O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGINING QARORI Avtomobil yo‘llari orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona kuzatuvi tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandiga qo‘shimcha kiritish O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni 6-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-
yil 18-iyuldagi PF–4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2003-yil 4-sentabrdagi 01-02/12-35 va 5-son qarori
(ro‘yxat raqami 1278, 2009-yil 27-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari me’yoriy hujjatlari axborotnomasi,
2003-y., 17-18-son) bilan tasdiqlangan Avtomobil yo‘llari orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona kuzatuvi tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandi
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Import tovarlar O‘zbekiston Respublikasi hududida milliy avtotashuvchilar tomonidan tashilganda bojxona kuzatuvi talab qilinmaydi.”;
sakkizinchi xatboshi to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish
qoidalariga
8-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang. NAMUNA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI