Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti S3-21 ap guruh talabasi Tolibova Mehrinozning



Yüklə 251,16 Kb.
səhifə6/10
tarix05.12.2023
ölçüsü251,16 Kb.
#172690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tolibova Mehrinoz Умумий психология сентябр 1

Operativ xotira inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol tezkor harakatlar, usullar uchun xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holat operativ xotira deb ataladi. Hozirgi zamon psixologiyasida ushbu holatni namoyon qilish uchun quyidagi misol keltiriladi. Matematik amalni bajarishga kirishar ekanmiz, biz uni muayyan bo’laklarga ajratib hal qilishni maqsad qilib qo’yamiz. Shu boisdan oraliq natijalarni yodda saqlashga intilamiz, nihoyasiga yaqinlashgan sari ayrim materiallar esdan chiqa boshlaydi. Mazkur holat matnni talaba yoki o’quvchi tomonidan o’qishda, uni ko’chirib yozishda, ijodiy fikr yuritishda, aqliy faoliyatni amalga oshirishda yaqqol ko’zga tashlanadi. Xotira jarayonlari Xotira faoliyati esda qoldirishdan boshlanadi. Esda qoldirish idrok qilingan narsa va hodisalarni miya po’stida iz hosil qilishdir. Uning fiziologik asosi miya po’stida muvaqqat nerv bog’lanishining vujudga kelishidir. Esda qoldirish o’zining faolligi jihatidan ikkiga bo’linadi: a) ixtiyoriy esda qoldirish; b) ixtiyorsiz esda qoldirish. Ixtiyorsiz esda qoldirishda oldindan maqsad quyilmaydi, mavzu tanlanmaydi va iroda kuchi sarflanmaydi. O’zining go’zalligi, hissiy ta'sirchanligi, hajmi, harakatchanligi, tezligi, shakli va boshqa xossalari bilan farq qiladigan narsa va hodisalar ixtiyorsiz esda qoladi. Masalan, tasodifiy hodisalar, karnay-surnay ovozi ixtiyorsiz esda qoladi. Ixtiyoriy esda qoldirishda esa oldindan maqsad qo’yib mavzu belgilanadi. Masalan, dars materiallarini esda olib qolish, imtihonga tayyorlanish va boshqalar. Ixtiyoriy esda qoldirishda quyidagi turli usullardan foydalaniladi:
 maqsad qo’yish, masalan, institutga kirish oldidagi maqsad;
 o’quv materiallarini tushunib esda qoldirish;
 esda qoldirishning rasional usullaridan foydalanish, masalan, esga tushirish yo’li bilan esda qoldirish.
Beixtiyor esda qoldirishda qiziqish katta rol o’ynaydi. Bizning oldingi tajribamiz bilan bog’liq narsa va hodisalar beixtiyor oson esda qoladi. Biz ba'zi bir faktlarni bilsak, ular haqida tushunchaga ega bo’lsa, shu faktlarga tegishli bo’lgan hamma narsalar oson esda qoladi. Ixtiyorsiz esda qoldirish inson hayotida katta ahamiyatga ega bo’lib, undan ortiqcha harakat talab qilmagan holda hayotiy tajribalarni kengaytiradi va boyitadi. Biroq ixtiyorsiz esda qoldirish tez bo’lsa ham ko’pincha noaniq bo’ladi, bunday esda olib qolingan narsa va hodisalar keyinchalik yanglish esga tushiriladi.
Ixtiyoriy esda qoldirish ko’zda tutilgan maqsadga muvofiq tanlangan materialni esda qoldirishdir. Kishi ixtiyoriy esda qoldirish uchun esda saqlashning maxsus usullarini saqlagan holda materialni puxta esda qoldirish uchun o’zining kerakli kuchini sarf qiladi. Ammo mexanik esda saqlanishni ma'noli esda saqlash bilan qo’llanilishi foydalidir.

Yüklə 251,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin