8-mavzu. Suv tortib olish quduqlari mintaqalarida rejim kuzatuv quduqlari hamda peezometrlarni belgilangan sxema asosida qurish.
Maxsus usul yordamida ko‘tarmaning suv o‘tkazuvchanligi aniqlanadi. Ko‘tarmani hajmiy og‘irligi, tabiiy namligi, granulometrik tarkibi, suv o‘tkazuvchanligi va boshqalar.
Tajriba natijasida optimal namlik, optimal ish, optimal qalinlikdagi aralashma, optimal tarkib, filtratsiya koeffitsienti va boshqa ko‘rsatkichlar aniqlanadi. Xulosa va takliflar qilinadi.
9-mavzu. Kuzatuv quduqlarida rejim monitoringi oraliqlarini belgilash kuzatuv ishlarini tashkil qilish Tajriba o‘tkaziladigan maydonni injener-geologik sharoitini o ‘rganish. Uchastkani suv bilan namlashga tayyorlash, yerni tekislash, suv keltirish. Transheya kavlash. Transheya yuzasida bir tekis suv bilan namlash. Zichlangandan so‘ng va undan oldin tog‘ jinslarini injener-geologik xususiyatini aniqlab olish.
Zichlanadigan cho‘kuvchan gruntlarni burg‘u qudug‘i orqali namlash amalga oshiriladi. Transheyaga suv quyiladi cho‘kish ma’lum bir qalinlikda cho‘kish stabillashgan holatga yetkunigacha.
Suvli muhitda ya’ni transheyadagi suvni qalinligi 1.0-1.5 metrga yetganda portlashtiriladi. Portlash energiyasi ta’sirida grunt zichlanadi. Gruntni suvga to‘yinganligi 0.7-0.8 ga yetkazib portlatiladi. Portlatilgandan so‘ng 7.0 metr qalinlikda gruntlar tekshiriladi.
10-mavzu. Kuzatuv quduqlarini filtrlar bilan jihozlash Suvli gorizontlarni ochishning texnologiyasi oddiy va boshqa usullarga qaraganda samaralirog‘i zarba-kanatli usul bilan burg‘ilash bo‘lib, bunda suvli gorizontlarning tabiiy holati buzilmaydi, suvli gorizont gil qatlami bilan qoplanmaydi va uni bartaraf etish uchun qo‘shimcha ish va xarajat sarflanmaydi.
11-mavzu. Burg‘ilash ishi, burg‘ilash nasoslarini jihozlash va uning parametrlari Yuqori kuchlanishga ega bo‘lgan elektr liniyasidan dvigatellarga elektr energiyasi kuchlanishini pasaytiruvchi transformator yordamida statsionar yoki ko‘chma podstansiyalar orqali uzatiladi. Burg‘ilash stanoklari uzatmasi uchun kuchlanishi 220/380 V bo‘lgan o‘zgaruvchan tokda ishlaydigan asinxron dvigatellarni ishlatish tavsiya etiladi. Kichik quvvatga ega bo‘lgan dvigatellarda qisqa tutashtirilgan rotorli dvigatellar ishlatiladi.