Buxoro viloyati hududiy



Yüklə 8,88 Mb.
səhifə39/60
tarix07.10.2023
ölçüsü8,88 Mb.
#152828
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   60
maruza

Sinov savollar
1. Nasoslarning paralel ishlashi.
2. Nasoslarning ketma-ket ishlashi.
3. Nasoslarning turi va markasini tanlash.


Tayanch iboralar:
Nasosning ishchi nuqtasi, nasoslarning paralel va ketma-ket ishlashi, nasos turlari, nasoslaring markalari


Mavzu№26
Nasoslardagi nosozliklarni bartaraf etish.
Reja.

  1. Nasoslarni ishlashda uchraydigan nosozliklarni aniqlash

  2. Ogohlantirish signali.


Yuqorida ko'rsatib o'tganimizdek, barcha turdagi iste'molchilarni zarur neft va neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash neft omborlari orqali amalga oshiriladi. Mahsulotlarni saqlovchi omborlar ikki guruhga: mustaqil va korxona qaramog'idagi saqlovchi omborlarga (skladlarga) bo'linadi.
Mustaqqil neft mahsulotlari omborlari (1-guruh) o'zlarining boshqaruv tizimiga ega bo'lib, neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, iste'molchilarga taqsimlash va uzatish kabi ishlarni bajaradilar. Korxona qaramog'idagi (2-guruh) neft omborlari kichik sklad ko'rinishida bo'lib, ular neft mahsulotlarini saqlash hamda korxona sexlari va boshqa xo'jalik tarmoqlarini neft mahsulotlari bilan ta'minlash uchun xizmat qiladilar va ular to'g'ridan – to'g'ri xizmat qilayotgan korxona rahbariga bo'ysinadilar. Neft mahsulotlarni taqsimlovchi yoki uzatuvchi neft omborlaridan oladilar.
Operativ bajaradigan ishlariga ko'ra (1-guruh) neft mahsuloti omborlari taqsimlovchi va uzatuvchilarga bo'linadi. Taqsimlovchi neft omborlari mahsulotlarni saqlash bilan bir qatorda o'z sohasi qaramog'idagi barcha korxonalar, tashkilotlar va boshqa iste'mol­chilarga neft mahsulotlarini taqsimlash (tarqatish) ishlarini bajaradilar. Uzatuvchi neft omborlari esa bir transport turi orqali olib kelingan neft mahsulotlarini qabul qilib olib, saqlab, keyin boshqa transport vositalari orqali iste'molchilarga (taqsimlovchi va korxona qaramog'idagi omborlar)ga uzatadilar.
Masalan, suv transportida, ya'ni barja yoki tankerlarda olib kelingan mahsulotlarni qabul qilib,keyin boshqa turdagi trans­porter (quvur yoki temiryo'l)lar orqali iste'molchilarga uzatadilar.
Neft mahsuloti ombori rezervuarlar saroyining umumiy hajmiga ko'ra 3 ta toifaga bo'linadi. 1-toifa — umumiy hajmi 100000 m3 va undan ortiq bo'lgan neft mahsulotlari omborlari; 2-toifa — umumiy hajmi 20000 m3 dan 100000 m3 gacha bo'lgan neft mahsulotlari omborlari; 3-toifa — umumiy hajmi 20000 m3 gacha bo'lgan neft mahsulotlari omborlari kiradi.
Uzatuvchi neft omborlarining yillik yuk aylanmasi va rezervuarlar saroyining hajmi katta bo'lib, bu neft omborlari birinchi va ikkinchi toifani tashkil qiladi. Ular temiryo'llariga yaqin va dengiz hamda kemalar qatnovchi daryo qirg'oqlariga joylashgan bo'ladilar. Respublikamizda bunday omborlardan ikkitasi mavjud bo'lib (Angren va Pop), ular rezervuarlar saroyining umumiy hajmi 380 ming m3 ni tashkil qiladi.
Taqsimlovchi omborlar rezervuarlar saroyining hajmi kichik bo'lib, ular ikkinchi va uchinchi (asosan uchinchi) toifali omborlarni tashkil qiladilar. Mahsulotlarni olib keluvchi transport turlariga ko'ra ular: temiryo'lli; suv yo'lli; suv – temir yo'lli va ichki avtomobil yo'lli taqsimlovchi omborlarga bo'linadi.
Neft va neft mahsulotlari yer usti omborlarida saqlanishdan tashqari, yer osti omborlarida ham saqlanadi. Yer osti omborlari vazifasida toshtuzi va abadiy muzyer qatlami hajmida hosil qilingan bo'shliqlar (rezervuarlar)dan foydalaniladi.


Iste'molchilar turiga ko'ra, mahsulotlar taqsimlovchi neft ombori va uning qaramog'idagi AYOQSHlar orqali taqsimlanadi. Taqsimlash (tarqatish) katta, kichik va partiyalarda amalga oshiriladi. Tarqatish usullari va ishlatiladigan qurilmalar, asbob-uskunalar to'g'risidagi ma'lumotlar 3-bo'limda keltirilgan.


Bosh reja — qurilma va inshootlarni, transport kommunikatsiyalari va muhandislik tarmoqlarini, madaniy-maishiy qurilmalarini hamda neft omborining sanoat hududlari uzellarida joylashuvini kompleks halqiluvchi loyiha bo'limiga aytiladi (2-rasmga qarang).
Bosh reja qanchalik mukammal ishlab chiqilgan bo'lsa, omborlarni qurishdagi kapital xarajatlar sarfi va qiyinchiliklar shunchalik kamayadi hamda omborning ish faoliyatida amalga oshiriladigan texnologik jarayonlarning bajarilish sharoitlari





  1. Yüklə 8,88 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin