11
Bitiruv malakaviy ishining asosiy materiallari talabalar tomonidan
bajarilgan bitiruv oldi amaliyoti va bitiruv malakaviy ishini bajarish
davrida to‘plangan ma’lumotlari va nazariy bilimlari tashkil etadi.
Bitiruv malakaviy ishlari so‘nggi uch yillik ma’lumotlari asosida
yozilishi maqsadga muvofiqdir. Eskirgan yoki mavhum ma’lumotlardan
foydalanish taqiqlanadi.
Mavzuga oid amaliy materiallarni va statistik (hisobot)
ma’lumotlarini to‘plashda ularning mavzuni yoritishga mos kelishiga va
chuqur tahlil etish uchun yetarlicha bo‘lishiga erishish kerak.
Korxonaning ishlab chiqarish salohiyati va iqtisodiy samaradorligi
ko‘rsatkichlarini to‘liq o‘rganmay va atroflicha tahlil etmasdan turib,
muammoni yechimi bo‘yicha tegishli xulosalar va takliflar tayyorlash
mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: