7
- ijodiy ishlash, ishlab chiqilayotgan masalaning (muammoning)
qo‘yilish jarayonidan boshlab, uni to‘la nihoyasiga yetkazish bo‘yicha
qaror qabul qilishda bo‘lgan ma’suliyatni his etishga o‘rgatish;
- zamonaviy ishlab chiqarish va biznes, iqtisodiyot, texnika va
madaniyatining rivojlanishi sharoitida talabalarni
mustaqil ishlashga
tayyorgarligini aniqlash.
3. Bitiruv malakaviy ishlarning mavzusini tanlash.
Bitiruv malakaviy ishlar muvaffaqiyatini aniqlaydigan muhim va
mas’uliyatli vazifalardan biri – tadqiqot mavzusini tanlashdir.
Mavzularga qo‘yiladigan umumiy talab – ularning dolzarbligi, ishlab
chiqarish ehtiyojlari va muammolari bilan bog‘liqligidir. Ular hozirgi
zamon talablari va sanoatni rivojlanish tendensiyalari istiqbollaridan
kelib chiqishi zarur.
Bitiruv malakaviy ish mavzusi keng
qamrovli nazariy va amaliy
xususiyatga ega bo‘lishi, sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishning eng
muhim vazifalarini qamrab olishi va ilmiy-ishlab chiqarish yo‘nalishida
tadqiqotlar olib borishni nazarda tutishi lozim. Bitiruv malakaviy ish
mavzusi muammoning zamonaviy holatini va uning yechimini, ijtimoiy
sohalar, fan, ta’lim va madaniyatning istiqboliy rivojlanishini aks
ettirishi kerak.
Mavzuning dolzarbligini asoslashda ushbu masala ustida
tadqiqotlar olib borish nima uchun zarurligini, halq ta’limi bilan bog‘liq
qanday muammolar bunga sabab bo‘lganini va tadqiqot yakunlari
bo‘yicha erishilajak natijalar muammoni yechishga qanday ta’sir
ko‘rsatishini aniq bayon etib berish lozim.
Mavzu tanlashda ayrim talabalarning istiqbolda ilmiy-tadqiqot
ishlari olib borishga layoqati borligini nazarda
tutgan holda bitiruv
malakaviy ishi uchun tanlangan mavzu kelgusida magistrlik va doktorlik
dissertasiyalari tayyorlashda ham davom ettirilishi maqsad qilib
qo‘yilishi mumkin.
Shu bilan birga tavsiya qilinayotgan va tanlangan mavzuning
o‘quv jarayonida foydalanishini ham nazarda tutmoq lozim. Buning
uchun mavzuning o‘qilayotgan ma’ruza yoki olib borilayotgan amaliy
mashg‘ulot dasturida o‘z ifodasini topishiga erishish lozim.
Bitiruv malakaviy ishlari mavzulari ixtisoslashgan kafedralar
tomonidan belgilanadi va universitetning
ilmiy Kengashi tomonidan
8
tasdiqlanadi, mavzular har o‘quv yilida 20-30 foizga yangilanishi
tavsiya etiladi.
Buyurtmachi bo‘yicha bajariladigan bitiruv malakaviy ishlar
alohida amaliy ahamiyatga egadir. Ayniqsa muayyan ishlab chiqarish
korxonasi yoki tashkilotlarning moliyaviy ko‘magida tahsil olayotgan
talabalar bunday yondoshuvdan manfaatdor bo‘lishlari kerak. Bu ularga
keyinchalik ishga boradigan korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy
holatini chuqurroq tadqiq etishga va muammo va ehtiyojlarini
aniqlashga imkon beradi. Talaba yoki talabaning o‘qishi uchun to‘lov-
kontarkt mablag‘ini to‘lovchi buyurtmachi
zaruriy asoslar bilan
malakaviy ishlar mavzusi bo‘yicha o‘z variantlarini taklif etishlari
mumkin.
Bitiruvchi talabaga bitiruv malakaviy ish mavzusini tanlash huquqi
beriladi. Mavzuni tanlash jarayonida talabalarga ish rahbari yordam
berishi maqsadga muvofiq. Mavzuni tanlash jarayonida rahbar tavsiya
etilayotgan mavzular ro‘yxatini berish bilan cheklanib qolmay, balki
tanlanadigan mavzuni mohiyati va ochib
berish imkoniyatlari bilan
hamda ma’lumotlar manbalari bilan talabani tanishtirishi maqsadga
muvofiq.
Rahbar va talaba tanlagan mavzu bo‘yicha nazariy ma’lumotlar
yetarli bo‘lgani bilan talaba amaliyot o‘taydigan korxonada ushbu
mavzuni yoritish bo‘yicha kerakli ma’lumotlar bo‘lishiga ham e’tiborni
qaratish lozim. Shu sababdan bitiruv malakaviy ish mavzusi talabaning
bitiruv oldi amaliyoti o‘tash uchun boradigan korxona aniq bo‘lgandan
so‘ng tanlangani ma’qul.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusini tanlashda rahbar va talaba
quyidagilarga e’tibor berishi lozim:
1.
Amaliyot o‘tish mo‘ljallangan korxonada ilmiy izlanish olib
borish uchun imkoniyatlar mavjudligi.
2.
Malakaviy bitiruv ishini yozish
jarayonida mavzuni chuqur
o‘rganish va tajriba oshirish imkoniyati mavjudligi.
3.
Talabaning ilmiy-amaliy izlanishga qobiliyatliligi.
4.
Bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun ma’lumotlar,
yo‘riqnomalar bilan ta’minlanganlik darajasi.
Bitiruv malakaviy ishlar mavzusining yillik ro‘yxati bitiruv
amaliyoti boshlanishiga qadar yoki bitiruv kursining boshida e’lon
qilinadi. Bitiruv malakaviy ish mavzusi va kafedra mudirining
taqdimnomasi bo‘yicha rektorning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.