VI. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba: - gidromeliorativ va gidrotexnik inshootlar va tadbirlarini loyixasini asoslash uchun o‘tkaziladigan maxsus gidrogeologik va injener-geologik tadqiqotlar xaqida tasavvurga ega bo‘lishi; - maxsus tadqiqotlar o‘tkazish ishlarini, maxsus tadqiqotlar natijalarini qayta ishlashni, gidromeliorativ va gidrotexnik inshootlarni loyixasini murakkab sharoitda asoslash uchun nostandart usullarni qo ‘llashni o ‘ylab topishni bilishi va ulardan foydalana olishi; - amalda o‘tkazilgan gidrogeologik va injener-geologik tadqiqotlarni natijalarini ishlab chiqarishda amalga oshirish, taklif qilingan loyixa yechimlarini samaradorligini aniqlash, tadqiqot natijalaridan foydalana olish va amaliyotda qo‘llash ko ‘nikmalarigaega bo ‘lishi kerak. Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi “Suv tortib olish quduqlarida monitoring” fanlari umum kasbiy fani hisoblanib, 9 semestrdan o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, informatika va axborot texnologiyalari, fizika, gidrologiya va kimyo h.k), umumkasbiy(chizma geometriya va injenerlik grafikasi va h.k.) fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishlik talab etiladi.
“Suv tortib olish quduqlarida monitoring” fanidan olingan bilimlar «Shaharlar gidrogeologiyasi», «Meliorativ gidrogeologiya» va boshqa fanlarni samarali o‘zlashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.