5/18/23, 7:43 AM
https://lex.uz/acts/-2349913
https://lex.uz/acts/-2349913
5/34
Oldingi
tahrirga qarang.
33. Qonunchilik hujjatiga havola qilingan hollarda mazkur Qoidalarning
1 — 13-ilovalariga
muvofiq uning turi, rekvizitlari va nomi
ko‘rsatilishi ham shart. Bunda, boshqa idoraviy normativ-huquqiy hujjatga havola qilinganda, uning nomi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish raqami, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasi ko‘rsatiladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.)
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
34. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatda mavjud bo‘lmagan qonunchilik hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi uchun
kuchga kirmagan xalqaro shartnomalarga, davlat ro‘yxatidan o‘tmagan umum majburiy tusdagi hujjatga, shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan deb
topilgan hujjatga havola qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami
2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Vazirlik va idoralarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lmagan, shu jumladan tavsiya xususiyatiga ega hujjatlariga havola qilishga
ularning qoidalariga umum majburiy tus bermaslik sharti bilan yo‘l qo‘yiladi (texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga
havolalar bundan mustasno).
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan vazirlik va idoralarga idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish vakolatini berishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Qonunchilik hujjatlari majmuiga yoki o‘rnatilgan tartibga havola qilingan holda yuridik xizmat xulosasiga tegishli qonun hujjatlar ro‘yxati
ilova qilinadi.
(34-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami
2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
35. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning matni lo‘nda, oddiy va ravon tilda bayon etiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, ularning
qonunchilik hujjatlarida qabul qilingan ma’nosiga muvofiq yagona shaklda qo‘llaniladi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami
2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
36. Loyihada quyidagilarning qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
og‘zaki nutq shakllari;
xorijiy tillarning atamalari, davlat tilida teng ma’noli so‘zlar va tushunchalar bo‘lgan taqdirda;
eskirgan hamda ko‘p ma’noni anglatadigan so‘zlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar.
37. Loyihaning jumlalari rasmiy til uslubidan va yuridik atamashunoslikdan foydalanilgan holda umume’tirof etilgan grammatik, orfografik
va punktuatsiya qoidalari asosida tuziladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda qonunchilik hujjatlarida mavjud bo‘lmagan tushunchalar, shuningdek texnik va boshqa maxsus
tushunchalardan foydalanilgan hollarda, hujjatda ularning ta’riflari beriladi. Loyihada ko‘p marotaba qo‘llanilgan bir yoki bir nechta tushunchaga
ta’rif berish zarur bo‘lgan hollarda ular mazkur Qoidalarning
1
,
3
va
4-ilovalariga
muvofiq idoraviy normativ-huquqiy hujjatning boshlanishida
alohida bandda ko‘rsatiladi.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami
2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda umum qabul qilingan qisqartmalar qo‘llanilishi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar berilishi
mumkin.
38. Agar idoraviy normativ-huquqiy hujjatda ro‘yxatlar, jadvallar, grafiklar, xaritalar, sxemalar, hujjatlar va blankalar namunalari,
uslubiyotlar berilsa, unda ular ilovalar ko‘rinishida, hujjatning tegishli bandlarida ushbu ilovalarga havolalar qo‘llagan holda rasmiylashtirilishi
lozim.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga, shuningdek tavsiya xususiyatidagi hujjatlar (namunaviy nizomlar, ustavlar, shartnomalar, uslubiy
tavsiyalar va boshqalar) ham, ularning qoidalariga umum majburiy tus bermaslik sharti bilan ilova qilinishi mumkin. Ushbu hujjatlar O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish predmeti hisoblanmaydi.
Ilovalar tegishli tartibda arab raqamlari bilan raqamlanadi va mazkur Qoidalarning
4-ilovasiga
muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: