Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti S3-21 ap guruh talabasi Tolibova Mehrinozning



Yüklə 251,16 Kb.
səhifə9/10
tarix05.12.2023
ölçüsü251,16 Kb.
#172690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tolibova Mehrinoz Умумий психология сентябр 1

Xotiradagi individual farqlar
Xotira jarayonlaridagi individual farqlar esda qoldirishning tezligida, aniqligida, mustahkamligida va qayta esga tushirishga tayyorligida ifodalanadi. Bu farqlar malum darajada nerv faoliyati tiplarining xususiyatlari bilan, qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining kuchi va harakatchanligi bilan bog’liqdir. Individual farqlar yana shunday hollarda namoyon bo’ladiki, ba'zi odamlar obrazli materiallarni, rang, tasvir, narsa, tovushlarni samarali va mustahkam esda olib qoladilar. Boshqa bir odamlar so’zlarni yaxshi eslab qoladilar. Uchinchi bir toifa odamlarda esa malum bir materialni esda olib qolishda yaqqol ustunlik sezilmaydi. Shunga muvofiq psixologiyada xotiraning quyidagi tiplari farqlanadi: ko’rgazmali obrazli xotira, so’z mantiqiy xotira va oraliq tipdagi xotira. Masalan, ko’rgazmali obrazli xotira tipi ko’proq rassomlarda, so’z mantiqiy tipi nazariyotchi olimlarda uchraydi.
Xotira tasavvurlari
Ilgari idrok qilingan narsa va hodisalar obrazlarining ongimizda qaytadan gavdalanishiga xotira tasavvurlari deyiladi. Esda olib qolish va qayta esga tushirish tasavvur obrazlari orqali amalga oshiriladi. Xotira va xayol tasavvurlari bir-biridan farq qiladi. Xotira tasavvurlari ilgari idrok qilingan, ammo hozir ko’z o’ngimizda bo’lmagan narsalarning obrazlarini ongimizda gavdalanishdan iborat. Masalan, yoshlik vaqtimizdagi hodisalarni eslashimiz, ongimizda qayta tiklashimiz xotira tasavvurlari bo’ladi. Xayoliy tasavvur xotira tasavvuriga qaraganda murakkab bo’lib, ongimizdagi bilimlar tajribalarimiz asosida ilgari idrok qilinmagan, shu paytgacha uchramagan narsalarning obrazlarini yaratishdan iboratdir. Xayoliy tasavvur ijod qilish bilan bog’liq. Masalan: ertaklar, romanlar umuman biror asarni o’qiyotganimizda undagi qahramonlarning ko’z o’ngimizda gavdalanishi xayoliy tasavvurdir. Tasavvurlar paydo qilishda so’zning ahamiyati katta. So’z bilan nomlash tegishli obrazning yaratilishiga yordam beradi. Masalan, "ildiz", "o’t" so’zlarini to’rt kishiga berib, qanday tasavvur qilishlarini so’rasak, ularning tasavvurlari birbiridan farq qilishini ko’ramiz, chunki, har bir kishi tajribasiga ko’ra, kasbiga ko’ra tushunadi. Masalan, matematik ildizni sonning ildizi deb, botanik o’simlik qismini, uning ildizini, tish doktori esa tish ildizini tushunadi. Tasavvur qilishning fiziologik asosi shartli reflekslarning hosil bo’lishi, bosh miya po’stida paydo bo’lgan izlarning jonlanishidir. Tasavvur birorta turtki tasirida jonlanadi, masalan, biror odam haqida tasavvurlarning tug’ilishi uchun birorta so’z yoki hodisa turtki bo’ladi. Asosan, maxsus qo’zg’ovchi so’zdir, shuning uchun so’z bilan tasvirlash orqali tasavvurlar tug’iladi.

Yüklə 251,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin