Sinov savollar 1. Nasos stansiyalari ishlash kafolatiga qarab qanday kategoriyalaga bo‘linadi.
2. Ruxsat etilgan so‘rish balandligi va nasos agregati poydevori belgisini aniqlash.
3. Nasos turi va ishchi agregatlar turini va sonini aniqlashda nimalarga asoslaniladi.
Tayanch iboralar: Nasos agregati poydevori, yordamchi nasos agregatlari, nasos stansiyalari kategoriyalari.
Quvurli uzatgichlar kommunikatsiyasini ta'mirlash Quvur uzatgichlarida rejali Goriy, o'rta, kapital) va rejasiz (avariyali) ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Joriy ta'mirlash — profilaktik tadbirlar orqali quvurning ayrim detal va konstruksiyalarini tezda ishdan chiqishini o'z vaqtida oldini olish bo'yicha bajariladigan sistematik ishlar kompleksi. Bu ishlar grafik bo'yicha ta'mirlash-tiklash xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
O'rta ta'mirlash — quvur detallarining texnik holatini nazorat qilish, ta'mirlash va almashtirish, uzellarni bo'laklarga ajratish kabi ishlar kompleksi. O'rta ta'mirlash mazmuni bo'yicha joriy ta'mirlashga o'xshash, lekin uni bajarish oralig'i bir yildan ortiq. O'rta ta'mirlash ishlari ta'mirlash-tiklash xizmati xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Kapital ta'mirlash — quvurli uzatgichlarni asosiy ta'mirlash ko'rinishi. Bu ta'mirlash quvur va undagi jihoz detallarining yaroqsiz holga kelgan vaqtida amalga oshiriladi. Bunda quvur jihozlan bo'laklarga ajratiladi va yaroqsiz detallari ta'mirlanadi yoki almashtiriladi. Kapital ta'mirlashda quvurning berkituvchi armaturalari, nuqsonli izolatsiya uchastkalari va chiziqli bo'limi ta'mirlanadi yoki yangisiga almashtiriladi. Kapital ta'mirlash jarayonida quvur orqali mahsulotlarni haydash to'xtatiladi.
Quvurli uzatgichlarni kapital ta'mirlash uch usul bo'yicha amalga oshiriladi:
Zovur qoshida; zovur ichidagi o'rindiqlar ustida va ta'mirlanadigan quvurga parallel yangi quvur yotqizish.
Quvurli uzatgichni zovur qoshida ta'mirlash quyidagi ketma-ketlikda bajariladi: Quvur ochiladi, izolatsiya qoplamasidan tozalanadi, zovur qoshiga qo'yiladi, kuzatiladi va jarohatlangan bo'lim aniqlanadi, payvand-tiklash ishlari bajariladi, keyin quvur yuzasi tozalanib izolatsiya qoplamasi hosil qilinadi, quvur zovur qoshidan uning ichiga tushiriladi va tuproq bilan berkitib ishlashga topshiriladi.
Quvurli uzatgichni mahkamlik ko'rsatkichi yuqoriga ko'tarib olish imkonini bermagan holda, quvur zovur ichida hosil qilingan o'rindiqlar ustida kapital ta'mirlanadi. Ta'mirlash yuqorida keltirilgan ketma-ketlikda bajariladi.
Mahsulot haydalayotgan quvur uzatgich bitta bo'lganda, mahsulot haydashni uzluksiz bo'lishini ta'minlash maqsadida unga parallel bo'lgan yangi quvur yotqiziladi va mahsulotni u orqali haydashni davom ettiriladi. Eski quvur bo'limi talab qilingan tartibda kapital ta'mirlanadi yoki yangi quvur bo'limi bilan almashtiriladi.
Rejasiz ta'mirlashga quvurli uzatgichlarda tasodifan-avariyalar sababli hosil bo'lgan nuqsonlarni bartaraf etish kiradi. Quvur uzatgichlardagi avariya turli sabablarga ko'ra istalgan soatning istalgan daqiqalarida sodir bo'lishi mumkin. Neft yoki uning mahsulotlarini oqizuvchi quvurli uzatgichlardagi avariyani bartaraf etish quyidagi tartibda bajariladi: quvuming jarohatli bo'limi aniqlanadi va quvur ochiladi, agar jarohat katta bo'lsa, mahsulot haydash to'xtatiladi, qazilgan chuqurlikdagi havo tarkibi tekshiriladi, mahsulot bug'ining miqdori me'yorida bo'lsa, olov ishlari ruxsat etiladi.
Quvur yuzasidagi jarohat kichik teshik ko'rinishida bo'lsa, metall yamog'i yoki qo'rg'oshin to'sig'i bilan berkitiladi. Metall yamog'i teshik ustiga quyiladi va uni maxsus siquvchi moslama yordamida quvur yuzasiga bosiladi, keyin quvur yuzasiga payvand qilinadi. Qo'rg'oshin to'sig'ini teshik ichida hosil qilish quyidagicha amalga oshiriladi: jarohatli yerda tegishli diametrdagi teshik ochiladi. Unga qo'rg'oshin vtulkasi kiygizilgan bolt o'matiladi va uni quvur yuzasidagi gayka orqali tortiladi. Natijada qo'rg'oshin vtulkasi siqilib teshikni berkitadi. Jarayon oxirida gayka tagidagi shayba quvur yuzasiga payvand qilinadi.
-
Qo'rg'oshin tiqini yordamida jarohatni bartaraf etish:
1 — quvur; 2 — shayba; 3 — bolt; 4 — gayka; 5, 6 — mos ravishda qo'rg'oshin va bronza vtulkalari.
Quvurdagi katta ko'rinishdagi jarohat quyidagi ketma-ketlikda bartaraf etiladi:
mahsulotni quvur orqali haydash to'xtatiladi;
jarohatli quvur bo'limi ochilib, uzunligi aniqlanadi;
jarohatlangan quvur uzunligiga teng (shu diametridagi) yangi quvur bo'limi tayyorlanadi;
chuqurlikdagi havo tarkibi aniqlanadi;
— quvur ichidagi mahsulot qoldig'i to'kilmasligi uchun jarohatning ikki tomonidan teshik ochiladi va quvur ichida loy to'sig'i hosil qilinadi;
jarohatli quvur bo'limi qirqib tashlanadi va o'rniga yangi quvur bo'limi payvand qilinadi;
quvur ichidagi loy to'sig'i olinadi va hosil qilingan teshik metall yamog'i bilan berkitiladi;
payvand choklarining zichligi tekshiriladi va quvur yuzasi tozalanib, izolatsiya qoplamasi hosil qilinadi;
izolatsiya qoplamasining sifati tekshiriladi va quvur ber-kitilib, foydalanishga topshiriladi.
Kapital ta'mirlash — uning asosiy maqsadi jihozlaming ish holatini va resurslarini tiklashdan iborat. Bunda jihozlaming istalgan elementlari almashtiriladi yoki ta'mirlanadi va keyin moslanadi. Nasoslarni kapital ta'mirlash, qoidaga ko'ra, markaz-I lashtirilgan ta'mirlash bazasida bajariladi. Fundamentni ta'mirlash, qaytadan montaj qilish va keyin imga nasosni montaj I qilish sayyor (ko'chma) brigada tomonidan amalga oshiriladi. Jihozlar avariya sababli ishlamaganda rejalashtirilmagan ta'mirlash ishlarini bajarish kerak bo'ladi. Buni sayyor brigada tarkibi-dagi xodim bajaradi.
Ta'mirlash siklining davom etish me'yorlari asosiy va yordam-chi nasoslarni ikki ta'mirlash o'rtasidagi ishlash vaqti quyida keltirilgan:
А B
Ikki texnik xizmat ko'rsatish (THK)
orasidagi vaqt, soat 700—1000 700
Bu ham ikki joriy ta'mirlash o'rtasidagi
birinchi ko'rinish 4200—6000 4200
ikkinchi ko'rinish 8400—12000 -
Ta'mirlash siklining davom etish vaqti,
yillar 5-10 4-5
Izoh: A — HM seriyali magistral va НМП seriyali bosim beruvchi nasoslar; В — yordamchi tizim nasoslari.
HM va НМП seriyali yangi nasoslarning kafolatli xizmat qilish vaqtini ishlab chiqargan korxona belgilaydi. U 2 yildan kam bo'lmasligi kerak. Birinchi kapital ta'mirlashgacha bo'lgan kafolatli ishlash vaqti 8 yildan kam bo'lmasligi kerak. Ularga texnik xizmat ko'rsatish vaxtada turgan xodim (mexanik) tomonidan amalga oshiriladi. Texnik xizmat ko'rsatish quyidagi ishlarni o'z ichiga oladi: flanslar va rezbali ulanishlar holatini; magistral nasos blokidagi ventilatsiya tizimini; yog' blokidagi yog'ni; rotor nasosi zichlgini; ko'taruvchi va ta'mirlovchi moslama qurilmalarining ish holatini tekshirish.
Birinchi joriy ta'mirlashda, texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha rejalashtirilgan barcha ishlar bajariladi. Joriy ta'mirlashning birinchi ko'rinishida podshipniklar holati, tishli nasos muftasimng holati tekshiriladi va muftaning yog'lovchisi almashtiriladi. Joriy ta'mirlashning ikkinchi ko'rinishda oldingi bajanlgan hamma operatsiyalarni bajarish bilan bir qatorda, rotor, sirpanuvchi va shar ko'rinishidagi podshipniklarni almashtirish bilan nasosni ochish, detallarning holatidan qat’iy nazar, val bo'yicha yangi vkladish o'rnatish kabi ishlar bajariladi.
Kapital ta'mirlashda sirpanuvchi val, tebratuvchi podshipniklar, ishchi g'ildirak, zichlovchi vtulka va boshqalar almash-tiriladi hamda nasos klaponi va quvurlarnirig holati tekshiriladi.
Flansli ulanishlarda va nasosni yechiladigan cho'yan korpusda yorilishlar kuzatilsa, ular yangisi bilan almashtiriladi. Po'lat кофизН nasoslardagi aniqlangan nuqsonlar payvandlash orqali bartaraf etiladi. Bu ishlarni sayyor ta'mirlash brigadasi amalga oshiradi. Shu bilan bir qatorda, kerak bo'lsa, anker boltini almashtirish; nuqsonlar bo'yicha fundamental ta'mirlash; qurilma va nasosni montaj qilish; agregatni markazlashtirish; ortiqcha bosimda gidravlik sinashlar va 24 soat davomida nasosning ishlashini kuzatish kabi ishlar bajariladi.
Sinov savollar
1. Harakatga keltiruvchi yuritma quvvatini aniqlash.
2. Nasos stansiyalarini ishlatishning asosiy texnologik holatlari.
3. Nasos agregati FIK ni aniqlash.
4. Solishtirma texnik iqtisodiy ko‘rsatgichlar va ularni aniqlash.