Buxoro viloyati hududiy



Yüklə 8,88 Mb.
səhifə41/60
tarix07.10.2023
ölçüsü8,88 Mb.
#152828
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   60
maruza

Sinov savollari
1. Kompressor va nasos stansiyalarini joylashtirishda nimalar inobatga olinishi lozim.
2. Kompressor sexlari nimalardan tashqil topgan.
3. Asosiy nasos sexlarining ishlashi.
Tayanch iboralar:
Nasos va kompressor sexlarining joylashgan binolari, haydash qurilmasi, gaz turbina qurilmasi, asosiy nasos sexi.


Mavzu nomi №27: Nasosni to‘xtatish.

Reja.


  1. Rejali va rejasiz to‘xtatish

  2. Mashinist bajaradigan ishlar.

Har bitta quvurga aloxida passport tayorlanadi bu pasportda qurilmaning texnik ko’rsatgichlari va nazorat o’lchov moslamalari ko’rsatiladi . GRP binosida ko’riladigan jo’yda YONG”IGAXAFLI belgisi osiladi.Har qaysi GRP da ishlatish ,xafsizlik texnikasi va yong’in xafsizligi qoidalari bolishi kerak. Avariyli yoritish moslamalari sifatida akamulyatorlar ,yoritqichlar ishlatiladi ularni binoga kirishda oldin ishlatib keyin kirish kerak.GRP binosida duxturlik aptechkasi bo’lishi kerak.GRP da ta’mirlash ishlari olib borilishi vaqtida doimiy navbatchi qoiladi uning vazifasi gaz qurilmalarining ishlarini nazorat qilish aloqada bo’lish maydonda chekishga ruxsat bermaslik va maydon xududiga begonalarni qoymaslik.Agar ko’ngilsiz xodisa yuz bersa navbatchi chilangar birinchi yordam ko’rsatib avariya xizmatiga xabar qilib tez yordam chaqirishi kerak.Ta’mirlash ishlari vaqtida uchqun chiqarmaydigan asboblarni ishlatish kerak.GRP maydonida payvand ishlari faqat muxandis-texnik xodimi boshlig’ida va maxsus reja asosida bajariladi. Agar GRP binosida gaz paydo bo’lsa payvand ishlari darxol toxtatiladi.Olovli ishlarni gaz chiqishini bartaraf etib va binoni shamollatgandan so’ng qayta boshlash mumkin. GRP maydonida yoqilg’i va engil alangalanuvchan moddalarni saqlash qat’iyan man etiladi..Elekr jixozlarini ta’mirlash va ishdan chiqqan elektr yoritgichlarni almashtirish ishlari elekr toki o’chirilgan xolda amalgam oshiriladi.


Gaz quvurlaridagi avariyalarni bartaraf etish yong'indan xavfli ishlar turkumiga kirganligi sababli ta'mirlashni amalga oshirishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish talab etiladi va u quyidagi tartib-da amalga oshiriladi.

  1. Shikastlangan quvur bo'limi (qismi)ga gaz kelishi to'xtatiladi va quvur gazdan tozalanadi.

  2. Quvurdagi korroziyadan himoya qilish jihozlari o'chiriladi.

  3. Quvurni ochish uchun tuproq ishlari bajariladi.

  4. Quvur ichiga rezina sharini o'rnatish uchun shikastlangan bo'limning ikki tomonidan teshiklar ochiladi.

  5. Ta'mirlanadigan quvur bo'limining ichki yuzasini izolat­siya qilish uchun uning ichiga rezina sharlari o'rnatiladi.

  6. Payvandlash ishlari bajariladi.

  7. Payvand choklarining sifati fizik usul yordamida tekshiri-ladi.

  8. Rezina sharlar quvur ichidan olinib, teshiklar berkitiladi.

  9. Payvand choklarining mahkamligi va zichligi tekshiriladi.

  1. Izolatsiya qoplamasi surkaladi.

  2. Elektrokimyoviy himoya vositalari ulanadi.

  3. Quvur tuproq bilan ko'milib, foydalanishga topshiriladi.



Atrof-muhit komponentlarining ifloslanishi neft, neft mah-sulotlari va gazlarni tashish, saqlash jarayonlarida sodir bo'ladi. Ifloslanishning asosiy manbalariga quvur va rezervuarlardagi avariyalar, neft va neft mahsulotlarini rezervuarlardagi bug'lanishi hamda ularning yonishidagi hosil bo'lgan birikmalar kiradi.
Quvurdagi avariyalar: qurilmalarning korroziyalanishi; harorat kuchlanishlarining hosil bo'lishidagi uzilishlar; ular tagidagi yer qatlamining bir xilda cho'kmasligi va yerning ko'chishi, siljishi kabilarga ko'ra hosil bo'ladi. Natijada, ko'p miqdordagi mahsulotlarning oqishi (to'kilishi) sodir bo'lib, suv havzalarini (quvur tizimi suv manbalari orqali o'tganda) havo (mahsulotlarni bug'lanishi va yonishi) va yer-o'simlik qavatining bulg'anishi sodir bo'ladi. Atrof-muhit komponentlarini bulg'anishi ularda yashovchi tirik organizm-larni va o'simlik dunyosining ekologik sharoitlarini yomon-lashtirishda.


To'kilgan neft bilan o'simlik maydonlari ifloslanadi. O'simlik maydonlariga to'kilgan neftlar va chiqgan gazlar bir necha yillar davomida yerning biologik unumdorligining pasayishiga olib keladi. Tadqiqot ma'lumotlariga ko'ra, neft bilan ifloslangan maydondagi o'simlikning o'sish balandligi ifloslanmagan maydonga nisbatan 3—4 marta past, hosildorligi 5 va undan ortiq marta kam bo'ladi. Neft tarkibidagi uglevodorod fraksiyalarining ta'sirlari, simlik turiga, yer sharoitiga ko'ra turlicha bo'ladi. Qaynash harorati 150°C dan 275°C gacha bo'lgan uglevodorod fraksiyalari tez ta'sir etuvchi va yuqori zaharli hisoblanadi. Past haroratda qaynaydigan fraksiyalari (tez bug'lanuvchi fraksiyalari) esa kam zararli yoki xavfsiz hisoblanadi, ayniqsa, tez uchuvchan fraksiyalari. Yuqori haroratda qaynaydigan og'ir fraksiyalarining kerosinli fraksiyalarga nisbatan sekin ta'sir etishini va kam zaharliligini ta'minlaydi.
Umuman, neft va uning mahsulotlari bilan bulg'angan yer-o'simlik qavatining o'zicha tozalanish jarayoni bir necha yilni tashkil qiladi. To'kilgan neft va uning mahsulotlarini yer-o'simlik qavatiga bo'lgan ta'sirini kamaytirishda to'kilgan mahsulotni (neftni) qirib olish va to'kilgan maydonni regeneratsiya-yuvish usullaridan foydalaniladi.
Qirib olish usuli yer osti suvining joylashish balandligi yer Y yuzasiga nisbatan chuqur bo'lgan holda foydalaniladi. Aks holda, regeneratsiya usulidan foydalaniladi va u quyidagicha amalgam oshiriladi: ifloslangan maydondan ma'lum uzoqlikda suv bilan ta'minlovchi quduqlar qaziladi va ular maydon tepasidagi hosil qilingan suvni oqizuvchi tarmoqlari bilan ulanadi.
Maydon ichida esa so'ruvchi quduqlar qaziladi va ular maydon tashqarisidagi hosil qilingan aralashmani yig'uvchi idishga ulanadi. Maydon tepasidan oqizilgan suv, maydondagi to'kilgan neftlar bilan birgalikda so'ruvchi quduqlar tomon siljiydi va ular yig'iladi. Yig'ilgan suv-neft aralashmasi belgilangan vaqt davomida yig'uvchi idishlarga haydalib turiladi (33-rasmga qarang). Regeneratsiya jarayoni aralashma tarkibidagi neftning miqdori qoniqarli bo'lgunga qadar davom ettiriladi.


Yüklə 8,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin