Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti S3-21 ap guruh talabasi Tolibova Mehrinozning



Yüklə 251,16 Kb.
səhifə3/10
tarix05.12.2023
ölçüsü251,16 Kb.
#172690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tolibova Mehrinoz Умумий психология сентябр 1

Xotira turlari
Xotira insonning holati va faoliyatining barcha sohalarida qatnashishi tufayli uning namoyon bo’lish shakllari, holatlari, shart-sharoitlari, omillari ham xilma-xil ko’rinishga egadirlar. Odatda xotirani muayyan turlarga ajratishda eng muhim asos qilib uning tavsifnomasi sifatida esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish, unutish singari jarayonlarni amalga oshiruvchi faoliyatining xususiyatlariga bog’liqligi olinadi. Shu o’rinda ta'kidlash joizki, ayrim darsliklarda xotira turlari turlicha klassifikasiya qilinadi. Jumladan, A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida quyidagi klassifikasiya uchraydi:
 Faoliyatda ko’proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab: harakat, emosional, obrazli va so’z mantiq xotira.
 Faoliyatning maqsadlariga ko’ra: ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotira.
 Materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko’ra: qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotira.
M.G.Davletshin tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" o’quv qo’llanmasida quyidagi xotira klassifikasiyasi qayd qilinadi:
 Psixik faolligiga ko’ra: ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira.
 Faoliyat maqsadiga ko’ra: harakat, emosional, obraz va so’z-mantiq xotirasi.
 Muddatiga ko’ra: uzoq muddatli, qisqa muddatli va operativ xotira.
E.G’.G’oziev tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" o’quv qo’llanmasida xotira turlari quyidagicha klassifikasiya qilingan.
Harakat xotirasi - inson faoliyatining har bir turida ruhiy faollikning u yoki bu ko’rinishlarini ustunlik qilishida kuzatiladi. Masalan, harakat, hissiyot, idrok, aql-zakovat kabi ruhiy faoliyatning ko’rinishlari mavjuddir. Ana shu ruhiy faollik turlarining har biri tegishli harakatlarda va ularning mahsulotlarida o’z ifodasini topib harakatlarda,hissiy kechinmalarda, tuyg’ularda, obrazlarda, timsollarda, fikr va mulohazalarda aks etadi. Turli harakatlar va ularning bajarilishi tartibi, tezligi, sur'ati, izchilligi va boshqalarni esda qoldirish, mustahamlash, esga tushirishdan iborat xotira turi harakat xotirasi deb ataladi.
Xotiraning bosh qa turlariga qaraganda, harakat xotirasi ba'zi odamlarda aniq ravshan ustunlik qilishi uchrab turadi. Psixologiya fanida klassik misolga aylanib qolgan ushbu holatni keltirib o’tish maqsadga muvofiqdir: bir musiqa ishqibozi musiqalarni xotirasida mutlaqo qayta tiklay olmas ekan, lekin u yaqindagina eshitgan operani faqat pantomimika tarzidagina qayta tiklash imkoniyatiga ega bo’lgan. Turmushda shunday odamlar uchraydiki, ular o’zlarida harakat xotirasining borligini umuman payqamaydilar. Mazkur xotira turining g’oyat ahamiyati shundan iboratki, u yurish, yozish, ifodali harakat malakalari bilan bir qatorda har xil amaliy mehnat malakalarini tarkib toptirishning asosini tashkil qiladi. Agar insonda harakat xotirasi bo’lmaganda edi, o’zini har gal "boshdan boshlab" o’rganar edi. Figurali uchish, langar bilan sakrash, gimnastika, chopish, xatti-harakatlar, badiiy gimnastika bilan shug’ullanish harakat xotirasini taqozo etadi. Jismoniy chaqqonlik, mehnat mahorati, "oltin qo’llar", ziyrak ko’zlar, egiluvchanlik va kuzatuvchanlikka ega bo’lish yuksak, barqaror harakat xotirasi mavjudligining alomati bo’lib hisoblanadi.

Yüklə 251,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin