14
muallif tahlillar asosida mavzuni takomillashtirish bo‘yicha
takliflar va tavsiyalar, uslubiy yondoshuvlar ishlab chiqadi, ilgari
surilayotgan taklif va g‘oyalar ham ilmiy ham amaliy jihatdan
asoslanadi.
Ikkinchi bob ustida ishlash talabadan chuqur tayyorgarlikni talab
etadi. Buning uchun ilmiy adabiyotlar va amaliy xarakterdagi
ma’lumotlarning yetarli bo‘lishi kifoya qilmaydi. Ushbu bobni
tayyorlashda talabaning ilmiy-tadqiqotlar olib borishga qodirligi,
muammoni chuqur tahlil eta olishi va murakkab ishlab chiqarish
sharoitlarida to‘g‘ri qarorlar qabul qila olishi namoyon bo‘ladi.
Talaba fan-texnika va ishlab chiqarishning oxirgi yutuqlaridan
boxabar bo‘lgan, zaruriy me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlangan, ishlab
chiqarishni tashkil etish va ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha
tavsiyalar bilan qurollangan, xo‘jalik yuritish tizimlari bilan yaqindan
tanish bo‘lsagina ilmiy asoslangan xulosa va takliflar bera olishi
mumkin.
Xulosa va takliflar
bitiruv malakaviy ishining mazmuni bayon
etilishini yakunlaydi. Unda talaba olib borgan ilmiy izlanishlarning
natijalari umumlashtiriladi. Xulosa va takliflar aniq, qisqa va tushunarli
tarzda bayon etilishi, faqatgina mavzuga oid masalalarni o‘zida aks
ettirishi lozim.
Xulosa va takliflar bitiruv malakaviy ishining kirish qismida
yoritilgan maqsad va vazifalarga to‘liq mos kelishi hamda ish oldiga
qo‘yilgan vazifalar qanday yechilganini ko‘rsatishi lozim. Takliflar aniq
natijalarga, tajribalarga asoslangan holda ko‘rsatib berilishi, zaruriy
hisob-kitoblar va ma’lumotlar bilan mustahkamlanishi maqsadga
muvofiq.
Dostları ilə paylaş: