosan xotira yaxlit hodisa sifatida tahlil etiladi. Bixeviorizm - inson xotirasida, esda olib qolishda takrorlashning ahamiyatiga diqqatni qaratadi. Freydizm xotirani emosiyalar, motivlar va ehtiyojlar bilan bog’laydi. Xotiraning mantiqiy nazariyasi A.Bine va Byullerlar tomonidan ilgari surilib, ular xotiradagi materialni xotiraning mantiqiy esda olib qolinishi bilan bog’laydi. A.N.Leontev, N.I.Zinchenko, A.A.Smirnovlar tomonidan faoliyat nazariyasi ilgari surilib, turli tasavvurlar orasidagi bog’liqlik esda olib qolingan materialning qandayligiga emas, balki odamning u bilan nima qilishiga bog’liqdir.
Yüklə 251,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin