Buyrug‘i idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish bo‘yicha vakolatlar



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/52
tarix06.06.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#125786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
2-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish bo‘yicha vakolatlar
Oldingi
 tahrirga qarang.
3. Vazirlik va idoralar idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi 
va qonunlari, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qiladi. Vazirlik va idoralar, agar ularga qonunlar, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tegishli hujjatni qabul qilish
yoki aniq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish bo‘yicha vakolat berilgan bo‘lsa, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishlari
mumkin.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 2565-
11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Vazirlik va idoralarning tarkibiy bo‘linmalari va hududiy organlari idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emas. Vazirlik va
idoralar idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha berilgan vakolatni boshqa organlarga, shuningdek o‘zlarining tarkibiy va
hududiy bo‘linmalariga berishga haqli emas.
4. Vazirlik va idoralar huquqiy tartibga solishni talab qiladigan masalalar kelib chiqqan taqdirda, agar ushbu masalalarni huquqiy tartibga
solish o‘z vakolatlariga kirsa, tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida qabul qilishlari kerak. O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligi vazirlik va idoralarga tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish zarurligi to‘g‘risida, uni qabul qilish muddatini ko‘rsatgan holda
taqdimnoma kiritishga haqlidir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari va qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish yuzasidan idoraviy normativ-huquqiy hujjat
qabul qilish muddati, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, bir oydan oshmasligi lozim.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 2565-
11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
5. Huquqiy normalarni idoraviy normativ-huquqiy hujjat bo‘lmagan hujjatlarga (texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar,
xatlar, telefonogrammalar, xususiy masalalar bo‘yicha tushuntirishlar, yakka tartibdagi xususiyatga ega hujjatlar va boshqalar) kiritilishiga yo‘l
qo‘yilmaydi. Umum majburiy tusga ega bo‘lmagan, lekin umum majburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni o‘z ichiga olgan hujjatlar
bekor qilinishi lozim va qo‘llanilmaydi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami
2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan
kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan davlat ro‘yxatidan o‘tmagan normativ-huquqiy tusga
ega bo‘lgan hujjatlarni bekor qilish va ijrodan chaqirib olish to‘g‘risida taqdimnoma kiritishga haqli.
Vazirliklar va idoralar o‘n kun muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tmagan normativ-huquqiy tusga ega bo‘lgan hujjatlarni bekor qilish va ijrodan
chaqirib olishi hamda bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga axborot berishi shart.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.)
asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan
kuchga kiradi)

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin