Suvni chiqarib yuboruvchi elementi bo'Igan neft omborining bosh rejasi:
I — prichal; 2 — yer osti filtratsiya shudgori; 3 — flotatsiya qurilmalari; 4 — buffer hovuz; 5 — ballast suvi rezervuarlari; 6 — ko'pik kukun hujrasi; 7 — septik; 8, 13 — kanalizatsiya nasos stansiyalari; 9— shlam yig'uvchi; 10— neft ushlagichlar;
II— ushlangan neft mahsuloti rezervuarlari; 12 — qum ushlagich; 14, 15, 18, 27 va 28 — neft mahsulotlari rezervuarlari; 16 — ishlab chiqarish bloki; 17 — qozonxona uchun mazut ombori; 19 va 33 — nasos stansiyalari; 20 — qozonxona; 21 — moylarni regeneratsiya qilish bo'limi; 22 — sig'imlarni bug'latish bo'limi; 23 — boshqarma tajribaxona bilan; 24 — qorovulxona; 25 — operator xonasi; 26— bochka-taralar uchun naves; 29, 30 — qora va tiniq neft mahsulotlarini avtotsisternalarga quyish bo'limi; 34 — qadoqlangan mahsulotlar skladi; 35 — temiryo'l estakadasi; I — etillanmagan suvlar; II — etillangan suvlar;
III — ishlab chiqarish oqova suvlari; IV — cho'kmalar; V — ushlangan neft mahsulotlari;
VI — ballast suvlari. yaxshilanadi. Shunga ko'ra omborning bosh rejasini ishlab chiqishda: texnologlar, mexaniklar, arxitektorlar, geodezistlar, yo'l quruvchilar, quruvchilar, suv ta'minot va kanalizatsiya muta-xassislari, issiqlik – elektr bilan ta'minlash bo'yicha muhandislar, aloqa xodimlari va boshqalar qatnashadilar.
Bosh rejani tayyorlash jarayonida, ombor uchun tanlangan maydonning o'ziga xos geologik va gidrogeologik ko'rsatgichlari hamda mahalliy relyef sharoitlari; temiryo'l va avtomobil yo'llarini olib kirish mumkinligi; neft mahsulotlarining magistral quvur orqali olib kelinishi; suv va kanalizatsiya tarmoqlariga ulanish; issiqlik, gaz va elektr energiyasi bilan ta'minlanishi; meteorologik va iqlim sharoitlari o'rganiladi va hisobga olinadi.
Loyihachilar hudud obyektlarini qurilish me'yorlari va qoidalari (SniP) bo'yicha joylashuviga ahamiyat berishlari kerak bo'ladi.
Masalan: haydovchi (to'kuvchi) nasos stansiyalarining, to'quvchi – quyuvchi estakadasining va rezervuarlar saroyiga yaqin joylashishi texnologik quvur uzatgichning uzunligini qisqartiradi, mahsulotlarni haydashda hosil bo'ladigan gidravlik qarshiliklarni kamaytiradi va ombor ichida amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar samaradorligini oshiradi va h.k.
Bosh rejaga ko'ra, neft omborlari hududlarining qurilish zichligi: I toifali omborlar uchun 30 foizdan; II toifali omborlar uchun 25 foizdan va III toifali omborlar uchun 20 foizdan kam bo'lmasligi kerak.
Rejaga binoan to'kuvchi-quyuvchi estakada bo'limni ombor ichidagi temiryo'l tarmog'ini tekis uchastkasida joylashtirilgan bo'lishi kerak. Estakada uzunligi omborga kirib keladigan marshrutning tarkibiga va operatsiya hajmiga ko'ra aniqlanadi.
Rezervuarlar saroyi maydonining sathi temiryo'l va avtomobil yo'llari, korxona va qo'shni aholi yashash punktiga nisbatan pastroq (chuqurrqq) yef uchastkasiga joylashgan bo'lishi kerak. Rezervuarlar guruh-ko'rinishida joylashtiriladi. Guruhdagi rezervuarlarning umumiy hajmi, ularning konstraksiya va hajmlariga ko'ra, qabul qilingan me'yorlar bo'yicha aniqlanadi. Masalan, rezervuarlar hajmi 50 ming m3 va undan ortiq bo'lganda, guruh rezervuarlarining umumiy hajmi 200 ming m3 dan ortiq bo'lmasligi kerak va h.k.
Rezervuar guruhlari o'rtasidagi masofalar ham qabul qilingan me'yorlar bo'yicha aniqlanadi vashu asosida joylashtiriladi.
Turli ko'rinishdagi avariyalar natijasida, rezervuarlardan to'kilgan mahsulotlar tarqalib ketishi va bir-biri bilan aralashib ketishining oldini olish maqsadida, guruh rezervuarlari joylashgan maydon atrofida qum uyumi to'sig'i (devor) hosil qilinadi. Devorning balandligi, maydon o'Ichamiarini va to'kilishi mumkin bo'lgan mahsulot hajmini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Umuman, omborning bosh rejasi «Neft va neft mahsulotlari sklad-larini loyihalash» me'yorlari bo'yicha ishlab chiqiladi (tayyorlanadi).