Buyrug‘i idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning huquqiy ekspertizasi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va kuchga kirishi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/52
tarix06.06.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#125786
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52
4-bob. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning huquqiy ekspertizasi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va kuchga kirishi
1-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish uchun taqdim etish
Oldingi
 tahrirga qarang.
81. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun idoraviy normativ-huquqiy
hujjat tasdiqlangan holda uni qabul qilgan organ tomonidan ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan kundan boshlab, o‘n kun ichida
yagona elektron tizim orqali taqdim etiladi. Agar ko‘rsatilgan muddatning tugashi ish kuni bo‘lmagan kunga to‘g‘ri kelsa, u holda huquqiy
ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim qilish muddati keyingi ish kuniga qadar uzaytiriladi.
(81-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami
2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan
kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni belgilangan muddat davomida huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim
qilish fakti yagona elektron tizim orqali kelib tushgan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi devonxonasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan
sanadan qayd qilinadi.
(81-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami
2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan
kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, uni davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish haqida xulosa yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi xat rasmiylashtirilgunga qadar ushbu hujjatni huquqiy
ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun takroran kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mazkur bandning 
uchinchi xatboshisida
ko‘rsatilgan talabga rioya qilinmasdan takroran taqdim etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan, hujjatni taqdim etgan organga
qaytariladi.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli 
buyrug‘iga 
(ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.)
asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun bitta kuzatuv xati bilan faqatgina
bitta idoraviy normativ-huquqiy hujjat taqdim etiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
82. Kuzatuv xatida idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashga mas’ul bo‘lgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va
aloqa telefon raqamlari ko‘rsatilishi lozim.
(82-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.)
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
83. Bir nechta vazirlik va idoralarning qo‘shma qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatini huquqiy ekspertizadan va davlat
ro‘yxatidan o‘tkazishga taqdim etish hujjatni qabul qiluvchilar orasida nomi birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan vazirlik yoki idoraga yuklatiladi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin