Tarixga nazar tashlar ekanmiz, shuni anglashimiz lozim, o`zbeklar qadimdan o`z davlatlariga ega bo`lgan xalqdir. Uning davlatchilik tarixi ilk bor xunlar, somoniylar, gaznaviylar, saljuqiylar, chig`atoy ulusi, temuriylar, shayboniylar, ashtarxoniylar, mag`itlar, Qo`qon va Xiva xonliklari. Buxoro amirligi orqali Turkiston muhtor jumhuriyati, Buxoro va Xorazm xalq jumxuriyatlari, nihoyat O`zbekiston Sovet sotsialiyatik respublikasi orqali O`zbekiston Respublikasi shakliga yetib keldi.
Xalqimizning boshidan kechirgan o`ta mashaqqatli, murakkab hayoti uning ma’naviyatida hokimiyat va uning istiqloliga chuqur ta’sir etdi.
XV asrning o`rtalariga kelib, Mirza Ulug`bek vafotidan keyin (1449 yil) Temuriy shahzodalar o`rtasida toju-taxt uchun kurash yana avj oldi. Abulqosim Bobur va Abdusaid sultonning faoliyati ham o`zaro urushlarga barham bera olmadi. 1469 yilga kelganda Xurosonda Xusayn Bayqaro xokimiyatni egallab, bu xududlarda nisbatan tinchlik o`rnatdi. Uning do`sti buyuk Alisher Navoiy muxrdor, vazir, Astrabod hokimi lavozimlarida ishlab Xurosonning ijtimoiy – siyosiy hayotida katta rol o`ynadi. Navoining sa’iy – harakatlari bilan Hirotda ilm-fan, madanimyat gurkirab rivojlandi. Feodal urushlarga nisbatan barham berildi.
Movarounnaxrda esa bu davrga kelib feodal tarqoqlik avjiga chiqdi. Har bir viloyat, har bir shaharda temuriy shahzodalar o`zlarning mustaqil hukmronligini o`rnatishga harakat qildilar. Ular hokimiyat uchun o`zaro kurashlarda Dashti Qipchoq o`zbeklari kuchlaridan flydalanishar edilar. Masalan: 1451 yilda Urusxon nabiralari Abdusaidga hokimiyatni egallash uchun yordam bergan bo`lsa, oradan uch yil o`tgach Abdulxayrxon Muhammad Juqiyga hokimiyatni egallashga ko`maklashdi. Bu o`zaro kurashlar Movoraunnaxr axolining axvolini yomonlashishiga olib keldi.
Ko`chmanchi o`zbeklar qisqa muddat ichida Buxoro (1500), Samarqand (1501), Toshkent (1503), Xisor (1504), Urganch (1505), Xirot (1507) kabi shahar va viloyatlarni egallab, Sharqiy Turkiston chegaralaridan Markaziy Afg`oniston xududlarigacha cho`zilgan yerlarda markazlashgan Shayboniylar davlatiga asos soldilar. Temuriylar davlatdagi feodal tarqoqlik hukmdorlarning ajralib mustaqillikka intilishi bu davlatning yemirilishiga olib kelgan bo`lsa, Shayboniyxon bunday tarqoqlikka chek qo`yib mamlakatning birligini mustaxkamlay oldi. Shayboniyxonning janubga tomon yurishlari Eron Shohi Ismoil 1 tomonidan to`xtatildi. 1510 yil Marv atroflarida bo`lgan jangda ko`chmanchi o`zbeklar qo`shinlari, tor – mor etildi va Shayboniyxon halok bo`ldi. Eroniylar tomonidan qo`llab – quvvatlangan Bobur 1511 yilda Hisor, Qo`lob, Kunduz, Badaxshon va Samarqandni egalladi. Ammo, 1512 yilda shayboniylardan bo`lgan Ubaydulla Sulton qo`shinlari G`ijduvon yaqinida Bobur va shoh Ismoilning birlashgan kuchlarni uchratdi. Shundan so`ng Bobur avval Qobulda, keyin esa Xindistonda o`z hokimiyatini o`rnatdi. Ko`chmanchi o`zbeklar esa Movarounnaxrda o`rnashib qoldilar.
Mahalliy xukmdorlar o`rtasidagi o`zaro kurashlar avj olgan Samarqand shahrini Shayboniyxon 1500 yilning boshlarida jangsiz egalladi. Ko`chmanchi o`zbeklar bir necha oy shaharni shavqatsiz talon-taroj qildilar. Bu esa mahalliy feodallar noroziligiga sabab bo`ldi. Bundan foydalangan Temuriy shahzoda Zaxriddin Muhammad Bobur o`sha yili (1500 yil) Samarqand taxtini egalladi. Ammo mahalliy oq suyaklarning ko`pchiligi Boburni qo`llab quvvatlamadilar. 1501 yilning bahorida Bobur Shayboniyxon bilan bo`lgan jangda yengiladi va Samarqandni ko`chmanchi o`zbeklarga topshiradi.
XV asr oxirlariga kelib, Movarounnaxrda temuriylarning bir-biridan o`zaro mukstaqil bo`lgan hokimiyati vujudga keldi: I. Samarqandda sulton Ahmad Mirzo hukmronligi; Toshkentda Sulton Maxmud Mirzo hukmronligi; Andijonda Umarshayx Mirzo xukmronligi. Bu uchchala davlatning o`zaro urushlari Movarounnaxr ahlining temuriylaridan noroziligini yanada avj oldirdi. Ayniqsa, yuqori tabaqa vakillari markazlashgan davlat tarafida turdilar. Bu temuriylarning davlat boshqaruvida mustahkam tayanchga ega emasligidan dalolat berardi. Bu vaqtda temuriylar huzurida ta’lim olgan Abdulxayrxonning nevarasi Muhammad Shohbat Shayboniy Dashti Qipchoqda ko`chmanchi o`zbek urug`larini birlashtirib, o`z hokimiyatini mustahkamlamoqda edi.
XVII – XVIII asrning birinchi yarmida bitta iqtisodiy hududdagi bir elat, bir xalqning uchta mustaqil, siyosiy xonlikka ajralib ketishi, bu hududda yashayotgan xalqlarning boshiga juda og`ir kulfatlarni keltirdi. Yanada og`irlashtirdi. Xivaliklarning turkman urug`lariga qarshi uyushtiradigan bekliklariga qarshi olib borgan urushlari, Qo`qon xonligining Toshkent va Xo`jand uchun Buxoro amiriga qarshi kurashlari bitta xalqning parchalanishiga, o`zaro madaniy, savdo aloqalarining uzilib qolishiga sabab bo`ldi. Xonliklar hududidagi xalq norozilik harakatlari shafqatsizlik bilan bostirildi, har qanday ilg`or fikr, yangilik diniy mutaassiblarini taqibiga uchrar edi. bu paytda nafaqat boshqa xududlar bilan hatto Qo`qon, Xiva, Buxorodagi madaniy markazlarning ham o`zaro aloqasi yo`q edi. bu o`z navbatida O`rta Osiyo ilm – fanini turg`unlikka, hatto tanazzulga olib keldi. Tabbiy fanlarga e’tibor umuman yo`qoldi. O`rta Osiyo xalqlari yuvropa fan texnika taraqqiyotidan bexabar bo`lib, orqada qolib ketdi.