13
Ilovalar Mavzuga tegishli bo‘lgan har qanday
qo‘shimcha statistik ma’lumotlar, jadvallar,
chizmalar,
diagrammalar,
me’yoriy
hujjatlardan ko‘chirmalar va boshqalar
Cheklan-
magan
Bitiruv malakaviy ishining
kirish qismida
mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar talablari va mamlakat agrar
siyosatining istiqbolli yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda tanlangan
mavzuning dolzarbligi, ilmiy va amaliy ahamiyati, mavzuning
o‘rganilganlik darajasi, maqsadi va vazifalari, tadqiqotning ob’yekti va
predmeti, ilmiy yangiligi va ishning tarkibiy tuzilishi mazmunan
yoritiladi.
Maqsad va vazifalar bitiruv malakaviy ishining asosiy mazmunini
aks ettirish va qanday vazifalarni yechishga yo‘naltirilganini ko‘rsatib
berishi lozim.
Birinchi bobda
bitiruv malakaviy ishining nazariy asoslari bayon
etilib, tadqiqotning ilmiy va uslubiy jihatlariga qaratiladi va tadqiqot olib
borilgan ob’yektning tasnifini o‘zida aks ettirishi lozim. Bunda hozirgi
davrda bu mavzuga bo‘lgan nazariy yondoshuvlar, masalaning mohiyati,
muammoni yechishning asosiy omillari va talabaning ilmiy, nazariy
qarashlariga bo‘lgan munosabati bildiriladi.
Mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, alohida paragrafda
mavzuga oid muayyan uslubiy masalalarni ham ko‘rib chiqish foydadan
xoli emas. Albatta, talaba uchun mavzuning nazariy va uslubiy
jihatlarini ishlab chiqish og‘ir. Ammo, mavzuda ko‘rib chiqilayotgan
masalalarni yechimiga oid ilmiy-uslubiy yondoshuvlar va ularning
samaradorligini baholash mezonlariga umumiy baho berib ketish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: